Abdullayeva nilufar javdat qizi davlat sektoridagi muassasalarda asosiy fondlar hisobi hamda nazorati
Download 121.35 Kb.
|
dissertatsiya TAYOR ABDULLAYEVA NILUFAR
- Bu sahifa navigatsiya:
- Mutaxassislik: 5A230903- “Budjet hisobi va nazorati” Magistr akademik darajasini olish uchun yozilgan DISSERTA T SIYA
- TOSHKENT - 2020 Dissertatsiya Toshkent moliya instituti «Byudjet hisobi va g’aznachilik ishi» kafedrasida bajarilgan Ilmiy rahbar
- KIRISH Dissertatsiya ishining asoslanishi va uning dolzarbligi.
- dolzarbligi
- Tadqiqot maqsadiga erishish uchun quyidagi vazifalar belgilab olindi
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O'RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI TOSHKENT MOLIYA INSTITUTI MAGISTRATURA BO‘LIMI Qo‘lyozma huquqida UDK: ABDULLAYEVA NILUFAR JAVDAT QIZI DAVLAT SEKTORIDAGI MUASSASALARDA ASOSIY FONDLAR HISOBI HAMDA NAZORATI. Mutaxassislik: 5A230903- “Budjet hisobi va nazorati” Magistr akademik darajasini olish uchun yozilgan DISSERTATSIYA Ilmiy rahbar
TOSHKENT - 2020
Ilmiy rahbar imzo Ilmiy darajasi va unvoni, familiyasi ismi sharifi Kafedra mudiri imzo Ilmiy darajasi va unvoni, familiyasi ismi sharifi Magistratura bo‘limi boshlig‘i mzo Ilmiy darajasi va unvoni, familiyasi ismi sharifi Men, Abdullayeva Nilufar Javdat qizi ushbu magistrlik dissertatsiya ishini mustaqil bajardim. Ko‘chirmachilik holati yo‘qligiga javob beraman. Ko‘chirmachilikka yo‘l qo‘ygan holatimda magistrlik dissertatsiya ishi Yakuniy Davlat Attestatsiya Komissiyasi raisi taqdimnomasiga asosan bekor qilinishi va “Qoniqarsiz” baho qo‘yilishidan xabardorman.
Abdullayeva M. ________ _ “___” _____________ KIRISH
Ma’lumki, bugungi kunda davlat xizmatlari turlari bosqichma-bosqich ko’paytirib borilmoqda. Bu barcha vazirlik va idoralarda butun faoliyatni avtomatlashtirish, ular o’rtasida elektron axborot almashuvini to’liq yo’lga qo’yishni talab etadi. Shu maqsadda O’zbekiston Respublikasining Prezidenti Shavkat Mirzizoyev “… davlat xizmatlarini ko’rsatish sohasiga innovatsion yechimlar va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini jadal joriy etish, davlat organlari va boshqa tashkilotlarning ma’lumotlar bazalarini idoralararo elektron hamkorlik yagona tizimiga integratsiya qilish, O’zbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali davlat xizmatlari ko’rsatish amaliyotini kengaytirish1“ni islohotlarning ustuvor yo’nalishlardan biri sifatida ko’rsatgan. Hokimlar, davlat organlari va tashkilotlari rahbarlarining investitsiyalarni jalb qilish, xorijiy investorlar bilan hamkorlik qilish, yangi ishlab chiqarish turlarini tashkil etish va ish o’rinlarini yaratish bo’yicha faolligini oshirish bugungi kunda ularga qo’yilayotgan asosiy talablardan biri hisoblanadi. Ma’lumki, har qanday iqtisodiy subyektda asosiy fondlarga qilinadigan investitsiyalar investitsiyaning umumiy ko’lami ichida odatda eng yuqori salmoqni tashkil qiladi. Shunday ekan joylardagi har bir rahbar xodimlarning asosiy fondlar hisobidan xabardor bo’lishi, tashkil etilishini ta’minlashi va nazoratini yo’lga qo’yishi ahamiyatli vazifaga aylangan. Iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida budjet tashkilotlari faoliyatini tashkil qilishning asosiy shartlaridan biri ularda asosiy fondlar hisobi va tahlilini samarali tashkil qilish hisoblanadi. Asosiy fondlar hisobi va nazorati qoniqarli tashkil qilingan taqdirdagina budjet tashkilotlarining moliya-xo’jalik faoliyati haqida batafsil va ishonchli ma’lumotlar olish hamda ular asosida budjet tashkilotining kelgusi istiqbolini to’g’ri belgilay olish imkoni paydo bo’ladi. Davlat sektoridaasosiy fondlar hisobi va nazoratini tashkil qilishni nazariy hamda amaliy jihatdan o’rganish, buning natijasida tegishli xulosa va tavsiyalarni ishlab chiqish ushbu dissertatsiya ishi mavzusining dolzarbligi hisoblanadi. Tadqiqot obyekti. O’zbekiston Respublikasida faoliyat yuritayotgan Davlat sektoridaasosiy fondlar hisobi va nazoratini tashkil etish amaliyoti tadqiqot obyekti hisoblanadi. Tadqiqot predmeti bo’lib Davlat sektoridaasosiy fondlar hisobi va nazoratini tashkil etish jarayonida yuzaga keladigan iqtisodiy munosabatlar hisoblanadi. Tadqiqot maqsadi O’zbekiston Respublikasida faoliyat yuritayotgan Davlat sektoridaasosiy fondlar hisobi va nazoratini tashkil etishni takomillashtirish yuzasidan ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqish hisoblanadi. Tadqiqot maqsadiga erishish uchun quyidagi vazifalar belgilab olindi: Davlat sektoridaasosiy fondlar hisobi va nazoratining mohiyati, zarurati va ahamiyatini ochib berish; Davlat sektoridaasosiy fondlar hisobi va nazoratining O’zbekiston Respublikasida bugungi kunda amaldagi tashkiliy-huquqiy asoslarini ochib berish va unga baho berish; Davlat sektoridaasosiy fondlar hisobi va nazoratining xorijiy amaliyoti va ularning ilg’or usullarini mamlakatimizdagi budjet tashkilotlaridagi hisob tizimida joriy qilish oqibatlarini tadqiq qilish; Davlat sektoridaasosiy fondlar hisobi va nazorati faoliyatini tahlil qilish hamda uni takomillashtirish yo’nalishlarini aniqlashga qaratilgan ilmiy izlanish olib borish hamda natijalarini keltirish; bugungi kunda Davlat sektoridaasosiy fondlar hisobi va nazorati bilan bog’liq muammolarni aniqlash va ularga muqobil yechimlarini ko’rsarish; mamlakatimiz Davlat sektoridaasosiy fondlar hisobi va nazoratining mavjud holatini tadqiq etish natijalariga asoslangan holda xulosalar berish va ularni takomillashtirish yo’llari ko’rsatish. Download 121.35 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling