Abduhamitov geografik atamalar va tushunchalar


Yarim fabrikat, yarim tayyor mahsulot -


Download 0.77 Mb.
bet123/127
Sana07.03.2023
Hajmi0.77 Mb.
#1247552
1   ...   119   120   121   122   123   124   125   126   127
Bog'liq
Geografiya atamalari.2003

Yarim fabrikat, yarim tayyor mahsulot - iste’mol va ishlatiash uchun tayyor bo’lmagan hamda qo’shimcha ishlov berishni talab qiladigan mahsulot (quyma po’lat, kalava ip, tilingan taxta, charim, qiyma go’sht, to’g’ralgan sabzi, pishirilagan masallig’).
Yarim orol - quruqlikning okean ichiga kirib borgan va 3 tomonidan suv bilan o’ralgan qismidir. Yer yuzasidagi eng katta yarim orol— Aribiston yarim orolidir. Aholisi ko’p yarim orol Hindiston yarim orolidir.
Yarmarka - bir yilda bir marta o’tqaziladigan bozor.
Yashil il va qum - Yashil, och yashil, kul rang yashil il va qum dengizlarda 80 - 100 m chuqurlikdan boshlab hosil bo’ladi. Bu cho’kindilar ko’pincha 2000 m dan chuqurda ham uchraydi. Yashil il tarkibining bir xil emasligi va il zarrachalarining kamligi (48%) bilan farq qiladi. Yashil ildan tashqari, kontinent yonbag’rida qum hosil bo’ladi. Bu jinslarning yashil rangi tarkibidagi glaukonit minerali bilan bog’liq.
Yashil inqilob – bu qishloq xo’jaligini zamonaviy rivojlantirish. Birinchi marta Meksikada bo’lgan. “Yashil inqilob” tushunchasi 60-yillarning o‘rtalaridan boshlab Lotin Amerikasi, Osiyo va Afrika mamlakatlarida amalga oshirilgan agrar islohotlar bilan chambarchas bog‘liqdir. "Yashil inqilob" qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishini zamonaviy agrotexnika va boshqarish asosida tashqil qilish negizida, FTI yutuqlarini qo‘llash orqali qishloq xo‘jaligi ekinlari hosildorligini oshirishdan iborat chora-tadbirlar majmuasidir.
Yaxmalak – bu hodisa qattiq sovuq vaqtida yer yuzasining sublimatsiya natijasida katta qismida muz yuzalar hosil bo’ladi.
Yaylov chorvachiligi - molar asosan yaylovlarda boqiladigan chorvachilik. Ko’proq qo’y, echki, bug’u yaylovlarda boqiladi. Y. ch. tabiiy sharoitga juda bog’lanib qolgan va maxsuldorligi o’zgarib turadi. Shuning uchun yaylovlar ko’p joylarda ham Y. ch. molxonalarda boqish bilan birga olib boriladi. Yaylovdan foydalanish mumkin bo’lmagan vaqtlarda molar yig’ib qo’yilgan ozuqa bilan boqiladi.

Download 0.77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   119   120   121   122   123   124   125   126   127




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling