Abduhamidov F. A
energiya xech qanday sharoitlarda to’laligicha energiyaning boshqa tur-
Download 1.84 Mb. Pdf ko'rish
|
Molekulyar fizika
- Bu sahifa navigatsiya:
- Issiqlik dvigatellarining yaratilish tarixidan
- Issiqlik dvigatellarining ishlash prinsipi
energiya xech qanday sharoitlarda to’laligicha energiyaning boshqa tur-
34 Abduhamidov F.A. lariga aylanmaydi. Tabiatda jarayonlarning o’tish yo’nalishi shunga bog’liqdir. TERMODINAMIKANING IKKINCHI QONUNI Issiqlik jarayonlarining qaytmasligidan quyidagi xulosa kelib chiqadi: ichki energiya o’z-o’zidan temperaturasi pastroq jismdan temperaturasi yuqoriroq jismga o’ta olmaydi. Termodinamikada bu fundamental qonun termodinamikaning ikkinchi qonuni deb ataladi. ISSIQLIK DVIGATELLARINING ISHLASH PRINSIPI Issiqlik dvigatellari deb, yonilg’ining ichki energiyasini mexanik energiyaga aylantirib beruvchi mashinalarga aytiladi. Issiqlik dvigatellarining yaratilish tarixidan Birinchi issiqlik dvigateli – bug’ mashinalarining yaratilishi xaqiqatdan birinchi olamshumul kashfiyot edi. Tuzilishi va vazifasi bo’yicha xar xil mashinalarini quyidagi olimlar ishlab chiqdilar: ingliz T. Severi (1698 y), ingliz T. Nyukomen (1705 y), fransuz D. Papen (1707 y), rus I.I. Polzunov (1763 y), ingliz James Uatt (1774 y). Uatt kashfiyoti fan va texnikani rivojlanishi uchun katta axamiyatga ega bo’ldi. Uning kashfiyoti angliyada sanoat gurkirab rivojlanayotgan vaqtiga mos keladi. 1860 yilda Polzunov va Uattlar universal bug’ mashinasini kashf etganlaridan deyarli 100 yil keyin fransuz ixtirochisi Lenuar birinchi bo’lib ikki taktli ichki yonuv dvigatelining loyixasini tuzdi. Shundan 16 yil keyin, 1876 yilda nemis konstruktori N. Otto birinchi bo’lib to’rt taktli dvigatel yasadi. Issiqlik dvigatellarining ishlash prinsipi Issiqlik dvigatellari turlarining xar xilligiga qaramasdan,ularning ishlash prinsipi umumiy belgilarga ega. Dvigatellarning ishlashida quyidagi umumiy belgilarini ajratish mumkin: a) Istalgan issiqlik dvigatelida yonilg’ining energiyasi mexanik energiyaga aylanadi. Bunda yonilg’ining energiyasi yuqori temperaturagacha isitilgan gaz yoki bug’ning ichki energiyasiga aylanadi; b) Issiqlik dvigatelining ishlashi uchun turli temperaturali ikkita jism bo’lishi shart. Ular isitkich va sovutgich deb ataladi. Bulardan tashqari, ishchi jism (bug’ yoki gaz) zarur. Issiqlik dvigatelining ishlash jarayonida ishchi jism 35 Molekulyar fizika isitgichdan biror Q 1 miqdordagi issiqlik miqdori oladi va uning bir qismini A mexanik energiyaga aylantiradi, qolgan issiqlikning Q 2 qismini esa sovutgichga beradi (24-rasm). Energiyaning aylanish va saqlanish qonuniga binoan: Q 1 =Q 2 +A Istalgan issiqlik dvigatelining ishlashi ishchi jism xolatining o’zgarishining takrorlanuvchi sikllaridan iborat. Xar bir sikl turli jarayonlar- dan: isitgichdan energiya olish (ishchi jismni kengayishi va u olgan energiyaning bir qismini mexanik energiyaga aylantirish) va nixoyat, energiyaning foydalanilmagan qismini sovutgichga uzatishdan iborat. Sovutish moslamalarida ham xuddi shunday jarayonlar amalga oshiriladi. Sovutish moslamalarining issiqlik mashinalaridan farqi, jarayon teskari amalga oshiriladi. Sovutkichdan ishchi jismga Q 2 issiqlik miqdori beriladi, ishchi jism A ish bajarib, Q 1 issiqlikni isitkichga beradi(25-rasm). Energiyaning saqlanish qonuniga binoan: Q 2 +A=Q 1 Issiqlik mashinasining bajargan ishi esa A=Q 1 - Q 2 ga teng bo’ladi. Bunda issiqlik mashinasi ishchi jismga Q 1 issiqlik berib, A ish bajardi. Download 1.84 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling