Abduhamidov F. A
Download 1.84 Mb. Pdf ko'rish
|
Molekulyar fizika
deb ataladi.
Xavoning namligi: gigrometr (34-rasm) va psixrometrlar (35-rasm) yordamida o’lchanadi. Xavodagi suv bug’larining shudring nuqtasini aniqlash uchun maxsus asboblar – gigrometr lar yaratilgan. Ulardan eng oddiysi Lambrext gigrometridir. Bu asbobning asosiy qismini o’qi gorizontal xolatda turgan silindr shaklidagi metal idishdan iborat. Silindrni bitta tashqi sirti yaltiroq qilinadi. Silindr ichiga rezina nokcha orqali xavo beriladi va efir quyiladi. Xavo berganda efir orqali xavo o’tib, uning bug’lanishi tezlashadi. Efir bug’lanib soviydi va silindrni suvutadi. 48 Abduhamidov F.A. Silindr temperaturasi shudring nuqtasi temperaturasiga t sh tenglashganda, uning sirti terlaydi. Temperaturani o’lchash uchun silindr ichiga termometr qo’yilgan va u yordamida temperatura t 1 aniqlanadi. Bu temperaturalar yordamida jadvaldan P va P 0 bosimlar aniqlanib (1) formula yordamida nisbiy namlik φ hisoblanadi. Nisbiy namlikni faqat shudring nuqtasini aniqlash yo’li bilan emas, balki maxsus asbob – psixrometr yordamida xam topish mumkin. Psixrometr ikkita termometrdan iborat bo’lib, ulardan biri mato bilan o’ralib, pastki uchi distillangan suvga tushurilgan. Quruq termometr xavoning temperaturasini, nam termometr esa bug’lanayotgan suvning temperaturasini ko’rsatadi. Biroq suyuqlik bug’lanayotganda uning temperaturasi kamayadi. Xavo qanchalik quruq bo’lsa (uning nisbiy namligi kam), nam matodan shunchalik tez bug’lanadi va uning temperaturasi shunchalik past bo’ladi. Xo’l va quruq termometrlar ko’rsatishlarini farqi ya’ni psixrometrik farq xavoning nisbiy namligiga bog’liq. Bu temperaturalar farqini bilgan xolda maxsus psixrometrik jadvaldan xavoning nisbiy namligi topiladi. Xuddi shuningdek shkalasidan xavoning nisbiy namligini bevosita foizlarda xisoblab topiladigan maxsus asboblar mavjud. Qaynash Qaynash – suyuqliklarning butun xajmi bo’yicha bug’lanishi va bu bug’ pufaklarini suyuqlik yuzasiga ko’tarilishidir (36-rasm). Qaynash to’yingan bug’ pufaklarininng bosimi suyuqlik bosimiga tenglashganda boshlanadi. atm atm P P gh P Qaynash temperaturasi atmosfera bosimiga proporsional. Bosim oertsa, qaynash temperaturasi ham ortadi. Bosim kamaysa, qaynash temperaturasi ham kamayadi. Normal atmosfera bosimida suv 373 K da qaynaydi. Xavosi qisman so’rib olingan muhitda suv 100 o C dan past temperaturada qaynaydi. 49 Molekulyar fizika Agar tog’ga chiqadigan bo’lsak, atmosfera bosimi kamayadi, buning natijasida suvning qaynash tempera- turasi xam pastlaydi, taxminan 300 m balandlikka ko’tarilganimizda suvning qaynash temperaturasi 10 o C ga kamayadi. 7000 m metr balandlikda esa bosim taxminan 0,4 10 5 Pa, suvning qaynash temperaturasi esa 70 o C ga tushib ketadi. Yuqoridagi xulosalardan suvning qaynash temperaturasini atmosfera bosimiga qarab ham aniqlash mumkinligi kelib chiqadi. Quyidagi jadvalda xar xil temperaturalarda to’yingan bug’ bosimining zichligiga bog’liqligi keltirilgan. Download 1.84 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling