Abduhamidov F. A
Download 1.84 Mb. Pdf ko'rish
|
Molekulyar fizika
Adiabatik siqilish
Adiabatik kengayish Boshlang’ich vaziyat Tashqi kuchlar bajargan ish musbat A>0 Gaz bajargan ish manfiy Tashqi kuchlar bajargan ish manfiy A<0 Gaz bajargan ish musbat Ichki energiya ortadi ΔU=U 2 -U 1 >0 Ichki energiya kamayadi ΔU=U 2 -U 1 <0 Temperatura ortadi ΔT=T 2 -T 1 >0 Temperatura kamayadi ΔT=T 2 -T 1 <0 Dvigatel ish bajaradi. Atmosfera havosining kengayishi hisobiga ish bajariladi. 33 Molekulyar fizika ISSIQLIK JARAYONLARINING QAYTMASLIGI Jarayonlarning qaytmasligi xaqida Termodinamikaning birinchi qonuni energiyaning saqlanish va aylanish qonunlarini issiqlik jarayonlarining malum sharoitlariga qo’llanishidan iborat ekanligi aytib o’tildi. Termodinamikaning birinchi bosh qonuni barcha xodisalarda aniq kuzatiladi. Biroq termodinamikaning birinchi bosh qonuni termodinamik jarayonlarni qanday yo’nalishda borayotganligiga nisbatan xech qanday ko’rsatma bera olmaydi. Bir necha misol qarab chiqaylik. Faraz qilaylik, izolyasiyalangan sistema turli temperaturali ikki jismdan iborat bo’lsin. Termodinamikaning birinchi bosh qonuniga binoan issiqlik almashish jarayonida bitta jism Q issiqlik miqdori oladi, ikkinchi jism esa xuddi shunday Q issiqlik miqdorini tashqariga beradi. Issiqlik qanday yo’nalishda uzatiladi? Bu savolga termodinamikaning birinchi qonuni asosida javob berish mumkin emas. Bundan tashqari, termodinamikaning birinchi qonuni issiqlik kamroq isigan jismdan ko’proq isigan jismga ixtiyoriy ravishda o’tadigan jarayon uchun zid bo’lmagan bo’lar edi. Yana bitta misol qarab chiqamiz. Tosh yerga tushayotganda uning ilgarilan ma xarakatining butun kinetik energiyasi energiyaning saqlanish qonuniga mos ravishda toshning ichki energiyasiga va uning atrofidagi jismlar ichki energiyasiga aylanadi. Biroq, termodinamikaning birinchi qonuniga teskari jarayon xam zid bo’lmas edi, bunda Yerda yotgan toshga atrofdagi narsalar- dan biror issiqlik miqdori uzatilgan va natijada tosh o’z - o’zidan sakrab ketishi xam mumkin bo’lar edi. Biroq xech kim xech qachon sakrayotgan toshlarni kuzatmagan. Bu va bunga o’xshash boshqa misollar termodinamikaning birinchi qonuni energiyaning bir turdan boshqa turga aylanishi yo’nalishiga va issiqlikni bir jismda boshqasiga o’tish (uzatilish) yo’nalishiga xech qanday chegara qo’y- masligidan dalolat beradi. Shu bilan birga tajriba energiyaning xar xil turlari teng qiymatli emasligini va ular imkoniyatlari bo’yicha boshqa ko’rinishlarga aylanishini ko’rsatadi. Masalan, istalgan jismning mexanik energiyasini to’lali gicha uning boshlang’ich temperaturasiga bog’liq bo’lmagan xolda ichki ener- giyasiga aylantirish mumkin. Xaqiqatdan xam, istalgan jismni ishqalanish bilan isitish mumkin: bunda uning ichki energiyasi ishga teng kattalikka orta- di. Xuddi shuningdek, elektr to’ki rezistr orqali o’tganda, ichki energiyaga ay- lanishi mumkin. Shunday qilib, ichki energiya teskarisiga aylanishi uchun boshqa ko’rinishlarda malum chegara mavjud, bu quyidagidan iborat: ichki 0>0>0> Download 1.84 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling