Ideokratiya – yun. «g’oyalar, ideallar hukmronligi», rus Yevroosiyochilari (P.Savitskiy va N.Trubetskoy) tomonidan ilgari surilgan atama. Bu atama «materiya hukmronligi», «bozor tizimi», «savdo tizimi»ga qarshi qo’yiladi. Ideokratiya davrida jamiyatdagi ijtimoiy pog’onalar va mehnatga bo’lgan rag’bat noiqtisodiy tamoyillar asosida shakllanadi.
Ifloslanishning bahosi – salomatlik uni tiklash xarajatlari bahosi hisoblanadi. Ifloslanish antropogen ta’sirning oqibatida bo‘lib, kimyoviy, issiqlik, shovqin, tarzida namoyon bo‘ladi.
Ijtimoiy infrastruktura - deb moddiy ishlab chiqarishning rivojlanishiga bevosita tasir ko‘rsatadigan va aholi turmush sharoitini yaxshilashga xizmat qiladigan tarmoqlar tizimi tushuniladi.
Ilm - arabcha, kishining o’qishi va o’rganishi hayotiy tajribisi orqali ortirilgan bilim.
Immigrant(lot)-muhojir,o’z mamlakatidan boshqa mamlakatga ketib yashovchi shaxs.
Immigratsiya(lot) - ko’chirib yuborilgan muhojirlar. Bir mamlakatga boshqa mamlakat fuqarosining vaqtincha yoki doimiy yashash uchun kelib joylashishi.
Imomlar - oliy ruhoniy arboblar.
Imperator(lot) - hukmdor.
Imperiya-lotincha hokimyat, davlat. Imperator boshliq manarxiya davlati.
Indikator havza - qo‘shni havzalardagi oqim tartibini o‘zida mujassamlashtirgan havza.
Indivit-aloxida odam, shaxs.
Indulgentsiya - lotincha “avf”demakdir. Maxsus avf yorlig’i.
Industrial – Dunyoda sanoat taraqiyoti yuz bergan XVII – XIX asrlardan iqtisodiyotning yangi industurial turi rivojlana boradi. Unda F.T. yutuqlaridan keng miqyosida foydalanish fizika, kimyo, va mexanika kashfiyotlari rivojlanishi natijasida paydo bo’lgan.
Industriya - lotincha “faoliyat”, sanoat, xususan, yirik sanoatni anglatuvchi atama.
Industriyalash - inglizcha industria-faoliyat. Mamlakatda hozirgi zamon korxonalarini ko’rish va fan-texnika yutuqlarini ishlab chiqarishning barcha tarmoqlariga jalb qilish yo’li bilan rivojlangan sanoatni bunyod etish.
Do'stlaringiz bilan baham: |