Abduhamitov geografik atamalar va tushunchalar


Download 0.77 Mb.
bet55/127
Sana07.03.2023
Hajmi0.77 Mb.
#1247552
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   127
Bog'liq
Geografiya atamalari.2003

Iqtisodiy renta - deganda, odatda, cheklangan tabiiy resurslardan foydalanilgandagi (yoki ijara) haq-baho tushuniladi. Iqtisodiy rentani ko‘pincha resurs egasining undan foydalangandan oladigan renta daromadi ma’nosida ham qo‘llash mumkin.
Iqtisodiy-ekologik instrumentlar va mexanizmlar - boshqaruvning turli ierarxiyasi darajasida milliy makroiqtisodiyot, mintaqalar va viloyatlar, tumanlar, korxonalar, shuningdek, davlatlararo birlashmalar, uyushmalar global iqtisodiyotda qo‘llaniladi.
Iqtisodiyotni divyersisifakatsiyalashtirish - ishlab chiqarishning tarmoqlar tarkibini murakkablashtirish jarayoni. Bunda mahsulot turlarining xilma-xilligi va ixtisoslashgan korxonalar soni oshadi.
Irqlar – genetik qon-qarindoshlik munosabatlari asosida shakllangan, tashqi tana tuzilishiga ko’ra o’xshash bo’lgan va hududiy birlashgan kishilarguruhi.
Irredentizm - Italyaga qo’shni bo’lgan davlatlarda italyanlar kisman yashaydigan hududlarni qo’shib olishni targ’ib qiluvchi millatchiik harakati.
Irrigatsiya - ekin maydonlariga suv chiqarish va sug‘orish ishlari
Ishchi kuchi – ish qidirayotganlardan tashqari barcha ishlovchilar va ishlamoqchi bo‘lganlar.
Ishlab chiqarish - bu jamiyat faoliyatining eng muhim jihatidir. Ishlab chiqarish jarayonida iqtisodiy resurslar ishlatiladi, mahsulotlar va xizmatlardan iborat hayotiy nematlar yaratiladi. Ishlab chiqarish yuz berishi uchun uning omillari harakatga kelishi shart.
Ishlab chiqarish infrastrukturasi - deb barcha transport turlari va xo‘jaliklari, injenyer-kommunakatsiyalari tizimi, aloqa uzatish vositalari majmuasiga aytiladi.
Ishlab chiqarish omillari - ishlab chiqarish tarmoqlarining rivojlanishiga ta’sir etadigan barcha turdagi sabablar.
Isloxot - biror sohadagi tartiblarni tubdan o’zgartirish.
Istefo - arabcha, mansabdan o’z ixtiyori bilan voz kechish.
Istilo(arab) - bo’ysundirish, zabt etish.

Download 0.77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   127




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling