Abdulla qodiriy o'tgan kunlar oʻtkan kunlar, baʼzi manbalarda Oʻtgan kunlar


MEN DUNYoGA KELIB DUNYo ORTTIRDIM


Download 72.94 Kb.
bet8/9
Sana14.10.2023
Hajmi72.94 Kb.
#1702094
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
1-15 ona tili

MEN DUNYoGA KELIB DUNYo ORTTIRDIM

Goho o‘y suraman: nima bo‘larkin


O‘z zimmamga mas’ul ish olib,
Hayotimni butkul to‘kib solsam
Bir parcha qog‘ozga ishonib?
Biroq uni yozib bo‘ladimi?
Xo‘sh, mana—yillarim, ahvolim, zotim…
Ajrata boshlasam «o‘zimniki» deya,
Qaydan qaygacha u, mening hayotim?
Chegarasi bormi o‘y va hislarimning?
Uzoqdagi yulduz qalbga nur solar.
Bilaman, albatta dilshikastaman,
Ana u daraxtga bolta ursalar.
Bugun o‘ylarimni bezovta qilar
Uzoq kosmosdagi ming yillik gardlar.
Qachon meni loqayd qoldirgan
Daxlsiz quvonchlar, begona dardlar?
Sochlarimga oq tushirmadimi,
Qalbga solmadimi jarohat
Zaminda tikilgan har bir qora bayroq,
Mahallaga kelgan har bir qora xat?
Yelkamda sezaman Brunolarning
Gulxan tafti kabi o‘t nafasini.
O‘ylarimda suratlantiraman
Kelgusi asrlar qiyofasini.
Qaydan qaygacha u, mening hayotim?—
O‘ylamabman hatto eng og‘ir damlar.
Qayg‘u va quvonchim ko‘p bo‘ldi, ammo
Sizsiz ular yo‘qdir menga, odamlar.
Siz bilandirmanki, bari o‘zimniki,
Chegarasi yo‘qdir o‘y-hislarimning.
Siz bilandirmanki, yillar va dillar,
Quvonchlarim ming-ming, tashvishlarim — ming.
Men dunyoga kelib dunyo orttirdim,
Hammasiii qoldirib ketarman.
Qalbni esa so‘nggi hujayrasigacha
Lovillatib yondirib ketarman.
KO‘NGIL
Nimadir yetmaydi insonga hamisha,
Ozga qoniqmaydi, ko‘pga intilar.
Jasorati cheksiz, doimo tashna,
Yerga sig‘maganday, ko‘kka intilar.
Shu inson bolasi jindak ranjisa-chi,
Yo so‘zda yetmasa nafis malohat,
Biron nohaqlikdan, biron sovuqlikdan
Yuragiga tushsa jarohat.
Biron sabab bilan jonidan to‘yib,
Umidsizlik solganda soya,
Bunday paytda ko‘p kerak emas,
Bir shirin so‘z unga kifoya.
ZULFIYA SHERLARI
“Men, — deb yozadi Zulfiya, — Hamid Olimjonni ilk daf’a o‘sha yilda ko‘rganman. …Yashirib o‘tirmayman. Hamid Olimjon ilk ko‘rishuvlardanoq ko‘zimdan ko‘nglimga o‘tdi. Men juda yosh hissiyotim bilan uning keng qalbi, ulkan iqtidorini tuydim” (Naim Karimovning «Zulfiya opa haqida» maqolasidan).
O‘zbek xalqining sevimli shoirasi, taniqli jamoat arbobi, O‘zbekiston xalq shoiri Zulfiya Isroilova 1915 yili Toshkentda, hunarmand oilasida tug‘ilgan. U xotin-qizlar bilim yurtida o‘qigan vaqtlaridayoq (1931-1934) adabiy to‘garaklarga qatnashib, she’rlar mashq qiladi. Zulfiya 17 yoshida nashr etilgan «Hayot varaqlari» (1932) nomli birinchi she’rlar to‘plami bilan Oydin, Muzayyana Alaviya, Xosiyat Tillaxonovalar safiga kirib keldi. 1935-1938 yillarda O‘zbekiston Fanlar akademiyasining Til va adabiyot instituti aspiranturasida tahsil oldi.1938-1948 yillarda nashriyotlarda muharrir, bo‘lim boshlig‘i, 1950-1953 yillarda esa «O‘zbekiston xotin-qizlari» (hozirgi «Saodat») jurnalida bo‘lim boshlig‘i, 1953-1980 yillarda esa bosh muharrir bo‘lib ishladi.
Zulfiya «O‘ylar», «Shalola» kabi she’riy to‘plamlari uchun Hamza nomidagi Respublika Davlat mukofotiga sazovor bo‘lgan.Hind mavzuidagi she’rlari uchun Javoharla’l Neru nomidagi xalqaro mukofotga, tinchlik va do‘stlikni tarannum etuvchi asarlari hamda taraqqiyparvar Osiyo va Afrika yozuvchilari harakatidagi faol ishtiroki uchun esa xalqaro «Nilufar» mukofotiga sazovor bo‘lgan. Atoqli shoira 81 yoshida, 1996 yil avgustida vafot etgan.

SENSIZ


Mana, bir umrni yashadim sensiz,
Qaytmas shodliklarning qaytishin kutib,
Tobuting boshida cho‘kkanimda tiz,
Farzandlar ko‘tardi qo‘limdan tutib.
Shundan beri tikman. Har nega qalqon,
Baxtga, bahorga ham, qishga, qayg‘uga.
Birov azasida yig‘layman qon-qon,
To‘yida yayrayman o‘xshab ohuga.
Lekin qolganimda qalbim-la tanho,
Tuyg‘ular zoriga solganda quloq.
o‘zni zaif, chanqoq sezganda goho,
Alamdan beraman javobsiz so‘roq:
Tirik ekan nega tashlab ketmading?
Mendan nafisroqning husniga oshiq,
Mendan yoniqrog‘i tortmadi sani,
Edi nigohingga bor jannat ochiq,
Seni majnun etib bir yer go‘zali,
Nega meni tashlab ketavermading?
Tirik ayrilishning dog‘i og‘irmish,
Xo‘rlik kemirarmish umrni chaynab!
Bu mudhish egovga berardim turish,
Ketsang ham menga jon tuyg‘ungdan aynab.
Bilardim, qaydadir olasan nafas,
Murakkab bu dunyo sen-chun ham tirik.
Senga yot-noshudlik, tund ruhlik, qafas,
Bugungi qadaming kechadan yirik.
Nega, nega meni tashlab ketmading?
Bilaman, rashk meni etardi halok,
Afzal ko‘rganingni qarg‘ab o‘tardim,
Izingdan yurmasdim soyaday g‘amnok,
Hayotda men uchun qolarding tirik,
Qalaming mujdasin kutardim mushtoq.


Download 72.94 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling