Abduhamidov F. A


QATTIQ JISMLARNING ISSIQLIKDAN KENGAYISHI


Download 1.84 Mb.
Pdf ko'rish
bet45/50
Sana03.12.2023
Hajmi1.84 Mb.
#1801069
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   50
Bog'liq
Molekulyar fizika

QATTIQ JISMLARNING ISSIQLIKDAN KENGAYISHI. 
 
Siz moddalar (qattiq, suyuq va gazsimon) issiqlikdan kengayadi
sovuqlikdan torayishini bilasiz. Bu hodisalarning sababi molekulalar 
harakatidir. Moddalarning bu xossasidan turmush va texnikada keng 
foydalaniladi. Temir yo’l relslarini o’rnatishda ularni bir-biriga jips 
tegmaydigan qilib o’rnatiladi. Elektr o’tkazuvchi simlarni ustunlarga yoz 
kunida biroz osiltirib o’rnatiladi. Qishda torayishi 
evaziga uzilib ketmasligi uchun shunday qilinadi. 
Shisha stakanlarga issiq suvni birdaniga quyib 
bo’lmaydi. Chunki, uning ichki qismi issiqlikdan 
tez 
kengayadi. 
Tashqarisi 
esa 
kengayib 
ulgurmaydi. Shu sababli stakan sinib ketadi. 
53-rasmda bir-biriga parchinlab mahkamlan- 
gan ikkita – latun va temir plastina keltirilgan.
Bu plastinada latun vat emir issiqlikdan turlicha kengayadi. Bunday 
plastina qizdirilsa, plastina temir tomonga, sovutilsa latun tomonga egiladi. 
Bunga sabab turli moddalarning issiqlikdan turlicha kengayishidir. 
Tajribalarning ko’rsatishicha, xajmning nisbiy o’zgarishi 
0
V
V

temperaturaning 
o’zgarishiga ΔT to’g’ri proporsional: 
0
V
T
V


 
Bu yerda: β – xajmiy kengayishning temperatura koeffisienti, ΔV – 
jismning V
0
boshlang’ich xajmining o’zgarishi. 
Jism issiqlikdan kengayganda uning barcha o’lchamlari o’zgaradi. 
Issiqlikdan uzayuvchi jismlar (similar, truba va boshq) uzunligining o’zgarishi 
ham temperaturaga to’g’ri proporsional. Jismlar uzunligining o’zgarishini 
aniqlash uchun chiziqli kengayishning temperaturaviy koeffisienti α 
ishlatiladi: 
0
l
T
l


 
Bu yerda: Δl – jismning temperaturasi ΔT ga o’zgarganda jism 
o’lchamining o’zgarishi, l

– boshlang’ich uzunlik. 
Jismlar va anizatrop moddalarning xajmiy kengayishi temperaturaviy 
koeffisienti β va chiziqli uzayishi α orasida [β=3α] munosabat o’rinli:
Jismlarning issiqlikdan uzunligining ortishi


0
1
l
l
t



Jismlarning issiqlikdan yuzasining ortishi


0
1
S
S
t





61 
Molekulyar fizika 
Jismlarning issiqlikdan xajmining ortishi


0
1
V
V
t



Chiziqli kengayishning temperaturaviy koeffosoenti α (termik koeffisient) 
turli moddalar uchun turlicha bo’lib, uning qiymati jadvallarda beriladi. 
Masalan 53-rasmda ko’rsatilgan latun va temirning termik koeffisienti 
quyidagicha: 
5
1
5
1
1, 2 10
1,8 10
temir
latun
K
K










Termik koeffisientlardan ko’rinib turibdiki, latunning termik koeffisienti 
temirnikiga qaraganda ko’p, shuning uchun issiqlik natijasida latun temirdan 
ko’proq kengayadi. Demak, 53-rasmdagi plastinalarning issiqlikdan latun 
tomonga egilishi ham shundan. 
Issiqlikdan yoki sovutish natijasida barcha jismlar, konstruksiyalar va 
moslamalarning o’lchamlari o’zgaradi, qo’shimcha deformasiyalar paydo 
bo’ladi.
Shuning uchun texnika va qurilish sohalarida issiqlik va suvuqlik 
natijasida xosil bo’ladigan qo’shimcha deformasiyalar va mexanik xossalarni 
o’zgarishini xisobga olish kerak bo’ladi. 


62 
Abduhamidov F.A. 

Download 1.84 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   50




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling