Abdulla qodiriy o'tgan kunlar oʻtkan kunlar, baʼzi manbalarda Oʻtgan kunlar


Tog'ay Murod: "Yulduzlar mangu yonadi"


Download 72.94 Kb.
bet4/9
Sana01.04.2023
Hajmi72.94 Kb.
#1318462
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
1-15 ona tili

Tog'ay Murod: "Yulduzlar mangu yonadi"


Yulduzlar mangu yonadi (qissa) [Togʻay Murod]

«Yulduzlar mangu yonadi»; qissasi ilk marta «Sharq yulduzi»; jurnalida chop etilgan. («Sharq yulduzi»;, 1977, 10-son.) 1980 yilda bu qissa Gʻafur Gʻulom nomidagi Adabiyot va san'at nashriyotida «ABK»; - «Avtorning birinchi kitobi»; seriyasi ostida chop etiladi. Keyinchalik qissa qayta ishlanib, «Qoʻshiq»; kitobiga (1987) «Davra»; nomi bilan kiritiladi (Gʻafur Gʻulom nomidagi Adabiyot va san'at nashriyoti). «Davra»; yozuvchi tomonidan yana qayta ishlanadi — endi «Yulduzlar mangu yonadi»; nomi bilan «Ot kishnagan oqshom»; qissalar toʻplamida chop qilinadi («Sharq»; nashriyot-matbaa konserni Bosh tahririyati, 1994).

I
— Odamlar-u odamlar, togʻda bitgan bodomlar, eshitmadim demanglar! Bugun ha-a-amma Zulfiqor polvonnikiga sunnat toʻyiga, he-e-e-ey! Chu, jonivor!


Egar qoshiga toʻn solib olmish jarchi guzarma-guzar ot oʻynatdi. Xoʻjasoat qishlogʻi ahlini toʻyga chorladi.
Xiyol oʻtmadi. Toʻy bekasi otda eshikma-eshik yurdi. Xonadonlarni alohida-alohida aytdi.
Xonadon bekalari:
Quruq ketmang, — deya egar qoshiga toʻn ildi. Toʻy bekasi yuziga fotiha tortdi.
— Iloyim, sizlarnida toʻyga yetkazsin, — deya tilak tiladi.
Keyin, Zulfiqor polvon ot mindi.
El-yurtni oʻz nomidan aytdi.
El-yurt koʻngli nozik-da.
Toʻy bekasi aytgan boshqa, toʻy xoʻjasi aytgan boshqa.

II
Tush vaqti ayollar boʻgʻirsoq, qatlama, shirguruch koʻtarib toʻyladi. Erkaklar qoʻy, tana yetaklab toʻyladi.


Tom ustida yonboshlab olmish Nabi oqsoqol toʻyxonadagi voqealardan koʻz-quloq boʻldi, tegishli yoʻl-yoʻriqlar berdi.
Ayniqsa, kelajak mehmonlarni e’tibordan chetda qoldirmadi. Mehmonlar koʻcha boshida qora berishi bilanoq, Nabi oqsoqol ovoz berdi:
Kelinglar, mehmonlar, kela beringlar! — dedi. — Mingoy baycha[1], ayollarga peshvoz chiqib, qoʻllaridan dasturxonni oling! Qarang, Zulfiqor polvonning oshnasi Turdiboy echki yetaklab kelyapti! Anavi qoʻy yetaklab kelayotgan kuyovi Qurbonmikin? Ha, shuyakan! Ashurboy, qoʻylarni ushlab, ogʻilxonaga qamang!
Toʻyxonada oʻynab yurmish bolalar eshik oldiga chopib keldi.
Toʻylovchi ayollar sochqilar sochdi: yongʻoq, pista, mayiz...
Bolalar qoʻllarini choʻzib-choʻzib sapchidi. Sochqilarni ilib-ilib oldi. Yerga tushganlarini talashib-tortishib qoʻynilariga soldi.
Ikkita bola yumalab borayotgan yongʻoqni quvib ketdi.
Bolalar toʻda-toʻda boʻlib, yongʻoq, oshiq, shumshak, quloqchoʻzma oʻynadi. Doʻl, gʻirboydi, chillak, zuvillatar oʻynadi...

III
Xolboy surnaychi ikkita doirachi bilan mumtoz musiqalar tarona etdi.


Toʻyxonada olti doshqozon qator osildi.
Xizmatkorlar qur boʻlib oʻtirib sabzi toʻgʻradi.
Doshoʻchoqlardan samoga qop-qora tutun oʻrladi.
Doshqozonlardan zigʻir moyga qovurilayotgan goʻsht hidi keddi.
Bir otliq taqimiga boshsiz uloq bosib toʻyxonadan chiqdi.
— Odamlar, Oqjarda koʻpkari boʻladi! — dedi Nabi oqsoqol. — Ana, uloqni olib ketdi! Xohlaganlar borsin! Eslaringda boʻlsin, kechasi olish boʻladi, ertaga yana koʻpkari! Piyoda koʻpkarisida bor! Ertaga piyoda poygayam boʻladi, ha!
Erkaklar koʻpkaridan kunbotarda keldi. Qur boʻlib-qur boʻlib oʻtirdi.
Toboq-toboq palov suzildi.
Uchovora bir toboq boʻldi.
IV
Xuftonda ayollar davra qurib gulxan yoqdi.
Davrada chirsillab yonayotgan shuvoqdan buralib-buralib olov oʻrladi. Shuvoq hidi dimogʻlarni qitiqladi.
Bolalar davra tevaragida quvalashib oʻynadi.
Besh-olti bola jam boʻldi. Bir uy ichida yerni aylana qilib chizdi. Aylanani gir deb atadi.
Bolalar bir sonni belgilab oldi. Birovi bolalarni uch aylantirib sanadi. Moʻljaldagi songa tushmish bola girda qoldi.
U gir ichida engashdi. Koʻzlarini qoʻllari bilan yashirib turdi.
Bolalar har tarafga sochilib yashirindi.
Girda qolgani ularni izladi. Girdanda ogoh boʻldi.
Kimda-kim uning koʻzini shamgʻalat qilib, epchillik bilan girga chopib kirsa, shu gʻolib sanaladi.
U ayollar orasida bir bola moʻralab turganini sezib qoldi. Shu bolani davra aylantirib quvdi.
Bola girga qarab qochib, qoʻlga tushdi.
Bu orada boshqa bolalar girga toʻplandi.
Endi qoʻlga tushgan bola girda qoldi. Bolalarni izladi.
Bu, yashinmachoq oʻyini boʻldi.

V
Ayollar doirani yelpib-elpib, halqachalarni shildiratib-shiddiratib olovga tobladi. Davrada changqovuz boʻzladi:


— Biyov-biyov-biyov!
Bir qiz olov girdida barmoqlarini qirsillatib-qirsillatib, changqovuz nagʻmalariga xirom etdi.
Davrada ikkita goʻzal eshilib-eshilib oʻynadi, toʻlgʻanib-toʻlgʻanib oʻynadi: biri


ABDULLA ORIPOV
ShE’RLAR


Abdulla Oripov 1941 yil 21 martda Qashqadaryo viloyati, Koson tumaniga qarashli Neko‘z qishlog‘ida tug‘ilgan. O‘zbekiston xalq shoiri (1990). O‘zbekiston Qahramoni (1998). ToshDUning jurnalistika fakultetini tugatgan (1963). Ilk she’rlar to‘plami — «Mitti yulduz» (1965). «Ko‘zlarim yo‘lingda» (1966), «Onajon» (1969), «Ruhim», «O‘zbekiston» (1971), «Xotirot», «Yurtim shamoli» (1974), «Yuzma-yuz», «Hayrat» (1979), «Najot qal’asi» (1981), «Yillar armoni» (1983), «Haj daftari», «Munojot» (1992), «Saylanma» (1996), «Dunyo» (1999), «Shoir yuragi» (2003) singari she’riy kitoblari nashr etilgan. Dostonlar ham yozgan («Jannatga yo‘l», 1978; «Sohibqiron», 1996). «Sohibqiron» (1998) she’riy dramasi respublikaning barcha yirik teatrlarida sahnalashtirilgan. Dantening «Ilohiy komediya»sini, A. N. Nekrasov, L. Ukrainka, T. Shevchenko, R. Hamzatov, Q. Quliev asarlarini o‘zbek tiliga tarjima qilgan. O‘zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasining matnini yozgan (1992). Hamza (1983) hamda Alisher Navoiy nomidagi (1992) O‘zbekiston Respublikasi Davlat mukofotlari laureati.
SOZIM
Men shoirman,
Istasangiz shu,
O‘zimniki erur shu sozim,
Birovlardan olmadim tuyg‘u,
O‘zgaga ham bermam ovozim.
Men kuyladim — goh dilda kadar,
Goh sevinib she’r to‘qiyman men.
Tinglamasa o‘zgalar agar,
O‘z-o‘zimga she’r o‘qiyman men.
Men kuyladim ushbu olamda
Inson bo‘lib tug‘ilganimni.
Men kuyladim ba’zan alamda
Yig‘lab-yig‘lab bo‘g‘ilganimni.
Men kuyladim bu olam aro
Sobit turgan xalqimni faqat,
Men kuyladim o‘tmishning qaro
Zulmatida yo‘qligin shafqat.
Kerak bo‘lsa, amr etsa yurak,
Keltirurman umrimga imon.
Mening uchun na ta’zim kerak,
Na halvoytar kabi shuhrat-shon.

Download 72.94 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling