Vulqon tufi – vulqon bombalari, hajmi yong’oqdеk kеladigan mayda massalaridan hosil bo’lgan g’ovaksimon yoki mochalkasimon tarzda qotib qolgan jins massasi.
Vulqonik orolar - okean tagida vulkonlarning otilishi natijasi paydo bo’lgan. Bunday orollar odatda to’da-to’da bo’lib, go’yoki tog’ tizmalarini hosil qiladi. Kuril, Gavayi orollari aynan shunday vulkon orollaridir.
Xalq xo’jaligi tarmog’i – bir xil mahsulot ishlab chiqaruvchi va ishlab chiqarish jarayonlari o’xshash bo’lgan, barcha korxonalar yoki korxonalar guruhi tushuniladi.
Xalqaro mehnat taqsimoti - ayrim mamlakarlarning bir-birlari bilan almashish (sotish) uchun muayyan turdagi mahsulotlar ishlab chiqarishga ixtisoslashgan. X. m. t. ijtimoiy hududiy mehnat taqsimotining takomillashgan shakli hisoblanadi. X. m. t. siz har bir mamlakat xo’jaligi ham, jahon xo’jaligi ham maromida rivojlana olmaydi.
Xalqaro mehnat taqsimoti – ijtimoiy mehnatning turli davlatlar yoki davlatlar guruhi o‘rtasida taqsimlanishi, ishlab chiqarishning baynalminal miqyosda ixtisoslashuvini bildiradi, davlatlararo iqtisodiy aloqalarni zaruratga aylantiradi.
Xalqaro tartibdagi hududlar – davlat chegaralaridan tashqarida bo‘lgan va xalqaro huquqqa binoan dunyoning barcha davlatlari umumiy foydalanadigan Yer sharidagi bo‘sh makonlar.
Xalqaro valyuta fo’ndi (XVF) - BMT ning iqtisoslashgan muassasasi. 1944- yilda mamlakatlar o’rtasida valyuta moliyaviy munosabatlarni tartibga solish va kredit yordamini ko’rsatish uchun tashqil etilgan. Shtabi Vashingtonda.
Xarbiy doktarina - davlat xarbiy ishlarini rivojlantirish mamlakat qurolli kuchlarini yuz berishi mumkin bo’lgan urushga tayorlash, uni olib borish usullarini ishlab chiqarish borasidagi nuqtai nazarlar tizimi.
Xarbiy sanoat kompbeksi(XSK) - xarbiy maxsulot ishlab chiqaruvchi, xarbiy kuchlar qurilishini ishlab chiqaruvchi va amalga oshiruvchi yangi qurollanish tizimini tashqil etuvchi sanoat korxonalari va bir qism davlat aparati birlashmalari.
Do'stlaringiz bilan baham: |