Mustaqil ta’lim uchun tavsiya etiladigan mavzular:
Xalq og`zaki ijodi haqida ma’lumot
Qadimgi davrda xalq og`zaki ijodi. Mif va afsonalar. Qahramonlik eposlari
Feodalizm davri xalq og`zaki ijodi
Folklor janrlari. O`zbek xalq maqollari
Topishmoqlar
O`zbek xalq qo`shiqlari
Marosim folklori
Olqish va qarg`ishlar
Afsona va rivoyatlar
O`zbek xalq ertaklari
O`zbek xalq dostonlari
Mavsumiy marosimlar folklori va ularning o’ziga xos xususiyatlari.
Oilaviy maishiy marosimlar folklori.
Bizgacha yetib kelgan qadimiy an’ana va qadriyatlarni ahamiyati.
Jami: 60 soat.
3
|
V. Fan o‘qitilishining natijalari (shakllanadigan kompetensiyalar)
Adabiyot nazariyasining nazariy va ilmiy muammolari fani bo‘yicha talabalar bilimlari va ko‘nikmalariga qo‘yiladigan talablar:
«Folklorshunoslik asoslari» fanining maqsadi talabalarni xalq og‘zaki badiiy ijodining o‘ziga xos xususiyatlari, folklor janrlarining paydo bo‘lish tarixi va taraqqiyot qonuniyatlari, tur va janrlarning tarkib topishi, shakllanish jarayonlari, folklor ijrochiligi va ijodkorligi, folklor va ijtimoiy hayot, folklor asarlari poetikasi, tarixiy-folkloriy jarayon, “postfolklor” va uning o‘ziga xos belgilari kabi masalalarni o‘rganishdan iboratdir.Shunga ko‘ra quyidagi vazifalar bajariladi: adabiyot tarixi va xalq og’zaki ijodi, xalq og’zaki ijodi namunalarida kompozitsiya, shakl va mazmun, janrlar, turlar va uslublar haqida bilimlarni o‘zlashtirishni nazarda tutadi.
Talabalardan fan bo‘yicha sof nazariy ma’lumotlar bilan birga o‘zbek xalq og’zaki ijodining milliy xususiyatlari, uning tarixiy taraqqiyotini bilishi; belgilangan nazariy bilimlarni chuqur o‘zlashtirish talab qilinadi. Mashhur baxshilarning hayoti va ijod yo‘lidan xabardor bo‘lgan holda talabalar ular yaratgan asarlarning uslub xususiyatlarini nazariy bilimlariga tayanib aniqlay olish ko‘nikmasiga ega bo‘lishlari lozim.
Nazariy ma’lumotlarga tayangan holda talabalarning o‘zbek xalq og’zaki ijodi namunalarini tahlil qila olishi, ularni variantliligiga ko’ra taqqoslash va tegishli xulosalar chiqara olish malakasiga ega bo‘lishlari talab qilinadi.
|
|
Do'stlaringiz bilan baham: |