Abduhamitov geografik atamalar va tushunchalar


Kardinal - kotolig cherkovida Rim papasidan keyingi mansab. Kariolos kuchi


Download 0.77 Mb.
bet59/127
Sana07.03.2023
Hajmi0.77 Mb.
#1247552
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   127
Bog'liq
Geografiya atamalari.2003

Kardinal - kotolig cherkovida Rim papasidan keyingi mansab.
Kariolos kuchi – bu kuch meridian bo’yicha harakat qilayotgan havo oqimlarini shimoliy yarim sharda o’ng tomonga, janubiy yarim sharda chap tomonga buradi. Bu kuch yerning sutkalik harakati bo’yicha vujudga keladi.
Kariz – suvli qatlamlar qiya joylashgan tog’ oldi adirli mintaqalarida qazilgan qator quduqlarning yer ostida maxsus kavlangan yo’laklar orqali bir – birlari bilan tutashtirilishi orqali ular suvini yer yuzasiga olib chiqarishga imkon beradigan murakkab suv tahminoti tizimidir. Ularning suvi bilan aholi punktlari va ekin maydonlari ta’minlanadi.
Karrlar - (yoki shrattlar)-yomg’ir va qor suvlarining erozion ishi va karstlanuvchi tog’ jinslarining eritilishi natijasida hosil bo’lgan chuqur (1-2 m gacha) va tor, bir-biriga parallel bo’lgan jo’yaklardir. Ular yoriqli jinslar qo’lagan tik yonbag’irlarda hosil bo’ladi. Bunday shakllarni Shohimardon havzasida yordondagi qiziltog’ning tik qoyasida kuzatish mumkin.
Karst - karst so’zi sloveniyaning Istriya yarim orolidagi karst platosi nomidan olingan (nemischa so’z) bo’lib, qoya degan ma’noni anglatadi. Suvda eriydigan har qanday tog’ jinslarida rivojlanadigan hodisasiga aytiladi.
Karst voronkalari - keng tarqalgan ochiq karst shakllaridan bo’lib, ular planda dumoloq, ellipsoid va murakkab tuzilishda, kesmada esa konussimon, tovoqsimon, quduqsimon va kosachasimon bo’ladi. Voronkalarning ko’ndalang kesimi bo’yicha kattaligi bir necha o’n sm dan bir necha metrgacha, chukurligi esa 0,3-6 m gacha boradi.karst voronkalari n.a.gvozdetskiy bo’yicha korrazion (yuza erishi), o’pirilish yoki gravitatsion va korrazion-suffozion kabi uch genetik tiplarga ajratiladi.
Karta - grekcha kartes so’zidan olinib, xat yozish uchun ishlatiladigan papirus qog’ozining bir varag’i, degan ma’noni anglatadi. Geografik kartalar maxsus matematik yo’l bilan hisoblash natijasida yer ellipsoidini tekislikda tasvirlash natijasida vujudga keladi.
Kartel(fr) - kapitalistik monopoliyalarning asosiy shakillaridan bo’lib, bir turli yoki bir-biriga o’xshash mahsulot ishlab chiqaruvchi bir necha korxona egalarining ittifoqi.

Download 0.77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   127




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling