Abdullayev sayfulla fayzullayevich azimov sanjar samadovich avezov sherali naimovich
Tabaqalashtirib o‘qitishning shakllari
Download 5.01 Kb. Pdf ko'rish
|
TASVIRIY SAN‟AT VA MUHANDISLIK OQUV QOLLANMA
- Bu sahifa navigatsiya:
- Predmetlarni chuqur o‘rgatuvchi sinflar
Tabaqalashtirib o‘qitishning shakllari O‗tkazilgan pedagogik adabiyotlar tahlilining ko‗rsatishicha, hozirgi vaqtda ta‘limni tabaqalashtirishning eng ko‗p tarqalgan shakllari quyidagilardan iborat: Qator predmetlarni chuqur o‗rganuvchi sinflar; Maxsus (tasviriy san‘at va musika, tarix, fizika - matematika, kimyo va h,.k) maktablar; O‗quvchilar tanlovi bo‗yicha fakultativ mashg‗ulotlar. Predmetlarni chuqur o‘rgatuvchi sinflar Maktab o‗quvchilari orasida bir - biriga yaqin bo‗lgan predmetlarga yuqori darajada qiziqish bildiradigan o‗quvchilar ko‗ngillilarni tashkil qilsa, u holda ularni sinflarga birlashtirib, o‗sha predmetlarni yuqori darajada o‗qitishni tashkil qilish maqsadga muvofiqdir. Bunday sinflarni yettinchi - sakkizinchi sinflardan boshlab tashkil qilish maqsadga muvofiqdir. Chunki bu vaqtga kelib o‗quvchilar umumta‘lim bilimlarning minimumini o‗zlashtirib olgan, qiziqishlarini namoyon qilgan va turg‗un qiziqishlari yetarli darajada mustahkamlangan bo‗ladi. Ushbu bilimlarga tayangan holda tabaqalashtirilgan ta‘limni boshlasa bo‗ladi. 200 Bir - biriga yaqin predmetlarni chuqur o‗rganish tajribasini o‗rganish va tahlil qilish shundan dalolat beradiki, bu o‗quvchilar tanlovi bo‗yicha fakultativ mashg‗ulotlarga nisbatan qator ustunliklarga ega. Ushbu ustunliklar qatoriga, birinchi galda, barcha o‗quvchilarning o‗zlarini qiziqqan predmetlarini chuqur o‗rganishni ko‗rsatish mumkin. Ushbu sinflarda o‗quvchilarning tabaqalanishi kuzatilmaydi. Bu yerda ikkita parallel kurslarni o‗zaro muvofiqlashtirish muammosi ham yo‗q, chunki mashg‗ulotlar mantiqiy o‗ylangan yagona dastur asosida olib boriladi. O‗quvchilarning ixtisoslik fanlariga bo‗lgan qiziqishlari tufayli bir - biriga yaqin predmetlarni chuqur o‗rganuvchi sinflarda juda qulay o‗quv muhiti yaratilishini alohida ta‘kidlash joizdir. Ushbu sinflarda tanlangan predmetlarga qiziqish borasida o‗quvchilarning bir - biriga ta‘siri yorqin namoyon bo‗ladi. Eng yuksak namuna sifatida o‗quvchilarning qiziqishi bo‗yicha ta‘limni tabaqalashtirish tizimlari quyidagilardan iborat: I - IV sinflar - o‗quv - tarbiya jarayonida o‗quvchilarda namoyon qilingan individual xususiyatlarni hisobga olgan holda bolalarni yagona o‗quv reja va dastur asosida o‗qitish; V - VI sinflar - bolalarni yagona dastur asosida o‗qitish va tarbiyalash, materiallarni o‗rganish sinfda va sinfdan tashqari mashg‗ulotlarda namoyon qilingan qiziqishlarni faol shakllantirish; VII sinflar - o‗quvchilarni yagona dastur asosida o‗qitish va tarbiyalash, darslarda, to‗garak mashg‗ulotlarida vujudga kelgan qiziqishlarni mustahkamlash va qondirish. Fakultativ mashg‗ulotlar - tabaqalashtirilgan ta‘limning eng yaxshi ishlaydigan turi hisoblanadi. Fakultativ kurslarni o‗quvchilar tomonidan ixtiyoriy tanlanishi va uni o‗rganib bo‗lgandan keyin yangi kursni tanlash imkoniyati borligi ta‘limni tabaqalashtirishning ushbu turini ustunligi hisoblanadi. Fakultativ mashg‗ulotlar mazmunini o‗qituvchi tomonidan tanlanishi ham ularning ustunligini bildiradi. 201 Vazirlik tomonidan tasdiqlangan fakultativ mashg‗ulotlar namunaviy dasturiga asoslanib ularning mazmunini aniqlashda katta erkinlik berilishi o‗qituvchiga o‗quvchilarning qiziqishiga maksimal darajada mos keladigan fakultativ kurs yaratishga imkon beradi. Bundan tashqari o‗qituvchining fakultativ kurs mashg‗ulotlariga o‗quvchilarning qiziqishini uyg‗otadigan material kursi yaratish imkoniyatiga ega bo‗lishi ham juda muhimdir. Yuqorida bayon qilinganlar bilan bir qatorda fakultativ mashg‗ulotlarning ham kamchiliklari bor. Ushbu kamchiliklardan eng muhimi - bu fakultativ mashg‗ulotlar asosiy predmetlar bilan parallel olib boriladi. Ushbu kurslarni muvofiqlashtirish muammosi juda murakkab va qiyin ish. Fakultativ mashg‗ulotlarning boshqa kamchiligi ularni o‗quvchilar tomonidan ixtiyoriy tanlash bilan bog‗langan bo‗lib, ularda barcha o‗quvchilarning qatnashmaganligi sababli sinf bilan ishlashda fakultativ mashg‗ulotlarda o‗rganilgan materialga tayanib bo‗lmaydi. Nihoyat, ba‘zi hollarda fakultativ kurslarni o‗rganish asosiy kursni chuqur o‗rganishga emas, balki uni kengaytirib o‗rganishga olib keladi. Shuning bilan bir qatorda ilg‗or maktablar va o‗qituvchilar tajribasining ko‗rsatishicha, o‗quvchilarda qiziqish uyg‗otish va uni mustahkamlash bosqichlarida fakultativ kurslar juda yaxshi samara beradi. Fakultativ kurslar mazmunini aniqlashda o‗qituvchiga katta erkinlik berilishi unga fakultativ mashg‗ulotlarni qiziqarli, zavqli, ba‘zan maroqli shaklda olib borish imkonini beradi. Fakultativ mashg‗ulotlarda o‗qituvchi materialni qiziqarli shaklda bera olsa, tushuntirishni qiziqarli, ba‘zida esa maroqli material bilan qo‗shib olib bora olsa, u holda pedagog o‗z predmetiga qiziqishni shakllantirish uchun bolaning tabiiy qiziquvchanligidan foydalana oladi. Umumiy o‗rta ta‘lim maktab o‗quv rejasiga muvofiq fakultativ mashg‗ulotlar uchun maxsus soatlar ajratilgan. Har bir guruhda 15 tadan kam o‗quvchi bo‗lmasa, fakultativ mashg‗ulotlar uchun guruhlar tuzish mumkin. Fakultativ mashg‗ulotlarning xarakteri hamda fan kabinetlari va laboratoriyalaridagi o‗rinlarga qarab fakultativ kurslar guruhlardagi bolalarning maksimal soni aniqlanadi. 202 VII va VIII sinflarda fakultativ mashg‗ulotlar, odatda bir yilga mo‗ljallanadi. O‗quvchilar fakultativ mashg‗ulotlarni tugatgandan keyin ularni o‗zgartirishi mumkin. Maktab fakultativ mashg‗ulotlarni o‗tkazish uchun eng yuqori toifali o‗qituvchilarni belgilaydi yoki OO‗YUlari, ilmiy tadqiqot muassasalaridan mutaxassislarni taklif qiladi. Fakultativ mashg‗ulotlarni olib borish uchun tegishli moddiy texnika bazasi yaratilishi kerak. Fakultativ mashg‗ulotlarga ularni o‗rganishni istagan har qanday o‗quvchi qatnashishi mumkin. Fakultativ mashg‗ulotlarga guruhlarni shakllantirishda qanday saralab olish uchun har qanday sinovlarga yo‗l qo‗yilmaydi. U yoki bu fakultativ kursni tanlagan o‗quvchilar mazkur kurs dasturidan kelib chiqadigan barcha topshiriqlarni bajarishlari shart. Fakultativ mashg‗ulotlarni tashkil etish va o‗tkazish vazirlikning maxsus buyrug‗i bilan amalga oshiriladi. Download 5.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling