Abduhamitov geografik atamalar va tushunchalar


Download 0.77 Mb.
bet7/127
Sana07.03.2023
Hajmi0.77 Mb.
#1247552
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   127
Bog'liq
Geografiya atamalari.2003

Antarktida – yunoncha “anti” – qarama-qarshi teskari, “arktika” –shimoliy, yani arktikaga teskari tomoni degani.
Antik tarix - Qadimgi Yunoniston va Qadimgi Rim tarixi.
Antikinal – (yunoncha “anti” qarshi, zid, “klino” og’diraman) – tog’ paydo bo’lishi jarayonida burmalanishga uchragan qatlamlarning yuqoriga qarab bukilishidan hosil bo’lgan shakl.
Antimilitarizm(lot) - militarizmga qarshi ijtimoiy oqim.
Antisemitizim - yunoncha irqi shovunizm va burjua millatchiligining yaxudiylar va boshqa xalqlarga qarshi qaratilgan reaksion xarakati.
Antisiklon — bir xil havo massasidagi barik maksimum tarkib topadi. Antisiklonlarda havo yuqoridan pastga tomon harakat qiladi zichlashadi va yer yuzasiga bosiladi. Havo pastga tomon harakat qilganligidan u adiabatik ravishda isiydi va quruqlashadi. Shu sababli antisiklonda havo ochiq va quruq, bulutsiz yoki kam bulutli bo’ladi. Yozda temderatura yuqori, issiq, qishda esa sovuq bo’ladi; qishda havo pastga tushib isishiga qaramay, ob-havo sovuq bo’lishiga sabab shuki, yuqoridagi havo bundan ham sovuqdir.
Antropogen davr - yunoncha ,,antropos” -odam ,, genospp-tug’ilish, kelib chiqish yani odamning paydo bo’lgan davri degan ma’noni anglatadi. Antropogen 2-1, ba’zi malumotlarga ko’ra 3,5-2 million yilliklarni egallaydi.
Aparteid - tub Afrika axoliga nisbatan JAR da olib borilgan irqi diksriminatsiya va segrigatsiya siyosati. Bu siyosat tub Afrikaliklarni fuqorolik xuquqlaridan maxrum qilish ularni aloxida kvartiralarga joylashtirish bir xududdan ikkinchisiga erkin o’tish cheklash va x.k kamsitishlardan iborat.
Apatit - Ca5(pO4)3(OH,F,Cl). Odam va ba’zi hayvonlarning tishlari apatitning mikroskopik kristallaridan tarkib to’gan. Rangsiz, oq, zumradsimon yashil, ko’k, qo’ng’ir, binafsha.
Aralash o’rmonlar - ignabargli va keng bargli daraxt turlari aralash o’sadigan o’rmonlar. Mo’tadil mintaqaning ignabargli va keng bargli o’rmonlari.

Download 0.77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   127




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling