Abduhamidov F. A
Energiya chiqaradi (ajraladi)
Download 1.84 Mb. Pdf ko'rish
|
Molekulyar fizika
Energiya chiqaradi (ajraladi)
30 Abduhamidov F.A. TERMODINAMIKANING BIRINCHI QONUNI Ko’pchilik olimlarning izlanishlari natijasida, birinchi navbatda nemis vrachi R. Mayer, ingliz fizigi J. Joul va nemis fizigi G. Gelmgols izolyasiyalangan sistemalarda noelastik deformasiya sodir bo’ladi yoki sistema qismlari orasida ishqalanish bo’ladi, mexanik energiyaning kamayishi xar doim sistemalar ichki energiyasining ortishiga teng, bunda sistemalarning to’la energiyasini esa o’zgarmasligini aniqladilar. Izolyasiyalangan sistemaning to’la energiyasi bu sistemada bo’lib o’tadigan xar qanday o’zgarishlarda o’zgarmas bo’lgan energiyaning aylanish va saqlanish qonunining issiqlik xodisalarga qo’llanishiga termodinamikaning birinchi qonuni deyiladi. Gazga berilgan Q issiqlik miqdori uning ichki energiyasini ∆U ga o’zgartirishga va porshenni ∆x balandlikka ko’targanda A ish bajariladi. Ish – energiyaning bir turdan ikkinchi turga aylanish o’lchovi bo’lgani uchun A ish sistema porshenning ko’tarilishi natijasida olgan mexanik energiyaga teng. Energiyaning saqlanish qonuniga ko’ra Q U A Shunday qilib, termodinamikaning birinchi bosh qonunini quyidagicha ifodalash mumkin: sistemaga berilgan issiqlik miqdori uning ichki energiyasining o’zgarishiga va sistemaning tashqi kuchlar ustidan bajar- gan ishiga sarf bo’ladi. TERMODINAMIKANING BIRINCHI QONUNINING TERMODINAMIK JARAYONLARGA TATBIQI Termodinamik jarayon deb - termodinamik sistemaning bir xolatdan boshqa xolatga o’tish xodisasiga aytiladi. Termodinamikaning birinchi qonunini eng muhim termodinamik jarayonlarga tatbiq etamiz. Download 1.84 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling