Abduhamidov F. A
Download 1.84 Mb. Pdf ko'rish
|
Molekulyar fizika
- Bu sahifa navigatsiya:
- Issiqlik uzatishda ichki energiyaning o’zgarishi
funksiyasi xisoblanadi. Xar doim gaz berilgan xolatda bo’lsa, uning ichki
energiyasi gaz qaysi xolatdan va qanday usul bilan bu xolatga o’tganligidan qat’iy nazar shu xolatga xos qiymatni qabul qiladi. REAL GAZLAR ICHKI ENERGIYASI. Real gazlar molekulalari bir-biri bilan o’zaro tasirlashadi va shuning uchun potensial energiyaga ega. Shunday ekan, real gazning ichki energiyasi molekulalalar xaotik xarakatining kinetik energiyasi bilan o’zaro tasir potensial energiyalarining yig’indisiga teng: k p U E E Biroq, molekulalarning bir – biri bilan o’zaro tasir potensial energiyasi ular orasidagi masofaga va gaz egallagan xajmga ega bo’ladi. Shuning uchun, real gazlar ichki energiyasi faqat temperaturagagina emas, balki gaz egallagan xajmga xam bog’liq bo’ladi. Real gaz molekulalari ilgarilanma xarakatidan tashqari, aylanishi va tebranishi xam mumkin. Shu xarakat tufayli shuningdek, molekulalar shakliga bog’liq malum energiya mavjud bo’ladi. Molekulalar shakli molekula tarkibiga kiruvchi atomlar soniga va ularning joylashishiga xam bog’liq. Shunday qilib, real gaz ichki energiyasi uning temperaturasiga, xajmiga va molekulalar strukturasiga bog’liq bo’ladi. Buni qisqartirilgan shaklda quyidagicha yozish mumkin: 26 Abduhamidov F.A. . 3 2 r g p ayl teb U NkT E E E Issiqlik uzatishda ichki energiyaning o’zgarishi Sistemani o’zgartirish bilan, ichki energiyani o’zgartirish mumkin. Buning uchun issiqroq jismga yoki sovuqroq jismga tekkizish yetarli. Masalan, agar sovuq suvga qandaydir isitilgan jism tushurilsa, u xolda biror vaqtdan keyin bu jism va suv orasida termodinamik muvozanat qaror topib temperaturalari bir xil bo’lib qoladi. Temperaturalarning tenglashishi isigan jism o’zining bir qism ichki energiyasini suvga berishidan dalolat beradi. Bir-biriga tegib turgan turli temperaturali jismlarda ish bajarilmasdan ichki energiya almashinuvi jarayoni issiqlik almashish deb ataladi. Issiqlik almashish jarayonida uzatilgan energiyaga issiqlik miqdori deyiladi va u Q xarfi bilan belgilanadi. Jismning boshlang’ich xolatdagi ichki energiyasi U 1 bilan, oxirgi xolatdagisini U 2 bilan belgilaymiz. U xolda issiqlik almashish jarayonida uzatilgan Q issiqlik miqdori jismning ichki energiyasi o’zgarishiga teng. Bu xolda ish bajarilmagani uchun quyidagini yozish mumkin: Q U Shunday qilib, issiqlik miqdori deb, issiqlik almashinish jarayonida jism yoki jismlar sistemasi olgan (yoki bergan) energiyaga aytiladi. Issiqlik almashinish jarayoni faqat ikkita jism tushuntirilganda emas, balki nurlanish orqali xam sodir bo’lishi mumkin. Masalan, gulxan yoqilganda atrofidagi barcha jismlar isiydi. Xuddi shunday quyosh nurlari tushayotgan jismlar xam isiydi. Download 1.84 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling