Abduhamidov F. A
Download 1.84 Mb. Pdf ko'rish
|
Molekulyar fizika
- Bu sahifa navigatsiya:
- Izobarik jarayon.
- Izotermik jarayon.
- Adiabatik jarayon.
Izoxorik jarayon.
Izoxorik jarayon deb, gazning o’zgarmas xajmda bir xolatdan boshqa xolatga o’tishiga aytiladi. Izoxorik jarayonda (V=const) sistemaning xajmi o’zgarmaydi. Xajm o’zgarmasa ish bajarilmaydi (A=0). Sistemaga berilgan issiqlik miqdori esa ichki energiyani o’zgartirishga sarf bo’ladi: V Q U Q ning “V” indeksi gaz xajmining o’zgarmasligini bildiradi. 31 Molekulyar fizika Bu jarayonda sistemaning FIK i η=0% ga teng bo’adi. Izobarik jarayon. Izobarik jarayon deb, gazning o’zgarmas bosimda bir xolatdan boshqa xolatga o’tishiga ayatiladi. Izobarik jarayonda sistemalarga berilgan issiqlik miqdori qisman sistemaning ichki energiyasiga aylanadi xamda qisman porshenni siljitishda bajarilgan ishga sarf bo’ladi (mexanik energiyaga aylanadi). Q U A Bu jarayonda termodinamikaning birinchi qonuni to’la ishlaydi. Berilgan issiqlik miqdorining 40% i ish bajarishga, 60% i ichki energiyani o’zgartirishga sarf bo’adi. Izotermik jarayon. Izotermik jarayon deb, o’zgarmas temperaturada gazning bir xolatdan boshqa xolatga o’tish jarayoniga aytiladi. Izotermik jarayonda temperatura (T=const) o’zgarmagani uchun sistemaning ichki energiyasi ham o’zgarmaydi (ΔU=0). Sistemaga berilgan issiqlik miqdorining hammasi ish bajarishga sarf bo’ladi. T T Q A Shunday qilib, izotermik jarayonda gazga berilayotgan issiqlik miqdori gaz bajargan ishga teng. Bu jarayonda sistemaning FIK i η=100% ga teng bo’ladi. Adiabatik jarayon. Adiabatik jarayon deb, shunday jarayonga aytiladiki, bunda sistema issiqlik almashinuvi natijasida energiya olmaydi xam va energiya bermaydi xam(Q=0). Adabatik jarayon juda tez sodir bo’ladi. Shuning uchun amalda issiqlik almashinish sodir bo’lmaydi. Adiabatik jarayonda Q=0 bo’lgani uchun 0 U A bo’ladi. Bundan yoki U A U A Birinchi xolatda gaz tashqi kuchlar tasirida adiabatik siqiladi. Bunda gaz qiziydi, uning ichki 32 Abduhamidov F.A. energiyasi esa ortadi. Ikkinchi xolatda gaz adiabatik kengayib ish bajaradi. Bunda gaz soviydi va uning ichki energiyasi kamayadi (23-rasm). Boshqacha aytganda, adiabatik jarayonda gaz ichki energiyaning o’zgarishi hisobiga ish bajaradi. Adiabatik jarayon grafigi izotermik jarayon grafigiga o’xshasada ularning aniq hisoblashlar bilan aniqlangan farqlari quyidagicha. Gaz adiabatik kengayishda izotermik kengayishga nisbatan kam ish bajaradi. Adiabatik siqilganda tashqi kuchlar bajargan ishi izotermik siqilgandagiga nisbatan katta bo’ladi. Quyidagi grafikda adiabatik siqilish va kengayishda termodinamikaning birinchi qonunining qo’llanilishi ko’rsatilgan. Download 1.84 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling