Abdullayeva nilufar javdat qizi davlat sektoridagi muassasalarda asosiy fondlar hisobi hamda nazorati
Download 121.35 Kb.
|
dissertatsiya TAYOR ABDULLAYEVA NILUFAR
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1-jadval: Buxgalteriya provodkasi
- 2-jadval: Buxgalteriya provodkasi
- 3-jadval: Buxgalteriya provodkasi
- 4-jadval: Buxgalteriya provodkasi
- 2.2. Davlat sektoridaasosiy fondlarga eskirish hisoblash, ta’mirlash, inventarlash va ular haqidagi ma’lumotlarni hisobotlarda ochib berish amaliyoti
- 5-jadval: Asosiy fondlarning jamg’arilgan eskirishini hisobga oluvchi schotlar
- 6-jadval: Buxgalteriya provodkasi
- II bob bo’yicha xulosalar
I bob bo’yicha xulosalar: Iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida budjet tashkilotlari faoliyatini tashkil qilishning asosiy shartlaridan biri ularda asosiy fondlar hisobi va tahlilini samarali tashkil qilish hisoblanadi. Asosiy fondlar hisobi va nazorati qoniqarli tashkil qilingan taqdirdagina budjet tashkilotlarining moliya-xo’jalik faoliyati haqida batafsil va ishonchli ma’lumotlar olish hamda ular asosida budjet tashkilotining kelgusi istiqbolini to’g’ri belgilay olish imkoni paydo bo’ladi. Davlat sektoridaasosiy fondlar hisobi va nazoratini tashkil qilishni nazariy hamda amaliy jihatdan o’rganish, buning natijasida tegishli xulosa va tavsiyalarni ishlab chiqish dolzarb masala hisoblanadi. Buning uchun Davlat sektoridaasosiy fondlar hisobi va nazoratining mohiyati, zarurati va ahamiyatini ochib berish, uning O’zbekiston Respublikasida bugungi kunda amaldagi tashkiliy-huquqiy asoslarini ochib berish va unga baho berish hamda mamlakatimiz Davlat sektoridaasosiy fondlar hisobi va nazoratining mavjud holatini tadqiq etish natijalariga asoslangan holda xulosalar berish va ularni takomillashtirish yo’llarini ko’rsatish zarur. Foydalanilishi nuqtai nazaridan asosiy fondlar harakatdagi, zaxiradagi va foydalanilmaydigan obyektlarga bo’linadi. U yoki bu xo’jalik yurituvchi subyektga qarashliligi nuqtai-nazaridan asosiy fondlar budjet tashkilotining o’ziga qarashli va ijaraga olingan obyektlarga bo’linadi. Buxgalteriya hisobida, xususan budjet tashkilotlari buxgalteriya hisobida asosiy fondlar hisobini yuritishni soddalashtirish maqsadida ular muayyan tasnif ko’rsatkichlari orqali guruhlarga bo’linadi. Davlat sektoridaasosiy fondlar hisobi va nazoratining iqtisodiy rivojlangan chet el davlatlari tajribasini o’rganar ekanmiz ularda odatda yo xalqaro standartlarga maksimal darajada yaqinlashtirilgan milliy standartlar joriy etilganini yoki budjet sektorida moliyaviy hisobning xalqaro standartlari qoidalari qo’llaniladi. Budjet sektori uchun moliyaviy hisobotning xalqaro standartlari asosida budjet tashkilotlari uchun buxgalteriya hisobi va hisoboti tizimini takomillashtirish O’zbekiston budjet tizimini isloh qilish yo’nalishlaridan biri hisoblanadi.
Bu yerda, 072 – Boshqa turdagi asosiy fondlarga xarajatlar; 150 – Mol yetkazib beruvchilarga to’lovlar; 019 – Boshqa turdagi asosiy fondlar (kompyuter). Davlat sektoridaasosiy fondlarga o’tkaziladigan kapital qo’yilmalar asosiy fondlardan foydalanishdan kelgusida iqtisodiy foyda olishni oshirish shartlarida ularning boshlang’ich qiymatini oshiradi. Kelgusida olinadigan iqtisodiy foydani oshirmaydigan boshqa barcha xarajatlar ular amalga oshirilgan davrdagi davr xarajatlari sifatida tan olinishi lozim. Asosiy fondlar obyektlarini qurib bitkazish, qo’shimcha jihozlash, rekonstruktsiya qilish, zamonaviylashtirish va texnik qayta qurollantirishga doir xarajatlar, ular tugatilganidan so’ng, agar ular natijasida asosiy fondlar obyektining faoliyat yuritishining qabul qilingan boshlang’ich me’yoriy ko’rsatkichlari (foydali ishlatish muddati, quvvati, qo’llash sifati va boshqalar) yaxshilansa (oshsa), bunday obyektning boshlang’ich qiymati ham oshadi. Misol: Budjet tashkiloti yangi omborxona qurdirish uchun “Steel story invest” MChJ qurilish tashkloti bilan pudrat shartnomasini imzoladi. Qurilish yakunlanganidan so’ng xarajatlar smetadan oshmaganligi aniqlandi va shartnomada kelishilgan summada budjet tashkiloti balansiga ombor olindi.
Bu yerda, 071 – tugallanmagan qurilish; 150 – Mol yetkazib beruvchilarga to’lovlar va pudratchilarga to’lovlar; 011 – noturar-joy binolar (ombor). Ushbu ishlarni amalga oshirish uchun rasmiylashtiriladigan hujjatlar bo’lib, bajarilga ishlarni qabul qilish-topshirish dalolatnomasi va AV-3-son shakldagi qo’shimcha qurilgan, qo’shimcha asbob-uskunalar bilan jihozlangan, rekonstruktsiya yoki modernizatsiya qilingan asosiy fondlarni qabul qilish-topshirish bo’yicha dalolatnomasi hisoblanadi. Xarid qilish chog’ida qiymati xorijiy valyutada ifodalangan asosiy fondlarning boshlang’ich qiymati bojxona yuk deklaratsiyasini to’ldirish sanasidagi O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki kursi bo’yicha summani xorijiy valyutada hisoblab o’tkazish yo’li bilan so’mda belgilanadi. Budjet tashkilotiga beg’araz kelib tushgan (hadya shartnomasi bo’yicha) asosiy fondlarning boshlang’ich qiymati deb amalga oshirilgan xarajatlarni hisobga olgan holda buxgalteriya hisobiga qabul qilingan sanadagi ularning joriy qiymati tan olinadi. Misol: Imkoniyati cheklangan bolalar maxsus maktabi tarbiyalanuvchilarining bir guruh ota-onalaridan maktab hududida foydalanish uchun yumshoq mebel beg’araz asosda hadya qilindi. Mebelning bozor bahosi 6 500 ming so’mni tashkil qiladi. Mebelni olib kelish va o’rnatish xarajatlari 200 ming so’mni tashkil qilib, maktab bu xarajatni qoplashni o’z zimmasiga oldi. 3-jadval: Buxgalteriya provodkasi:
Bu yerda, 072 – boshqa asosiy fondlarga xarajatlar; 150 – mol yetkazib beruvchilarga to’lovlar va pudratchilarga to’lovlar; 262 – budjet tashkilotini rivojlantirish bo’yicha daromadlar; 019 – boshqa asosiy fondlar (yumshoq mebel); Ushbu ishlarni amalga oshirish uchun rasmiylashtiriladigan hujjatlar bo’lib, bajarilga ishlarni qabul qilish-topshirish dalolatnomasi va AV-3-son shakldagi qo’shimcha qurilgan, qo’shimcha asbob-uskunalar bilan jihozlangan, rekonstruktsiya yoki modernizatsiya qilingan asosiy fondlarni qabul qilish-topshirish bo’yicha dalolatnomasi hisoblanadi. Tayyor mahsulot tarkibidan asosiy fondlarga o’tkazilgan obyektlarning boshlang’ich qiymati O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999 yil 5 fevraldagi 54-son qarori bilan tasdiqlangan Mahsulot (ishlar, xizmatlar)ni ishlab chiqarish va sotish bo’yicha xarajatlar tarkibi hamda moliyaviy natijalarni shakllantirish tartibi to’g’risidagi nizomga (O’zbekiston Respublikasi Іukumati qarorlari to’plami, 1999 y., 2-son, 9-modda) muvofiq belgilanadigan ularning ishlab chiqarish tannarxiga teng bo’ladi. Misol. Budjet tashkilotida avvaliga sotish maqsadida olib kelingan mahsulot budjet tashkilotining faoliyatida ishlatiladigan asosiy fondlar tarkibiga o’tkazildi. 4-jadval: Buxgalteriya provodkasi:
Bunda, 072 – boshqa asosiy fondlarga xarajatlar; 069 – boshqa tovar-moddiy zaxiralar; 010 – asosiy fondlarning tegishli schotlari. Qonun hujjatlarida belgilangan tartibda ayirboshlash yo’li bilan olingan asosiy fondlar obyektining boshlang’ich qiymati o’tkazilgan asosiy fondlar obyektining qoldiq qiymatiga teng. Asosiy fondlar qo’shimcha to’lov bilan ayirboshlangan holatlarda almashtirish yo’li bilan xarid qilingan asosiy fondlar obyektining boshlang’ich qiymati o’tkazilgan asosiy fondlar obyektining ayirboshlanish chog’ida o’tkazilgan (olingan) pul mablag’lari yoki ularning ekvivalentlari summasiga oshirilgan (kamaytirilgan) qoldiq qiymatiga teng. Davlat sektoridaasosiy fondlarni qayta baholash - asosiy fondlar obyektlarining tiklash qiymatini hozirgi bozor narxlari darajasiga moslash maqsadida ularni vaqti-vaqti bilan aniqlashtirishdir. Asosiy fondlarning boshlang’ich (tiklash) qiymati qayta baholangan holatlarda qayta baholash o’tkazilgan sanadagi ularning jamlangan amortizatsiyasi asosiy fondlarning boshlang’ich (tiklash) qiymati o’zgarishining tegishli indekslariga tuzatiladi hamda keyingi hisoblanadigan amortizatsiya qayta baholangan qiymati hisobidan amalga oshiriladi. Asosiy fondlar hujjatlar bo’yicha tasdiqlangan bozor narxlarida indeksatsiyalash yoki bevosita qayta hisob-kitob qilish yo’li bilan qayta baholanadi. Davlat sektoridaasosiy fondlar quyidagilar natijasida balansdan chiqariladi: a) tugatish; b) sotish; v) ayirboshlash; g) tekinga berish; e) uzoq muddatli ijara (lizing) shartnomasi bo’yicha berish; j) kamomad yoki yo’qotishning aniqlanishi; Budjet tashkilotida asosiy fondlar obyekti qisman tugatilgan holatda uning boshlang’ich (tiklash) qiymati va jamlangan amortizatsiyasi tegishligicha obyektning tugatilgan qismining boshlang’ich (tiklash) qiymati va jamlangan amortizatsiyasi summasiga kamaytiriladi. Asosiy fondlar obyektlarining chiqib ketishidan moliyaviy natija (foyda yoki zarar) asosiy fondlarning chiqib ketishidan olingan daromaddan ularning qoldiq (balans) qiymatini, asosiy fondlarning chiqib ketishi bilan bog’liq bo’lgan bilvosita soliqlar va xarajatlarni chegirib tashlash orqali aniqlanadi. 2.2. Davlat sektoridaasosiy fondlarga eskirish hisoblash, ta’mirlash, inventarlash va ular haqidagi ma’lumotlarni hisobotlarda ochib berish amaliyoti Davlat sektoridaasosiy fondlar qiymati amortizatsiyani hisoblash yo’li bilan so’ndiriladi. Amortizatsiyalanadigan qiymat butun foydali xizmat muddati mobaynida sub’ekt xarajatlariga amortizatsiya ajratmalari ko’rinishida muntazam taqsimlanadi. Davlat sektoridaasosiy fondlar ob’ekti bo’yicha amortizatsiya ajratmalarini hisoblash mazkur ob’ekt asosiy fondlar tarkibiga qabul qilingan oydan keyingi oyning dastlabki sanasidan boshlanadi hamda mazkur ob’ektning amortizatsiyalanadigan qiymati to’liq so’ndirilgunga qadar yoxud bu ob’ektni balansdan hisobdan chiqarilguncha amalga oshiriladi. Davlat sektoridaasosiy fondlar ob’ekti bo’yicha amortizatsiya ajratmalarini hisoblash mazkur ob’ektning amortizatsiyalanadigan qiymati to’liq so’ndirilgan yoki bu ob’ekt balansdan hisobdan chiqarilgan oydan keyingi oyning dastlabki sanasida to’xtatiladi. Asosiy vosita ob’ektlari bo’yicha eskirish hisoblash hisobot davrida amalga oshiriladi va buxgalteriya hisobida tegishli hisobot davrida aks ettiriladi. Eskirish hisoblash asosiy fondlar ob’ektlari qiymatining 100 foizidan oshib ketishi mumkin emas. Hisobot yili mobaynida buxgalteriya hisobi va hisobotlarda asosiy fondlarning qayta baholanishi, kirim qilinishi va hisobdan chiqarilishi (eskirganligi tufayli tugatilishi munosabati bilan ularni hisobdan chiqarilishi natijasida ham) hisobiga eskirishning umumiy summasi o’zgarishi mumkin. Davlat sektoridaasosiy fondlar ob’ektini foydali ishlatish muddati davomida amortizatsiya ajratmalarini hisoblash to’xtatilmaydi, uni qonun hujjatlarida belgilangan tartibda konservatsiyalashga o’tkazish, shuningdek uni butkul to’xtatish sharti bilan ob’ektni qurib bitkazish, qo’shimcha jihozlash, rekonstruktsiya qilish, zamonaviylashtirish, texnik qayta qurollantirish holatlari bundan mustasno. Davlat sektoridaasosiy fondlar ob’ektlari bo’yicha amortizatsiya ajratmalarini hisoblash hisobot davridagi korxona faoliyati natijalaridan qat’i nazar amalga oshiriladi va u daxldor bo’lgan hisobot davridagi buxgalteriya hisobida aks ettiriladi. Davlat sektoridaasosiy fondlar ob’ektlari bo’yicha hisoblangan amortizatsiya summalari buxgalteriya hisobida tegishli summalarni alohida schyotda jamlash yo’li bilan aks ettiriladi. Quyidagi jadvaldagi schotlar kontr-aktiv schotlar hisoblanib, ularda budjet tashkilotining asosiy fondlari bo’yicha jamlangan eskirish summalari hisobga olinadi: 5-jadval: Asosiy fondlarning jamg’arilgan eskirishini hisobga oluvchi schotlar
Davlat sektoridayer uchastkalariga amortizatsiya hisoblanmaydi. Shuningdek quyidagi asosiy fondlar bo’yicha amortizatsiya hisoblanmaydi: mahsuldor qoramollar; kutubxona fondlari; hokimiyatlarga bo’ysunadigan obodonlashtirish inshootlari; qonun hujjatlarida belgilangan tartibda konservatsiyalashga o’tkazilgan fondlar; muzey qimmatliklari; arxitektura va san’at yodgorliklari; umumiy foydalanishdagi avtomobil yo’llari; to’liq amortizatsiyalangan asosiy fondlar. Amortizatsiyani teng maromli (to’g’ri chiziqli) hisoblash usulida amortizatsiya teng maromda, asosiy fondlarni foydali ishlatish muddati mobaynida ularning amortizatsiyalanadigan qiymatidan kelib chiqqan holda teng ulushlarda hisoblanadi. Misol. Foydali xizmat muddat 5 yil, boshlang’ich qimati 1 200 ming so’m, tugatish qiymati 200 ming so’m bo’lgan asosiy vosita (printer) budjet tashkilotiga kirim qilinmoqda. Ushbu asosiy vositaga teng maromli usulda amortizatsiya hisoblash qabul qilingan. 6-jadval: Buxgalteriya provodkasi:
Bunda, 072 – boshqa asosiy fondlarga xarajatlar; 019 – boshqa asosiy fondlar; 029 – asosiy fondlarning jamg’arilgan eskirish schotlari. Mazkur usulga ko’ra asosiy fondlar ob’ektining amortizatsiyalanadigan qiymati budjet tashkilotida o’zining xizmat muddati davomida tegishli xarajatlarga teng maromda hisobdan chiqariladi (taqsimlanadi). Usul amortizatsiya me’yori foydali xizmat muddatining faoliyatiga bog’liqligiga asoslangan. Har bir davr uchun amortizatsiya ajratmalari summasi amortizatsiyalanadigan qiymatni ob’ektdan foydalanilgan hisobot davrlaridagi soniga bo’lish yo’li bilan hisoblanadi. Budjet tashkilotida amortizatsiyani teng maromli (to’g’ri chiziqli) hisoblash usulida amortizatsiya ajratmalarining yillik summasi asosiy fondlar ob’ektining boshlang’ich (tiklash) qiymatidan kelib chiqib, mazkur ob’ektning tugatish qiymatini va foydali ishlatish muddatini ayirgan holda belgilanadi. Tashkilotlar asosiy fondlarining eskirishi byudjet tashkilotlari asosiy fondlarining yillik eskirish me’yorlaridan (keyingi o’rinlarda eskirish me’yorlari deb yuritiladi) kelib chiqqan holda, har yili aniqlanadi va har oyda shu tashkilotlarning buxgalteriya hisobi va hisobotida aks ettiriladi. Bunda eskirish me’yorlari asosiy fondlarning dastlabki (tiklanish) qiymatiga nisbatan foizlarda belgilanadi. Moliyaviy hisobotda quyidagi axborotlar ochib berilishi lozim: a) asosiy fondlarning harakatini: kiritilishi, chiqib ketishi, boshlang’ich qiymatning o’zgarishi, o’zgarish sabablarini hisobga olgan holda ularning har bir turi bo’yicha hisobot davrining boshidagi va oxiridagi boshlang’ich (tiklash) qiymati; b) asosiy fondlarning har bir turi bo’yicha amortizatsiyani hisoblashda: amortizatsiyani hisoblashning foydalaniladigan usuli, amortizatsiyalanadigan asosiy fondlarning hisobot davri boshidagi va oxiridagi boshlang’ich yoki joriy qiymati, hisobot davri boshidagi va oxiridagi jamlangan amortizatsiya summasi; s) qayta baholashni o’tkazishda: asosiy fondlar har bir turining hisobot davri boshidagi va oxiridagi joriy qiymati, qayta baholashni o’tkazishning asoslanganligi va davriyligi, qayta baholashni o’tkazish sanasi, qayta baholashni o’tkazish usuli. Inventarlashning asosiy maqsadlari mol-mulkning haqiqatda mavjudligini aniqlash, haqiqatda mavjud mol-mulkni buxgalteriya hisobi ma’lumotlari bilan qiyoslash, majburiyatlar hisobda to’g’ri aks ettirilganligini tekshirish. Joylashgan yeri va barcha turdagi moliyaviy majburiyatlaridan qat’i nazar, budjet tashkilotining barcha mol-mulki inventarlanishi kerak. Bundan tashqari, ishlab chiqarish zaxiralari va budjet tashkilotiga qarashli bo’lmagan, lekin buxgalteriya hisobida qayd etilgan (mas’uliyatli saqlanishda bo’lgan, ijaraga olingan, qayta ishlash uchun olingan) boshqa turdagi mol-mulklar, shuningdek, biror-bir sababga ko’ra hisobga olinmagan mol-mulk inventarlanishi kerak. Mol-mulkni inventarlash uning joylashgan yeri va moddiy javobgar shaxs bo’yicha o’tkaziladi. Quyidagi hollarda inventarlash o’tkazilishi shart: - mol-mulk ijaraga berilganda, sotib olinganda, sotilganda, shuningdek, davlat korxonasi o’zgartirilgan (davlat tasarrufidan chiqarilgan) chog’da qonunchilikda nazarda tutilgan hollarda; - yillik moliyaviy hisobotni tuzish oldidan, inventarlash hisobot yilining 1 oktyabridan kechiktirmay o’tkaziladigan mol-mulkdan tashqari. Pul mablag’lari, pul hujjatlari, boyliklar va qat’iy hisobdagi blanklar oyda bir marta, yonilg’i-moylash materiallari, oziq-ovqat mahsulotlari - har chorakda, qimmatbaho metallar - tarmoq yo’riqnomalariga muvofiq inventarlanadi. Ayrim joylar va mavsumiy tusda ishlaydigan korxonalarda ishlab chiqarish zaxiralari ular eng kam miqdorda qolganda quyidagi hollarda inventarlanadi: - asosiy fondlar va tovar-moddiy boyliklar qayta baholanganda; - moddiy javobgar shaxslar almashganda (ishlarni qabul qilish - topshirish kunida); - o’g’irlik yoki suiiste’mol, shuningdek, boyliklarni ishdan chiqarish faktlari aniqlanganda; - tabiiy ofatlar, yong’inlar, falokatlar yoki g’ayritabiiy sharoitlar yuzaga keltirgan boshqa favqulodda vaziyatlar yuz berganda; - budjet tashkiloti tugatilganda (qayta tashkil etilganda) tugatish (ajratish) balansini tuzish oldidan va qonunchilikda nazarda tutilgan boshqa hollarda. Inventarlashni o’tkazish uchun budjet tashkilotilar tarkibida: budjet tashkiloti rahbari yoki uning o’rinbosari (komissiya raisi); bosh buxgalter; boshqa mutaxassislar (muhandislar, iqtisodchilar, texniklar va hokazolar) bo’lgan doimiy ishlaydigan inventarlash komissiyalari tuziladi. Inventarlash komissiyasi tarkibiga budjet tashkilotining ichki audit vakillari kiritilishi mumkin. Ishlar hajmi katta bo’lganda mol-mulk va moliyaviy majburiyatlarni inventarlashni bir vaqtda o’tkazish uchun tarkibida: inventarlashni tayinlagan budjet tashkiloti rahbarining vakili (komissiya raisi); mutaxassislar: tovarshunos, muhandis, texnolog, mexanik, ish yurituvchi, iqtisodchi, buxgalteriya xodimi va boshqalar bo’lgan ishchi inventarlash komissiyalari tuziladi. Komissiya tarkibiga inventarlanayotgan boyliklar, narxlar va birlamchi hisobni yaxshi biladigan tajribali xodimlar kiritilishi kerak. Birgina moddiy javobgar shaxslarda xuddi shu xodimni ketma-ket ikki marta ishchi inventarlash komissiyasining raisi qilib tayinlash taqiqlanadi. Doimiy ishlaydigan inventarlash komissiyalari: - boyliklar saqlanishini ta’minlashga doir profilaktika ishlarini o’tkazadi, zarurat bo’lganda o’z majlislarida boyliklarning saqlanishi masalalari bo’yicha tsex, bo’lim, shu’balar rahbarlarining axborotlarini tinglaydi; - inventarlash o’tkazilishini tashkil etadi va ishchi inventarlash komissiyalari a’zolariga yo’l-yo’riq beradi; - inventarlash to’g’ri o’tkazilganini nazorat tariqasida tekshiruvlarni amalga oshiradi, shuningdek, inventarlashlar orasidagi davrda saqlash va qayta ishlash joylarida tovar-moddiy boyliklarni tanlab inventarlashdan o’tkazadi; - inventarlash natijalari to’g’ri chiqarilganini, bazalar, omborlar, omborxonalar, tsexlar, qurilish uchastkalari va boshqa saqlash joylarida boyliklarni qayta navlarga ajratish bo’yicha takliflar asosli ekanligini tekshiradi; - zarur hollarda (inventarlashni o’tkazish qoidalari jiddiy buzilganligi aniqlangan va boshqa hollarda) budjet tashkiloti rahbarining topshirig’iga binoan takroriy yalpi inventarlashlarni o’tkazadi; - boyliklar kamomadi yoki ularni shikastlashga, shuningdek, boshqa buzilishlarga yo’l qo’ygan shaxslardan olingan tushuntirishlarni ko’rib chiqadi va aniqlangan kamomadlar hamda boyliklarni shikastlashdan ko’rilgan talafotlarni bir izga solish tartibi to’g’risida taklif beradilar. Budjet tashkiloti rahbarlari tovar-moddiy boyliklar va pul mablag’larining to’g’ri hamda o’z vaqtida o’tkazilishi va ularning kutilmaganda o’tkazilishini ta’minlash uchun javobgardir. Ular boyliklarning haqiqatda mavjudligini qisqa muddatlarda to’liq va aniq tekshirishni ta’minlaydigan sharoitlarni yaratib berishlari shart. Bosh buxgalter tegishli bo’linmalar va xizmatlar rahbarlari bilan birgalikda inventarlash o’tkazishning belgilangan qoidalariga rioya etilishini sinchiklab nazorat qilishga majbur. Tovar-moddiy boyliklarni inventarlash bilan bir vaqtda xo’jalik yurituvchi sub’ektning buxgalteriyasi tegishli barcha schyotlar bo’yicha yozuvlarni korrespondentsiyalanuvchi schyotlar bilan qiyoslagan holda tekshirishi kerak. Masalan, asosiy fondlar bo’yicha (kapital mablag’larning tegishli schyotlari bilan kelishtirilgan holda) foydalanishga qabul qilingan barcha ob’ektlar hisobga olingan-olinmagani; tovar-moddiy boyliklar bo’yicha - barcha kelib tushgan boyliklar kirim qilingan-qilinmagani, chiqib ketganlari esa hisobdan o’chirilgani va unda aks ettirilgani, tugallanmagan ishlab chiqarish bo’yicha - barcha xarajatlar chiqarilgan mahsulotga hisobdan o’chirilgan-o’chirilmagani va hokazolar aniqlanishi zarur. II bob bo’yicha xulosalar: Budjet tashkilotining davlat xizmatlarini ko’rsatishdagi o’rni, uning moliyaviy holati, fuqarolar ehtiyojlarini qondira olishi muhim ahamiyat kasb etadi. Davlat xizmatlarini ko’rsatish jarayonida asosiy fondlarning har bir elementi roli, ularning jismoniy va ma’naviy o’zgarishlari, ulardan foydalanishga ta’sir etuvchi omillar haqida aniq tassavurga ega bo’lgan holda asosiy fondlar va davlat xizmatlari sifati va samaradorligini oshirishga imkon beruvchi, harajatlarni pasaytirish va mehnat unumdorligini ko’tarishning usul va yo’nalishlarni aniqlash mumkin. Bozor iqtisodiyoti sharoitida budjet tashkilotlarining asosiy fondlari va xizmatlar ko’rsatish quvvatidan foydalanish samaradorligini oshirish alohida o’rin tutadi. Ish jarayonida budjet tashkilot xodimlari mehnat fondlari yordamida mehnat predmetlariga ta’sir o’tkazib ularni foydali xizmatga aylantiradilar. Mehnat fondlari (mashina, jihoz, bino, transport fondlari) mehnat predmetlari (xom-ashyo, materiallar, yarimtayyor mahsulotlar, yoqilg’i) bilan birgalikda foydali xizmat fondlarini tashkil etadilar, bularning puldagi ifodasi budjet tashkilotining foydali xizmatlarni yaratish fondlaridir. Ular ishlab chiqarish jarayonida ishlashi, o’z qiymatini foydali xizmatga o’tkazish usuli va mehnat fondlarining takror ishlab chiqarish harakteriga qarab, asosiy va aylanma fondlarga bo’linadi. So’nggi bir necha yilda mamlakatimizda olib borilayotgan iqtisodiy-ijtimoiy islohotlar o’zining yangi bosqichiga chiqdi. Ushbu islohotlar zamirida iqtisodiy o’sish deganda davlat xizmatlarining shaffoflifi, budjet tashkilotlarining jamoat uchun oshkoraligi, islohotlarning chin ma’noda insonlar manfaati uchun yo’naltirilishi kabilar tushunilishi kerakligi ta’kidlanmoqda. Download 121.35 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling