Abdulla qodiriy o'tgan kunlar oʻtkan kunlar, baʼzi manbalarda Oʻtgan kunlar


SAID AHMAD QORAKO'Z MAJNUN UMRIM BAYONI


Download 72.94 Kb.
bet3/9
Sana01.04.2023
Hajmi72.94 Kb.
#1318462
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
1-15 ona tili

SAID AHMAD QORAKO'Z MAJNUN UMRIM BAYONI
Said Ahmad – nasrnafis va dramaturg, o‘zbek adabiyotida kichik nasr – hikoya ustasi sifatida tanilgan. Uning ko‘plab yuqori badiiy mahorat ila yozilgan novella va hajviy hikoyalari milliy adabiyotimiz rivojiga salmoqli hissa qo‘shdi. Mislsiz xizmatlari uchun Said Ahmad “Buyuk xizmatlari uchun” va “Do‘stlik” ordenlari hamda “O‘zbekiston qahramoni”, “O‘zbekiston xalq yozuvchisi”, “O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan san’at arbobi” sharafli unvonlariga sazovor bo‘lgan.
Said Ahmad 1920 yil Toshkentda ishchilar oilasida tug‘ilgan. U mehnat faoliyatini barvaqt boshlagan. 30-yil boshlaridayoq yosh jurnalist va ijodkor sifatida qishloq xo‘jaligi kollektivlashuvida va aholining savodsizligiga barham berishda faol ishtirok etgan. Katta xalq qurilishlarida muxbir bo‘lib ishlagan.
30-yil boshlari, 40-yil oxirlarida “Qizil O‘zbekiston” gazetasining sahifalarida, “Mushtum” va “Sharq yulduzi” jurnallarida o‘zining ocherk va hikoyalarini chop etadi, radioda ham faol ishlaydi.
30-yil oxirlaridan Said Ahmad badiiy nasr janrida samarali ijod qiladi, uning birinchi hikoyalar to‘plami “Tortiq” 1940 yil nashr etilgan. “Jimjitlik” romanida turg‘unlik davri illatlari fosh etiladi. 40-yillar uning “Er yurak” (1942), “Farg‘ona hikoyalari” (1948), “Muhabbat” (1949) kabi to‘plamlari nashr etilgan.
50-yillar boshi, 60-yillar oxirida Said Ahmadning ijodi yanada yuqoriroq badiiy darajaga ko‘tariladi. U o‘nlab lirik va hajviy hikoyalar yaratib, o‘zbek adabiyotining hikoya janri rivojida muayyan o‘ringa ega bo‘lgan. Bu yillar Said Ahmad ijodida yangi mavzu alohida e’tiborga loyiq – bu Markaziy Farg‘onaning bo‘z erlarini o‘zlashtiruvchilar hayotining aks etish mavzusidir. Bu hikoyalar “Cho‘l burguti”, “Cho‘l shamollari” va “Tunlar va cho‘llar” kabi to‘plamlardan joy olgan bo‘lib, bizning ko‘pmillatli adabiyotimizdagi “qishloq nasri”ning o‘ziga xos timsollari hisoblanadi.
Said Ahmadning rafiqasi – Saida Zunnunova. 2013 yil 10 iyun kuni Toshkent shahridagi O‘zbekiston Milliy bog‘ida Said Ahmad hamda Saida Zunnunovalarning haykallari o‘rnatilgan.
Bolaligi[tahrir]
Uning bolaligi Abdulla Qodiriy, Elbek, Oybek, Gʻafur Gʻulom singari adiblar davrasida oʻtdi. Tabiatan qiziquvchan, tinib-tinchimas Said Ahmad adabiyotga kirib kelguncha juda koʻp sohalarda oʻzini sinab koʻrdi: agitplakatlar yozdi, artist boʻlishga urinib koʻrdi, doktorlik maktabida oʻqidi, qurilish texnikumida tahsil oldi, rassomlik maktabiga qatnadi, mashhur fotochi Rensonga shogird tushdi, gazetalarga xabarlar yozdi.
U Nizomiy nomidagi pedinstitutda bir muddat oʻqigach, 1941-yilda «Mushtum» jurnalida ishladi. 1942–1943-yillarda respublika radiosida, 1943–1947-yillarda «Qizil Oʻzbekiston» gazetasida, 1948–1950-yillarda «Sharq yulduzi» jurnalida mehnat qildi. 50-yillar boshida millatchi sifatida bir necha yil qamalib ham chiqdi. Milliy istiqlol yoʻlidagi xizmatlari uchun Said Ahmad 1999-yilda Oʻzbekiston Qahramoni unvoniga sazovor boʻlgan.
Hikoyalari
Said Ahmad hikoyanavis sifatida tanilgan. Uning «Choʻl burguti», «Lochin», «Boʻston», «Toʻyboshi», «Jimjitlik», «Turnalar», «Hayqiriq», «Alla», «Muhabbatning tugʻilishi», «Qorakoʻz Majnun» singari oʻnlab hikoyalarida sadoqat, mehr, odamgarchilik, ishonch, eʼtiqod singari maʼnaviy qadriyatlar taʼsirchan aks ettirilgan. Adib hikoyalarida inson ruhiyati tovlanishlarini koʻrsatishga katta eʼtibor berganligi uchun ham bitganlari zavq bilan oʻqiladi va u prozaning shoiri hisoblanadi. Yozuvchi hajviy hikoyalar yaratish boʻyicha Qahhor anʼanalarini davom ettirgan ijodkordir. Uning «Sobiq», «Qoplon», «Oʻrik domla», «Mening doʻstim Babbaev», «Muzey», «Boʻri ovi», «Xandonpista» kabi koʻplab hajviyalarida inson tabiatidagi qusurlar badiiy tadqiq etiladi. Said Ahmad hajviy soʻz jilolarini nozik payqaydi va undan mohirona foydalanadi.
Nasriy asarlari
Said Ahmad nasrning deyarli barcha janrlarida qalam tebratadi. Uning qishloq mavzusidagi «Qadrdon dalalar» (1949), «Hukm» (1958) qissalari, chalkash insoniy taqdirlar mahorat bilan aks ettirilgan «Qirq besh kun» (1974) «Hijron kunlari» (1964), «Ufq boʻsagʻasida» (1969) romanlaridan iborat
O'TKIR HOSHIMOV DUNYONING ISHLARI
O‘zbekiston xalq yozuvchisi O‘tkir Hoshimovning qirqdan ortiq asarlari ming-minglab kitobxonlarning ma’naviy mulkiga aylanishga ulgurgan. Ushbu asarlar joy olgan kitoblarning umumiy tiraji esa 2 million nusxadan oshgan. Yozuvchi asarlari ko‘pgina xorijiy tillarga tarjima qilingan. Bu natijalar har qanday ijodkor orzu qiladigan, intiladigan marradir.
Biz qachon kitobni sevib o‘qiymiz? Unda tanish qismatlar aks etgan bo‘lsa, qahramonlar bilan darddosh, baxtdosh bo‘la olsakkina. Shu nuqtai nazarda O‘tkir Hoshimovning “Dunyoning ishlari” qissasi o‘quvchilar qalbidan chuqur o‘rin egallagan asar sifatida qadrli. Qissa haqida O‘zbekiston xalq yozuvchisi Said Ahmad shunday degandi: “Dunyoning ishlari” asarini qissa emas, doston deb atashni istardim. U qo‘shiqday o‘qiladi. Uni o‘qib turib, o‘z onalarimizni o‘ylab ketamiz. Shu mushfiq, shu jafokash onalarimiz oldidagi bir umr uzib bo‘lmas qarzlarimizning aqalli bittasini uza oldikmi, degan bir andisha, bir savol ko‘z oldimizda ko‘ndalang turib oladi. Qissa bizni insofga, insonni qadrlashga, hurmat qilishga chaqiradi”.
Quyida “Dunyoning ishlari” asaridan ko‘pchiligimizga qadrdon bo‘lgan parchalarni keltiramiz.
* * *
Yulduzlar to‘la osmonga tikilaman. Ehtimol, osmondagi eng yorug‘ yulduzlar onalarning jonidir. Ehtimol, onalarning so‘ngan yulduzlari birlashib quyoshga aylangandir. Oftobni ona deyishlari, ehtimol, shundandir.
* * *
— Volidai mehriboningiz xo‘p yarlaqagan odam ekanlar. To‘shakda yotmabdilar, birovga zoriqmabdilar… Bunaqa beozor o‘lim har kimga ham nasib etavermaydi.
Ehtimol shundaydir. Onam bu dunyoda kamsuqumgina yashardi. Hech kimga ozor bermasdi. Hech kim bilan hech narsani talashmasdi. Ehtimol tabiatning eng shafqatsiz elchisi bilan ham olishib o‘tirishni xohlamagandir.
* * *
Ilgari bir haqiqatni bilardim. Ona uchun bolaning katta-kichigi bo‘lmaydi. Endi yana bir haqiqatni angladim. Bola uchun ham onaning katta-kichigi bo‘lmas ekan. Ona ona ekan. Unga boshqa sifat kerak emas.
* * *
Onalar farzandlari hamisha birga bo‘lishini istaydilar. Qismat esa ularni qanot chiqarishi bilan har yoqqa uchirib ketadi. Hayot loaqal shu masalada ham onalarga shafqat qilmaydi.
* * *
Haqiqat havoga o‘xshaydi. Nafas olib turasizu o‘zini ko‘rmaysiz. Onam aytgan afsonalar ham hayotdek oddiy, hayotdek chuqur haqiqat ekan.
* * *
— Nimaga birovning bolasi bo‘lar ekan! – to‘satdan onamning jahli chiqib ketdi. – Yig‘lab turgan bolaning begonasi bo‘ladimi? Uyalmaysanmi shunaqa degani? Yig‘lab turgan norasidaga rahmi kelmagan odam – odammi?
Indamadim. Ammo baribir o‘shanda onamni nohaq hisoblagan edim. Yo‘q, chamamda, onalarning biz tushunmaydigan, bizning o‘lchovimizga sig‘maydigan o‘z olami borga o‘xshaydi.
* * *
Har kim har kimning ko‘ziga cho‘p solishi mumkin, har kim har kimga xiyonat qilishi mumkin. Faqat ona o‘z bolasiga hech qachon xiyonat qilmaydi. Ehtimol, inson hayotining shuncha yillardan buyon davom etib kelayotgani shundandir.

Download 72.94 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling