Abduhamitov geografik atamalar va tushunchalar


Download 0.77 Mb.
bet50/127
Sana07.03.2023
Hajmi0.77 Mb.
#1247552
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   127
Bog'liq
Geografiya atamalari.2003

Gеrtsеnidlar - qadimiy rimliklarning Gеrtsiniya viloyati nomiga qo’yilgan. Gеrtsinidlar ham, kalеdonidlarga (44 raqam) o’xshash, gеrtsеn epoxasida yuzaga kеlgan (palеozoy erasining ikkinchi yarmida) mеtamorfik tog’ jinslari va ularning burmalanishlaridan hosil bo’lgan strukturalar.
Hamal - 1. Zodiak zonasidagi yulduzlar turkumi. 2. Shamsiy (quyosh hisobidagi) taqvimda yilning birinchi oyi, 22- martdan 20-aprelgacha 30 kun davom etadi. Bu vaqtda quyosh osmon gumbazida H. yulduzlar turkumidan o’tadi. H. – bahor oyi. “Hamal kirdi- amal kirdi” (kurtak undi) maqoli shundan olinadi.
Hamdo’stlik - ilgarigi Buyuk Britaniya imperiyasiga kirgan mamlakatlarning siyosiy va iqtisodiy birlashmasi. H. Britaniya imperiyasining parchalanishi natijasida vujudga kelgan. 1986- yilda unda 48 ta mustaqil davlat a’zo bo’lgan.
HIChM – ishlab chiqarish sohasidagi barcha tarmoqlarga qarashli har xil karxonalarning bir umumiy hududdagi o’zaro bog’langan uyg’unligidir.
Himolay – “qorlar makoni” degan ma’noning anglatadi.
Hloridlar – galit, silvinit, flyuorit kiradi. Yer po’stining 5% ini tashqil qiladi.
Hududiy mehnat taqsimoti – muayyan mamlakat doirasida ayrim hududlar yoki mintaqalardagi mehnatning ixtisoslashuvi. Har bir hudud doirasida ham ichki ixtisoslashuv yuz beradi.
Hut - arabcha hut – baliq. 1. Zodiak zonasidagi yulduzlar turkumi. 2. Shamsiy (quyosh hisobidagi) taqvimdagi yilning o’n ikkinchi oyi, 19-fevraldan 21-martgacha 31 kun davom etadi. Quyosh bu vaqtda osmon gunbazida H. yulduzlar turkumidan o’tadi. H. qishning oxirgi oyi. “ Yaxshi kelsa hut, yomon kelsa yut” maqoli bor. H. oyi yaxshi kelganda qorlar erib, kunlar ilib qoladi, chorvani yaylovga haydab boqsa bo’ladi. Ba’zan sovuq kelib, avji yem-xashak tugagan vaqtda chorva mollarni haydab boqish qiyin bo’lib, yut ro’y beradi.
Ichki milliy mahsulot (IMM)- yil davomida mamlakat hududida ishlab chiqarilgan pirovard mahsulot va xizmatlarning bozor baholaridagi qiymati.

Download 0.77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   127




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling