192
to‗g‗rilash
oson kechmaydi, biroq ta‘lim - tarbiya yaxshi yo‗lga qo‗yilgan
maktablarda qarovsiz bolalar bo‗lmasligi kerak.
Loyihalashtirilgan kasb bo‘yicha tabaqalashtirish
Odatda, ko‗ngillik o‗quvchilar 14 - 15 yoshdan boshlab bilimlarning u yoki
bu sohasiga, u yoki bu faoliyat turiga turg‗un qiziqishi vujudga keladi. VI sinfning
oxiri VII sinfning boshlanishida katta bo‗lgandagi hayot uchun u yoki bu kasbni
tanlashni mo‗ljalga oladi. Bolaning layoqati va qobiliyati (masalan,
rassomlik,
xoreografiya, musiqa, san‘atga, tillarni o‗rganishga va h.k.) yorqin
namoyon
bo‗lgan va rivojlangan hollarda sezilarli darajada bo‗ladi.
Bu holda bolani maqsadga muvofiq tabaqalashtirib o‗qitishni shunday tashkil
qilish kerakki, o‗rta maktabda namoyon bo‗lgan qobiliyati
maktabda maksimal
darajada rivojlansin.
Ushbu maqsadga maxsus maktab (rassomlik, xoreografiya, musiqa, san‘atga,
tillarni o‗rganishga va h.k)lar xizmat qiladi.
Ushbu maktablarning profil bo‗lmagan predmetlar bo‗yicha o‗quv dasturlari
odatdagi umumta‘lim maktablari ta‘lim dasturlari bilan bir xil bo‗lib, profil
predmetlar bo‗yicha esa chuqur va keng ta‘lim beriladi. Ushbu turdagi umumiy o‗rta
ta‘lim maktablari o‗quvchilarining keyingi mustaqil faoliyatida samarali natijalarga
erishish imkoniyati yuqori bo‗ladi. Bu turdagi maktab o‗quvchilarida namoyon
bo‗lgan qobiliyat va qiziqishlarini rivojlantirish zaruratidan maktablarda maxsus
shart - sharoitlar yaratish zarur.
Do'stlaringiz bilan baham: