Abdulla qodiriy o'tgan kunlar oʻtkan kunlar, baʼzi manbalarda Oʻtgan kunlar


Download 72.94 Kb.
bet7/9
Sana14.10.2023
Hajmi72.94 Kb.
#1702094
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
1-15 ona tili

G'OFUR G'ULOM SHUM BOLA
Rastalar obod. Qaymoq bozorining burilishida mahkamaning boshida Ilhom samovarchining kattakoy choyxonasi bo‘lib, unda grammofon chalinadi. Turli-tuman plastinkalar orqali To‘ychi hofiz, Hamroqul qori, Hoji Abdulaziz va Farg‘ona yallachi xotinlari ketma-ket maqomlar, yallalar, ashulalar aytadi. Choyxonada joy yetishmaydi. Uzun rasta, juhud rasta, attorlik va boshqa rastalarning boyvachchalari savdodan bo‘sh vaqtlarida bu choyxonaga yig‘ilib mehmonxonalardek -o‘rtada katta barkashlardan qand-qurs, pista bodom, murabbo-nisholda, obinon, shirmoy nonlar bilan shamaloq bezatilgan dasturxon atrofida chaqchaqlashib o‘tirishadi. Ba’zi boyvachchalarning dasturxonida qorniga qaldirg‘och surati solingan, ustiga poxoldan to‘r to‘qilgan konyaklar ham ko‘rinar edi.
Bu choyxonaga bozor-o‘charga sang‘ib tushib qolgan dehqon, kambag‘al kosib, qozoq, qirg‘iz va boshqa oddiy fuqaro kirolmas edi.
Samovarchi Asra kal degan xipchadan kelgan, qotma, epchil yigit edi. Ustida oldi ochiq yaktak, oyog‘ida qala kavush, zangori shohi qiyiq bog‘lagan, yelkasiga xolparang ro‘mol tashlagan xushfe’l yigit edi. Choyxo‘r boyvachchalardan birortasi:
— Asra!
Yoki:
— Kal! — deyishi bilan:
— Labbay, mulla aka, choymi, chilimmi?— deyardi-da, darrov bir qo‘lida kichkina choynak, ikkita kichkina xitoy piyola yo bo‘lmasa yarqirab turgan kattakon mis chilimning sarxonasiga tamaki bosib, ustiga cho‘g‘ qo‘yib, bir-ikki quldiratib tortib, pishitib, kashandaning xizmatiga yugurar edi.
Bu choyxonada meni mahliyo qilgan narsalarning biri kiraverishning shiftiga ilib qo‘yilgan katta, simlariga zarhal berilgan har xil tumorlar, bayroqchalar bilan bezatilgan qafas va bu qafasdagi jonli to‘ti edi, o‘lib ketay agar, tirik to‘ti edi. Patlarining rang-barangligi Oysha chevarning ish qutisidagi ipaklarday tovlanar edi. Ko‘k, qizil, zangori, sariq, oq, pushti, jigarrang, go‘los, pistoqi —boring-chi, dunyoda qancha rang bo‘lsa, shu to‘tining patida bor edi. Ayniqsa, bu to‘ti qurmagur shunaqa ham biyron ediki, endigina tilga kirayotgan uch yasharlik qizlarning ovoziga o‘xshatib:
«Asra, Asra! Mehmonga qara, bir choy, bir chilim. Keling, mulla akalar, keling, boyvachchalar», degani hali ham qulog‘imdan ketmaydi.
Biz yalang oyoq, bo‘z ko‘ylak-ishtonli, kir-chir bolalar to‘tiga yaqinlashib:
— To‘ti, to‘ti...
— To‘ti-to‘ti...— deb qichqirar edik. Asra kal bizni quvlar edi, qo‘liga tushsak urardi. To‘ti bo‘lsa orqamizdan:
— Buvingni...— deb so‘kardi.
Bozorda sanqib yurgan biz daydi bolalar uchun quvonchli ermaklardan biri bozor, mahalla, ko‘cha-ko‘y jinnilari edi. O’sha yillarda Toshkentda, shunaqa ham jinni ko‘p ediki, sanab sanog‘iga yetolmaysiz: Malla jinni, Karim jinni, Mayramxon, Xol parang jip-jinni, Tojixon, Juft kaptar, Olim jinni, Eshon oyi, Ovoz jinni va boshqalar... Har bir jinnining o‘ziga xosligi, tantiqligi, «shirin»ligi bor edi. Karim jinni so‘kkani-so‘kkan edi.

Asqad Muxtor ShE’RLARi



Asqad Muxtor 1920 yil 23 dekabrda Farg‘ona shahrida tug‘ilgan. O‘zbekiston xalq yozuvchisi (1980). 11 yoshida otadan yetim qolib, bolalar uyida tarbiyalangan. Maktabni tugatgach, Asqad Muxtor O‘rta Osiyo Davlat universitetiga (1938) kirib o‘qiydi. So‘ng Andijon pedagogika institutida o‘zbek adabiyoti kafedrasining mudiri bo‘lib ishlaydi. Yosh ijodkorning Toshkentga kelishi uning faoliyatida yangi sahifa ochdi. U respublika markaziy gazetalarining tahririyatlarida bo‘lim mudiri, mas’ul kotib, «Sharq yulduzi» jurnalida bosh muharrir (1960-1965), O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasida kotib (1957) bo‘lib ishlaydi. «Guliston» jurnali va «O‘zbekiston adabiyoti va san’ati» haftaligiga muharrirlik qiladi.
Dastlabki dostoni «Bizning avlodlar» 1939 yili e’lon qilingan. «99 miniatyura» (1962), Yigirmadan ortiq she’riy to‘plamlar muallifi. «Bo‘ronlarda bordek halovat», «Daryolar tutashgan joyda», «Qoraqalpoq qissasi», «Buxoroning jin ko‘chalari» nomli qissalari hamda «Opa-singillar»,»Tug‘ilish», «Davr mening taqdirimda», «Amudaryo», «Chinor» kabi romanlari bor. «Tong bilan uchrashuv» (1987) pesalar to‘plami nashr etilgan.
Sofokl, R.Tagor, A.S.Pushkin, M.Yu.Lermontov, V.V.Mayakovskiy, M.Gorkiy, T.Shevchenko, A.Blok, A.Korneychuk asarlari Asqad Muxtor tarjimasida o‘zbek kitobxonlarining ma’naviy mulkiga aylangan. Hamza nomidagi O‘zbekiston Davlat mukofoti laureati (1972).
1997 yil 17 aprelda Toshkent shahrida vafot etgan.


Download 72.94 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling