Abdullayev sayfulla fayzullayevich azimov sanjar samadovich avezov sherali naimovich
O‘quvchilarning qizikishi bo‘yicha ta’limni tabaqalashtirish
Download 5.01 Kb. Pdf ko'rish
|
TASVIRIY SAN‟AT VA MUHANDISLIK OQUV QOLLANMA
- Bu sahifa navigatsiya:
- Iqtidorli bolalarni o‘qitish va tarbiyalash
O‘quvchilarning qizikishi bo‘yicha ta’limni tabaqalashtirish O‗quvchilarning qiziqishi bo‗yicha ta‘lim tabaqalashtirilganda ma‘lum yoshdan boshlab qiziqishlar bo‗yicha sinflar, ba‘zan maktablar ham guruhlanadi, ularni qiziqtiruvchi fanlar chukqur o‗rganiladi. O‗quvchilarni tabaqalashtirib o‗qitish O‗zbekiston Respublikasining "Ta‘lim to‗g‗risida"gi Qonuni, "Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi" milliy maktablar ta‘limini tashkil etish prinsiplariga qarshi emas. U ta‘limni demokratlashtirish prinsipiga tayanadi, chunki unda barcha sinflar teng, o‗quvchini qaysi sinfda o‗qishini davom ettirishini o‗zi tanlaydi. 193 O‗zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining umumiy o‗rta ta‘lim maktabi bo‗limida shunday yozilgan. O‗quvchilar u yoki bu bilim sohasiga, u yoki bu faoliyat turiga qiziqishini namoyon bo‗lishini ota - onalar, o‗qituvchilar va o‗quvchining o‗zi ham oson kuzatishi mumkin. Turli metodikalarni qo‗llagan holda o‗tkazilgan qator izlanishlar, qiziqishlarning aksariyat ko‗pchiligi o‗quvchilarda 14 - 15 yoshda namoyon bo‗lishini ko‗rsatmoqda. Ushbu yoshdan boshlab o‗quvchilarning qiziqishi bo‗yicha tabakqalashtirilgan ta‘limni boshlash maqsadga muvofiqdir. Iqtidorli bolalarni o‘qitish va tarbiyalash Iqtidorli odam oddiy qobiliyatga ega bo‗lgan odamga nisbatan jamiyatga sezilarli darajada foyda keltirishi mumkin. Shu bois jamiyatimiz va maktab oldida hamma vaqt qobiliyatli bolalarga ta‘lim va tarbiya berish muammosi dolzarb bo‗lib turgan va dolzarb bo‗lib qolmoqda. Ushbu muammoning keskinligi ijtimoiy ishlab chiqarishning borgan sari rivojlanishi bilan o‗sib boradi. Talantli bolalarni o‗qitish va tarbiyalash muammosi, ayniqsa, keyingi chorak asr davomida keskin tus oldi. Ishlab chiqarishga murakkab zamonaviy texnika va ilg‗or texnologiyalarning kiritilishi munosabati bilan jamiyatimizning ekstraklass mutaxassislariga bo‗lgan talabi tobora oshib bormoqda. Bunday mutaxassislarni, talantli kishilarini o‗qitish, tayyorlash mumkin. Bunday maktablar, ayniqsa , AQSH, Yaponiya, Angliyada ko‗p. Mazkur maktablar turli nomlar bilan atalsada, ularning ijtimoiy funksiyasi bitta: talantli bolalarni izlab topish, mamlakat manfaati uchun ularni o‗qitish va tarbiyalash uchun maksimal sharoit yaratishdan iborat. Iqtidorli bolalarni qaerda va qanday o‗qitish muammosi yetarli darajada o‗rganilmagan va murakkab jarayon hisoblanadi. Mazkur muammoni hal qilish uchun iqtidorli bolalar maxsus maktablarning tajribasini o‗rganishi hamda ularni bitiruvchilarning hayot yo‗llarini kuzatishlari zarur. Mamlakatimiz umumiy o‗rta ta‘lim maktabi ish tajribasining guvohlik berishicha, u umuman iqtidorli bolalarni namoyon qilish va o‗qitishni ta‘minlamoqda. Bizning fikrimizcha, iste‘dodli bolalarni layoqat va qobiliyatlarini rivojlantirish uchun maxsus maktablarni bunyod etish ehtiyoji yo‗q. Barcha 194 maktablarda o‗qitish shunday yo‗lga qo‗yilishi kerakki, iqtidorli bola oilasidan ajralmagan holda maktabda o‗z iqtidorini rivojlantirish imkoniyatiga ega bo‗lsin. Talant o‗z - o‗zidan insonning ma‘lum faoliyatidan tashqarida bo‗lmaydi, uning shakllanishi ta‘lim va tarbiya jarayonida sodir bo‗ladi. Talant - bu bolaga maktab va oila sarflagan mehnat. Tayyor talantni izlab topish - bu muammoning yechilishi emas. Muammo esa talantni tarbiyalash, uning tabiiy layoqatlarinn rivojlantirishdan iborat bo‗lib, uni har bir maktabda qo‗llay olishdan iboratdir. Buning uchun esa har bir maktabda sharoit yaratish zarur. Ushbu sharoitlarni yaratish uchun talant nima, talantli bola qanday bo‗lishi kerakligini bilish lozim. Psixolog olim N.S. Leytesning fikricha iqtidorli bolalar uchun shaxsning quyidagi xususiyatlari xarakterlidir: 1. Ziyraklik, zo‗r berib ishlashga doim tayyorlik. 2. Mehnatsevarlik, mehnatga tayyorlik, charchamaslik va dam olmasdan qattiq mehnat qilishga ehtiyoj. 3. Tafakkurning tezligi, aqliy jarayonlarning tezligi, aqlning batartibligi, tahlil va umumlashtirish imkoniyati yuqoriligi, aqliy faoliyatning yuqori mahsuldorligi. Bu qaysi sharoitlar? Bu birinchi galda yuksak qobiliyatlarga erishishning potensial imkoniyatini aniqlovchi, biroq ularni kafolatlamaydigan ma‘lum tabiiy layoqatlarning mavjudligi. Aytilganlarga yakun yasab, quyidagi xulosalarga kelish mumkin: 1. Boshlang‗ich sinflarda o‗quvchilarning individual xususiyat (qiziqishlari, layoqat va ularning rivojlanish darajasi, o‗qishga qobiliyati va h.k.)larni o‗quvchilarga individual yondashuv doirasida (ichki tabaqalashtirish) ta‘lim va tarbiya maqsadlari uchun hisobga olish va foydalanish mumkin. 2. Yuqori sinf o‗quvchilarining individual xususiyatlarini hisobga olish va pedagogik foydalanish uchun tashqi ifodalangan tabaqalashtirish muvofiq. 3. Umumiy o‗rta ta‘lim maktabida o‗quvchilarning qiziqishi va balog‗at yoshiga etganda egallaydigan kasbni loyihalash bo‗yicha ta‘limni tabaqalashtirish mumkin. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling