Abduhamidov F. A


Download 1.84 Mb.
Pdf ko'rish
bet42/50
Sana03.12.2023
Hajmi1.84 Mb.
#1801069
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   50
Bog'liq
Molekulyar fizika

QATTIQ JISMLAR XOSSALARI 
 
O’z shakli va hajmini saqlaydigan jismlar qattiq jismlar deb ataladi. 
Qattiq jismlarda atom (molekula)lar muvozanat vaziyatlari atrofida 
tebranib turadi. Qattiq jismlar tuzilishiga ko’ra kristall va amorf jismlarga 
bo’linadi. 
Kristall jismlar. 
 
Atom yoki molekulalari fazoda muayyan tartibli davriy strukturani 
(tuzilmani) tashkil etgan qattiq jismlar kristall jismlar deb ataladi. 
«Kristall» so’zi yunonchadan olingan bo’lib, «muz» degan ma’noni 
bildiradi. 
Kristall jismning atom (molekula)lari turgan 
joylar tutashtirilsa, kristall panjara hosil bo’ladi. 
Atom (molekula)lar joylashgan nuqtalar kristall 
panjaraning tugunlari deyiladi. 48-rasmda osh tuzi 
kristall panjaralari tasvirlangan. 
Kristall jismlarda turli yo’nalishlarda atom 
(molekula)lar orasidagi masofa bir xil emas. Har xil 
yo’nalishlarda kristallar issiqlik, elektr toki va yorug’likni turlicha o’tkazadi
49-rasmdagi 1,2 va 3 yo’nalishlarda kristall jismning mexanik xossalari 
turlicha bo’ladi. 
Jismlarning 
fizik 
xossalari 
uning 
ichki 
yo’nalishlariga bog’liqligi anizatropiya deb ataladi. 
Kristall jismlar anizatrop xossaga ega. 
Yunonchada anizos - bir xil emas, tropos
yo’nalish degan ma’nolarni bildiradi. 
Metall parchasi juda ko’p mayda kristallchalardan 
tashkil topgan bo’ladi. Metall quyishda bunday 
kristallchalar bir-biriga nisbatan tartibsiz joylashib qoladi. Shuning uchun 
bunday metallarning fizik xossalari barcha yo’nalishlarda bir xil bo’ladi. 
Bir-biriga nisbatan tartibsiz holatdagi ko’p kristallchalardan tuzilgan jism 
polikristall deb ataladi.
Lotinchada poli – so’zi ko’p degan manoni bildiradi. Masalan, qotib 
qolgan tuz parchasi va oq qand polikristallardir. Ular maydamayda 
kristallchalardan tashkil topgan. Sanoat, qurilish, energetika, aloqa va boshqa 
sohalarda asosanpolikristall holatdagi mahsulotlar ishlatiladi. 
Agar jism yaxlit kristaldan iborat bo’lsa, bunday jism monokristall deb 
ataladi. 
Lotinchada mono – so’zi bir degan ma’noni bildiradi. 


57 
Molekulyar fizika 
Masalan, alohida mayda osh tuzi, shaker zarrachalari monokristallardir. 
Ayrim maqsadlarda, masalan, elektronika sohalarida monokristallar keng 
qo’llaniladi. Buning uchun maxsus usullar yordamida monokristallar olinadi. 
Suyultirilgan shakardan tayyorlangan novvot ham monokristalldir.
Monokristall anizatrop xususiyatga ega bo’ladi. 

Download 1.84 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   50




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling