Abduhamitov geografik atamalar va tushunchalar


Download 0.77 Mb.
bet4/127
Sana07.03.2023
Hajmi0.77 Mb.
#1247552
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   127
Bog'liq
Geografiya atamalari.2003

Aholi – o’zining hayotiy faoliyatini ma’lum ijtimoiy va hududiy jamoalar doirasida amalga oshirayotgan insonlar guruhidir.
Aholi zichligi - muayyan hududda aholining joylashish darajasi. Mamlakat yoki biror hudud aholisi sonini shu joy maydoniga taqsimlash bilan hisoblab chiqiladi.
Aholi milliy tarkibi – muayyan hudud yoki mamalakatda yashovchi aholining millatlar bo’yicha tarkibi.
Aholi punkiti - aholi yashaydigan joy. A. p. shahar, posyolka, qishloq, ovul, xutor shakllarida bo’ladi.
Aholi zichligi – muayyan hududda aholining joylashuv darajasi. Mamlakat yoki biror hudud aholi sonini shu joy maydoniga taqsimlash bilan hisoblab chiqiladi.
Aholini mayatniksimon harakati – hafta, oy davomida axolining bir joydan 2- yerga ko’chib yurishi.
Akkumulyatsiya (lotincha-to’planish, yig’ilish) - deb yer yuzasida nurash mahsulotlari va organik qoldiqlarning to’planish jarayonlariga aytiladi. Akkumulyativ relef shakllari turli mahsulotlarning to’planishi bilan bog’liq bo’ladi.
Aksiya - bu fransuzcha «action» so’zidan olingan bo’lib, u aksiyadorlik jamiyatining ustav fondiga muayyan hissa qo’shganlik guvohlik beruvchi, uning egasiga foydaning bir qismini olish va odatda ushbu jamiyatini boshqarishda ishtiroq etish huquqini beruvchi qimmatli qog’ozdir.
Akvatoriya - lot. “aqua”-suv. Suv havzasi yuzasining bir qismi. Port akvatoriyasi deganda quruqlikdan tashqari suv qismi tishuniladi.
Akveduk - ustida shaxarga suv keltirgan anxor bo’lgan baland ko’prik.
Albedo - quyushdan tushayotgan energiyaning bir qismi yer yuzasining holatiga bog’liq holda qaytib keladi. Qaytib kelayotgan energiyaning shu joyga tushgan energiyaga nibati albedo deyiladi. Agar yer yuzasidagi jismlar rangi qora bo’lsa albedo kichik (4,14) aksincha oq rangda bo’lsa albedo miqdori katta (85-90)bo’ladi.

Download 0.77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   127




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling