Abduhamidov F. A


Download 1.84 Mb.
Pdf ko'rish
bet18/50
Sana03.12.2023
Hajmi1.84 Mb.
#1801069
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   50
Bog'liq
Molekulyar fizika

TERMODINAMIKA ASOSLARI 
 
Termodinamika so’zi ikkita grekcha: termo va dynamis so’zlaridan kelib 
chiqqan. Birinchi so’zi “issiq” ni bildiradi, ikkinchisi esa avvallari ikki xil 
manoni: “kuch” va “ish” ni bildirar edi. Termodinamika – issiqlik va ish 
to’g’risidagi talimotdir. 
Termodinamika XIX asrning birinchi yarmida fan sifatida shakllandi. 
Uning yuzaga kelishi va rivojlanishi issiqlik dvigatellarining yaratilishi bilan 
bog’liq. Dastlab, termodinamika yonilg’i energiyasini mexanik energiyaga 
aylantirish bilan bog’liq bo’lgan muammolarni qamrab oldi. Termodinamika- 
ning asoschilaridan biri fransuz olimi S. Karno edi. U 1824 yilda o’zining 
“olovni xarakatlantiruvchi kuchi va bu kuchni ishlata oladigan mashinalar 
xaqida muloxazalar” nomli asarida termodinamikaga asos soldi. Xozirgi 
kunda termodinamika metodlari nafaqat fizikada, balki kimyo, biologiya va 
boshqa tabiiy fanlarda qo’llanilayotgan mustaqil fandir. 
Termodinamikada barcha xodisalar mexanizmi nuqtai nazaridan emas, bu 
xodisalarda energiya o’zgarishlari nuqtai nazaridan qarab chiqiladi. 
ICHKI ENERGIYA.
 
 
Energiya tushunchasi dastlab mexanikaga kiritilgan edi. Izolyasiyalangan 
jismlar sistemasidagi ishqalanish kuchi va noelastik deformasiyalar 
bo’lmagan mexanik xarakatda jismlar sistemasining kinetik va potensial 
energiyalarining yig’indisi o’zgarmas saqlanadi: 
k
p
E
E
const


Agar zarralar sistemasiga noelastik deformasiya yoki ular orasida 
ishqalanish sodir bo’lsa, u holda sistemaning to’la mexanik energiyasi, ya’ni 
kinetik va potensial energiyalari yig’indisi asta sekin kamayadi, sistemaga 
kiruvchi jism isiydi. Bu mexanik energiyaning bir qismi sistemaning ichki 
energiyasiga aylanadi va molekulalarning o’rtacha xarakatining kinetik 
energiyasi ortishini bildiradi. 

Download 1.84 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   50




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling