Abduhamidov F. A


Suyuqlik molekulalarining xarakati


Download 1.84 Mb.
Pdf ko'rish
bet38/50
Sana03.12.2023
Hajmi1.84 Mb.
#1801069
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   50
Bog'liq
Molekulyar fizika

Suyuqlik molekulalarining xarakati. 
 
Suyuqlik xolatlar nazariyasining qator muammolarini xal qilishda Y.M. 
Frenkel sezilarli xizmat qildi. Frenkel nazariyasiga muvofiq suyuqliklarda 
kichik bo’shliqlar – o’ziga xos teshiklar bo’ladi. Bu teshiklar xolati doimiy 
qolmaydi, vaqt o’tishi bilan ular xarakatlanuvchi molekulalar bilan to’lib 
boradi va teshikchalar suyuqlikning qayeridan molekulalar ketgan bo’lsa, 
o’sha joylarida xosil bo’ladi. 
Xar bir molekula biror vaqt mobaynida malum muvozanat vaziyati atrofida 
xaotik tebranadi. Vaqt o’tishi bilan molekula yangi xolatga molekulalarning 
o’zlarining o’lchamlari tartibidagi masofaga sakrab o’tish bilan siljib 
muvozanat o’rnini o’zgartiradi. Shunday qilib, molekulalar suyuqliklar ichida 
malum joylar atrofida biroz vaqt to’xtab, juda sekin siljiydi. Frenkelning 
tavsifi bo’yicha, molekulalar ko’chmanchi xayot kechirib, suyuqlikning 
xamma xajmi bo’yicha kezib yuradi, bunda qisqa vaqtli ko’chish, uzoq 
muddat o’troq xayot kechirish bilan almashinib turadi. Bu to’xtashlarning 
davomiyligi turlicha bo’lib, vaqt o’tishi bilan tartibsiz o’zgaradi, temperatura 
ko’tarilishi bilan esa keskin qisqaradi. 
Moddaning suyuq xolati bilan gazsimon xolati orasidagi yana bir muhim 
farqqa etibor berish zarur.
Gazlarda kinetik energiyasi ularning potensial energiyasidan juda 
katta, suyuqliklarda esa molekulalarning kinetik energiyasi ularning 
potensial energiyasiga taxminan teng bo’ladi. 


51 
Molekulyar fizika 
SUYUQLIKLARNING SIRT TARANGLIGI. 
 
 Suyuqlikning gazdan farqli bo’lgan xarakterli xossasi suyuqlikning gaz 
bilan chegarasida erkin sirt xosil bo’lishidir. Suyuqliklarning xar bir 
molekulasiga undan taxminan 10
-19
m masofada joylashgan qo’shni 
molekulalarning tortishish kuchlari tasir qiladi.
Idishga 
quyilgan 
suyuqlik 
ichidagi 

molekulani 
qarab 
chiqamiz(38-rasm). 
Bu 
molekulani xamma tomonidan xuddi shunday 
molekulalar qurshab turadi va A molekulaning 
qo’shni 
molekulalarga 
tortishish 
kuchi 
muvozanatlashadi. 
F
T
=0 
Endi esa suyuqlik sirtida turgan B molekulani 
ajratib qaraylik. Bu molekulaning bug’ molekulalariga natijaviy tortishish 
kuchi uning suyuqlik molekulalariga tortishish natijaviy kuchidan ikki marta 
kichik. Shu sababli suyuqlik ichiga yo’nalgan teng tasir etuvchi kuch xosil 
bo’ladi. Qalinligi molekulyar kuch tasiri radiusiga teng bo’lgan sirt 
qatlamidagi barcha suyuqlik molekulalari xaqida xam shuni gapirish mumkin. 
Sirt qatlam suyuqlik ichidagi molekulalarni suyuqlik ichiga bosadi. Bu 
jihatdan sirt qatlami bolalar o’ynaydigan pufak qobig’iga o’xshaydi. 

Download 1.84 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   50




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling