Intervensiya(lot)-aralashish, bostirib kirish, tajavuz, bir davlatning ikkinchi bir davlat ichki ishlariga yoki uning uchinchi mamlakat bilan o’zaro munosabatlariga aralashuvi.
Introzzonalik – hududlarda, asosan, tumanlarda tabiiy komplekslarga aytiladi unga misol: to’qaylar, sho’rhaklar, kiradi.
Intruziv jinslar - ular yuqori darajadagi mustahkamlikka, o’rtacha zichlikka, juda past g’ovaklikka ega bo’ladi. Bu guruhda kremnezyom miqdori pasayib borishi qatorida pegmatitlar, granitlar, granodioritlar, granosienitlar, sienitlar, dioritlar, gabbrolar, piroksenitlar, peridotitlar va dunitlar ajratiladi.
Inventarizatsiya – bugalterlik hisoblash usularidan biri bo’lib, unda yildavomida daromadni hisoblash undagi kirim chiqimni inavatsiyasini o’rganish kiradi bundan tashqari aholini ishlab chiqarishda bandligi mol-mulkini ro’yhatga olishdaham ishlatiladi.
Investittsiya - sarmoyaning biror-bir korxona ishiga uzoq muddatga joylashtiriladigan kapital qo’yilma, sarmoya.
Ionosfera - mezosfera, termo-sfera, ekzosferalarga bo’linadi. Harorati juda yuqori (2000°S) bo’lib, unda havo ultrabinafsha nurlar ta’sirida ionlashgan holatdadir. Atmosferaning yuqori chegarasi 1300 km. gacha boradi. Undan yuqori qismining tarkibi sayyoralararo bo’shliq tarkibiga yaqindir.
Iqlim xosil qiluvchi omillar - Joyning geografik kengligi, dengiz satxidan balandligi, dengiz va kurukliklarning bir-biriga nisbatan joylashishi, yer yuzasining tuzilishi, yer yuzasining xolati, okean okimlari, atmosfera xarakatalari (shamollar)
Iqlimning isishi - hozirgi zamonning global xarakterga ega bo‘lgan eng keskin muammolari qatoriga kiradi. Iqlimning global isishiga sabab bo‘ladigan asosiy issiqxonali gazlariga uglerod dioksidi, metan, azot shala oksidi, gidroftoruglerodlar, pyerftouglerodlar, oltingugurt geksaftoridi kiradi. Lekin issiqxonali gazlarning asosiysi uglerod dioksidi (SO2) bo‘lib, uning 80% i atmosferaga antropogen tushishi organik yoqilg‘ini yoqish bilan bog‘liqdir.
Iqtisod - inson va jamiyat hayotining uch asosiy sohasidan (yo’nalishidan) biri, har bir insonning atrof-tabiat (moddiy voqelik)ga amaliy munosabati.
Do'stlaringiz bilan baham: |