Abduhamitov geografik atamalar va tushunchalar


Download 0.77 Mb.
bet56/127
Sana07.03.2023
Hajmi0.77 Mb.
#1247552
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   127
Bog'liq
Geografiya atamalari.2003

Ixota o’rmonlari - biror maqsadda( dalalarni issiq shamollardan, yo’llarni qor va qumlardan saqlash) bunyod etilgan daraxtzorlar. I. o’. joyning mikroiqlimiga ta’sir etadi, haroratni, namlikni mo’tadillashtiradi, qor erishini sekinlashtiradi. Eruvchilik va yomg’ir suvlari oqimini kamaytirib, tuproq yuvilishini sekinlashtiradi. O’zbekistonda dalalarni garimseldan, tog’ oldi qiya tekisliklaridan, adirlarda, tog’larda tuproqning yuvilishidan saqlash uchun bunyod etiladi. Obikor hududlarda daraxtlar ko’pincha ariqlar bo’yiga ekiladi.
Ixtisoslashuv – ishlab chiqarishning asosan bir xil mahsulot chiqaradigan tashqiliy shakli.
Izobara – bir xil bosimga ega bo’lgan nuqtalarni tutashtiruvchi chiziq. Ob-havo xizmati kartalarida izobarlar ma’lum bir soat uchun tuziladi.
Izogips – dengiz sathidan mutloq balandligi bir xil bo’lgan nuqtalarni tutashtiradi.
Izomorar minеrallar yoki moddalar – kimyoviy tarkibi jihatidan bir-biriga yaqin shaklda kristallangan minеrallar yoki moddalar, ular bir-biriga o’xshashliklarini kimyoviy rеaktsiyada ham ko’rish mumkin. Shu xildagi minеrallar ko’pincha aralashma kristallar hosil qiladi.
Izoseyst – tebranishlar kuchi teng bo’lgan chiziq.
Izotaxa – tezlik bir xil (suv , shamol) nuqtalarni tutashtiruvchi chiziqlar.
Jahon xo’jaligi – bir – biri bilan umumjahon iqtisodiy munosabatlar orqali bog’langan jahondagi barch davlatlar milliy xo’jalik.
Jala - yirik tomchili kuchli yomgir, sharros yomgir.
Jamiyatdagi yot unsrlar - jamiyatdan tashqari qolgan ishsiz muhim yashash joyi va kasbi yo’q odamlar bo’lib ularni terror va qonunsizlik oqimiga tortish oson.
Jandarmeriya(fr) - mamlakat va armiyada ichki havfsizlikni ta’minlovchi politsiyaning xarbiy otryadlari.
Janub, janub nuktasi – Ufq tekisligining asosiy tomonlaridan biri.

Download 0.77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   127




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling