Abdullayeva nilufar javdat qizi davlat sektoridagi muassasalarda asosiy fondlar hisobi hamda nazorati
Download 121.35 Kb.
|
dissertatsiya TAYOR ABDULLAYEVA NILUFAR
- Bu sahifa navigatsiya:
- FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI: O’zbekiston Respublikasi Qonunlari, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmonlari va Qarorlari, Vazirlar Mahkamasining
- O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning asarlari va ma’ruzalari
- Mirziyoyev, Shavkat Miromonovich.
- Mirziyoyev, Shavkat Miromonovich
- Ilmiy jurnal va davriy nashlar
- MUNDARIJA BET KIRISH
- DAVLAT SEKTORIDAASOSIY FONDLAR HISOBI VA NAZORATINING NAZARIY-USLUBIY ASOSLARI....... 7
- III BOB DAVLAT SEKTORIDAASOSIY FONDLAR HISOBI VA NAZORATINING AMALIY JIHATLARI……………….
- III BOB IQTISODIYOTNI MODERNIZATSIYALASH SHAROITIDA KORXONALAR MOLIYAVIY HOLATI TAHLILINI TAKOMILLASHTIRISH……………………
- XULOSA VA TAKLIFLAR.......................................................
III bob bo’yicha xulosalar: Ushbu dissertatsiya ishi yuzasidan ilmiy izlanish jarayonida budjet tashkilotlarida buxgalterlar to’qnashadigan bir qancha muammolarga guvoh bo’ldik. Xususan, asosiy fondlar hisobi va nazoratiga oid savollar talaygina. Ular asosiy fondlar hisobi bo’yicha birlamchi hujjatlarning tasdiqlangan namunaviy shakllari, asosiy fondlarning tasdiqlangan klassifikatsiyasi, ular bilan ayrim operatsiyalar hisobini yuritishning batafsil uslubiyati yo’qligi bois yuzaga keladi. Keyingi o’n yilliklarda jahon iqtisodiyotida hamda respublikamiz iqtisodiyotida yuz bergan global texnologik o’zgarishlar munosabati bilan budjet tashkilotlarining balansiga kiruvchi ko’plab yangi uskunalar, ishlab chiqarish inventarlari paydo bo’ldi. Bu hol tushunarli, chunki davlat xizmatlarini ko’rsatish samaradorligini oshirishning eng muhim omillaridan biri budjet tashkilotini yangi texnologiyalar, birinchi navbatda asosiy fondlar bilan ta’minlash hisoblanadi. Fikrimizcha, me’yoriy hujjatda ob’ektning foydalanishga tayyorligi iqtisodiy faoliyatning boshlanishi ekanligi va bu uni foydalanishga topshirish muddatlarida va, tegishincha, amortizatsiya ajratmalari summasida aks etmasligi kerakligini qayd etish ma’qul. Bugungi kunda budjet tashkilotlarida asosiy fondlarda amortizatsiya hisoblash usullari bir muncha cheklangan. Budjet tashkilotlarida ham xuddi xo’jalik yurituvchi subyektlarda bo’lgani kabi asosiy fondlarga eskirish hisoblashning turli-tuman usullarni qo’llash joriy etish mumkin. Bajarilgan ishlar hajmiga mutanosib ravishda amortizatsiyani hisoblash (ishlab chiqarish usuli) mavjud. Amortizatsiyani hisoblashning ishlab chiqarish usuli budjet tashkilotida har bir muayyan yildagi asosiy fondlar ob’ektining mahsulotlarini hisobga olishga asoslangan. Budjet tashkilotlari o’zlarining vaqtincha foydalanilmayotgan mol-mulkini boshqa tashkilotlarga ijaraga berishlari mumkin. Vaqtincha foydalanilmayotgan binolar, inshootlar (ularning ayrim qismlari ham), ishlab chiqarish uskunalari, xonalar, transport vositalari va boshqa uzoq muddatli aktivlarai, agar qonun bilan ularai ijaraga berish man qilinmagan bo’lsa, ijaraga beriladi. Agar mol-mulkni ijaraga berish ko’rsatiladigan xizmatlarning hajmi kamayishiga yoki sifati yomonlashishiga sabab bo’lsa yoki asosiy faoliyati bo’yicha xarajatlar ko’payishiga yoki bu ko’zda tutilgan moliyalashtirish limiti ko’tarilishiga olib kelsa, budjet tashkilotlarining balansidagi mol-mulkini ijaraga berish mumkin emas. XULOSA VA TAKLIFLAR Budjet tashkilotlarida buxgalterlar to’qnashadigan bir qancha muammolarga guvoh bo’ldik. Xususan, asosiy fondlar hisobi va nazoratiga oid savollar talaygina. Ular asosiy fondlar hisobi bo’yicha birlamchi hujjatlarning tasdiqlangan namunaviy shakllari, asosiy fondlarning tasdiqlangan klassifikatsiyasi, ular bilan ayrim operatsiyalar hisobini yuritishning batafsil uslubiyati yo’qligi bois yuzaga keladi. Budjet tashkilotlarida asosiy fondlar hisobi va nazoratining budjet tashkiloti faoliyati samaradorligidagi tutgan o’rni, mohiyati va ahamiyati, budjet tashkilotining o’z vazifalarini bajarishdagi ta’sirini ilmiy tahlil qilish natijasida quyidagi xulosalar olindi: 1-xulosa: Asosiy fondlarning kelib tushishi, ularning tashkilot ichida joydan-joyga o’tishi (ko’chishi), tashkilot hisobidan chiqarilishi (jumladan, yaroqsiz holga kelganligi sababli), shuningdek, har bir obyektning (predmetning, komplektning) saqlanishi va to’g’ri foydalanishi ustidan nazorat qilinishi asosiy fondlar hisobi va nazoratini tashkil qilishning bugungi kunda takomillashtirilish zarur bo’lgan yo’nalishi hisoblanadi. 2-xulosa: Budjet tashkilotlarida asosiy fondlar xizmatidan foydalanish hisobi va nazoratini yaxshilash uchun uning milliy standartini qabul qilish muhim ahamiyat kasb etadi. 3-xulosa: Budjet tashkilotlarida asosiy fondlar hisobi va nazoratining O’zbekiston Respublikasidagi so’nggi yillardagi huquqiy asoslari ilmiy o’rganish natijasida shunday xulosa olindiki, mamlakatimizda bu soha hisob tizimining bir qismi sifatida rivojlangan kelgan. 4-xulosa: Budjet tashkilotlarining asosiy fondlardan foydalanish, ishchi holatini monitoring qilib borish, qasddan nobud qilinish holatlarida vaziyatga baho berish uchun mamlakatimizda hisob va nazoratning ta’sirchan mexanizmlarini ishlab chiqish zarur. Budjet tashkilotlarida asosiy fondlar hisobidagi mavjud muammo va qiyinchiliklarni hisobga olgan holda hamda jahonning ilg’or davlatlari tajribasini o’rganib, hisobni va nazoratni takomillashtirish yo’nalishlari sifatida quyidagilarni taklif etamiz: 1-taklif: Budjet hisobi, xususan budjet tashkilotlarida asosiy fondlar hisobining metodologik asoslarini takomillashtirishga qaratilgan amaliy izlanishlarni olib boruvchi ilmiy markaz tashkil qilinishi zarur, deb hisoblaymiz. 2-taklif: Iqtisodiyotni modernizarsiya qilish sharoitida budjet tashkilotlarining asosiy fondlaridan samarali foydalanish, jumladan ularni ijaraga berish orqali davlat budjeti hamda budjet tashkilotlarining daromadlari qismi salmoqli ortishi kuzatiladi. Shu nuqtai zarazidan ushbu mablag’lar hisobini yanada soddalashtirish, budjet tashkilotlarining mulkni ijaraga berish sohasida byurokratik to’siqlarni kamaytirish hamda ijaradan tushadigan daromadlarning talon-taroj qilinishi va maqsadsiz sarflanishining oldini olish uchun zarur chora-tadbir, deb hisoblaymiz. 3-taklif: Bugungi kunda budjet tashkilotlarida asosiy fondlarda amortizatsiya hisoblash usullari bir muncha cheklangan . Budjet tashkilotlarida ham xuddi xo’jalik yurituvchi subyektlarda bo’lgani kabi asosiy fondlarga eskirish hisoblashning ko’proq metodlarini qo’llash imkonini berish kerak. Bu esa o’z navbatida budjet tashkilotlarining asosiy fondlarini takomillashtirish va yangilab turishga bo’lgan rag’batini oshiradi. 4-taklif: Asosiy fondlar hisobi bo’yicha birlamchi hujjatlarning tasdiqlangan namunaviy shakllari, asosiy fondlarning tasdiqlangan klassifikatsiyasi, ular bilan ayrim operatsiyalar hisobini yuritishning batafsil uslubiyati ishlab chiqish zarur. 5-taklif: Mamlakat miqyosida budjet tashkilotlari egalik qiluvchi asosiy fondlarning ulkan ko’lam va miqeyosda ekanligini hisobga olib, budjet tashkilotlarida asosiy fondlardan foydalanish samaradorligini tahlil qilish boshqarmasini tashkil qilish muhim, deb hisoblaymiz. O’zbekiston Respublikasi budjet tashkilotlarida asosiy fondlar hisobi va nazoratini takomillashtirish hamda shu orqali olingan natijalardan samarali foydalanishga qaratilgan ilmiy takliflar ishlab chiqish dolzarb masala hisoblanadi. Buning uchun avvalo budjet tashkilotlarida asosiy fondlar hisobi va nazorati chet el tajribalari ilmiy o’rganilishi maqsadga muvofiq hisoblanadi. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI: O’zbekiston Respublikasi Qonunlari, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmonlari va Qarorlari, Vazirlar Mahkamasining Qarorlari. Normativ-huquqiy hujjatlar: O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi. – T:. “O’zbekiston”, 2015 O’zbekiston Respublikasining Byudjet kodeksi. – T:. “Adolat”, 2015 O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2014-yil 4-dekabrdagi “O’zbekiston Respublikasining 2015-yilgi asosiy makroiqtisodiy ko’rsatkichlari prognozi va Davlat budjeti parametrlari to’g’risida”gi PQ-2270 sonli Qarori O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2015-yil 22-dekabrdagi “O’zbekiston Respublikasining 2016-yilgi asosiy makroiqtisodiy ko’rsatkichlari prognozi va Davlat budjeti parametrlari to’g’risida”gi PQ-2455 sonli Qarori O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 27-dekabrdagi “O’zbekiston Respublikasining 2017-yilgi asosiy makroiqtisodiy ko’rsatkichlari prognozi va Davlat budjeti parametrlari to’g’risida”gi PQ-2699 sonli Qarori O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 29-dekabrdagi “O’zbekiston Respublikasining 2018-yilgi asosiy makroiqtisodiy ko’rsatkichlari prognozi va Davlat budjeti parametrlari to’g’risida”gi PQ-3454 sonli Qarori O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 7-fevraldagi “O’zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo’yicha Harakatlar strategiyasi to’g’risida” Farmoni O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 14-fevraldagi “2017-2021 yillarda O’zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo’nalishi bo’yicha harakatlar strategiyasini amalga oshirishga doir tashkiliy chora-tadbirlar to’g’risida”gi PQ-3454 sonli Farmoyishi O’zR. Vazirlar Mahkamasining “Byudjetdan tashqari pensiya jamg’armasi to’g’risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarori 19.02.2010-y. // www.lex.uz – O’zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari portal O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning asarlari va ma’ruzalari Mirziyoyev, Shavkat Miromonovich. Erkin va farovon, demokratik o’zbekiston davlatini birgalikda barpo etamiz. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti lavozimiga kirishish tantanali marosimiga bag’ishlangan Oliy Majlis palatalarining qo’shma majlisidagi nutq / Sh.M. Mirziyoyev. – Toshkent : O’zbekiston, 2016. - 56 b Mirziyoyev, Shavkat Miromonovich. Tanqidiy tahlil, qat’iy tartib-intizom va shaxsiy javobgarlik – har bir rahbar faoliyatining kundalik qoidasi bo’lishi kerak. Mamlakatimizni 2016 yilda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning asosiy yakunlari va 2017 yilga mo’ljallangan iqtisodiy dasturning eng muhim ustuvor yo’nalishlariga bag’ishlangan Vazirlar Mahkamasining kengaytirilgan majlisidagi ma’ruza, 2017 yil 14 yanvar / Sh.M. Mirziyoyev. – Toshkent : O’zbekiston, 2017. – 104 b. Mirziyoyev, Shavkat Miromonovich. Qonun ustuvorligi va inson manfaatlarini ta’minlash – yurt taraqqiyoti va xalq farovonligining garovi. O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 24 yilligiga bag’ishlangan tantanali marosimdagi ma’ruza. 2016 yil 7 dekabr /Sh.M.Mirziyoev. – Toshkent: “O’zbekiston”, 2017. – 48 b. Mirziyoyev, Shavkat Miromonovich. Buyuk kelajagimizni mard va olijanob xalqimiz bilan birga quramiz. Mazkur kitobdan O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning 2016 yil 1 noyabrdan 24 noyabrga qadar Qoraqalpog’iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri saylovchilari vakillari bilan o’tkazilgan saylovoldi uchrashuvlarida so’zlagan nutqlari o’rin olgan. /Sh.M.Mirziyoev. – Toshkent: : “O’zbekiston”, 2017. – 488 b. Mirziyoyev, Shavkat Miromonovich Milliy taraqqiyot yo’limizni qat’iyat bilan davom ettirib, yangi bosqichga ko’taramiz. / Sh. M. Mirziyoev. – Toshkent : O’zbekiston, 2017. -592 b Asosiy va qo’shimcha adabiyotlar Darslik va o’quv adabiyotlari A.Tuychiyev, A.Ostanaqulov Byudjet hisobi. Iqtisod moliya. T:. 2018 A.Tuychiyev, A.Ostanaqulov, K.Ibragimov. Byudjet tashkilotlarida byudjet hisobi. Iqtisod moliya. T:. 2019 E.Bo’riboyev. Davlat maqsadli jamg’armalari daromadlaridan samarali foydalanish. Biznes-ekspert. 27.02.2017 | Son: №2(110)-2017 Shodmonov Sh., Alimov R., Jo’raev T. Iqtisodiyot nazariyasi. T:. 2002 O’zbekiston Respublikasi buxgalteriya hisobi milliy standartlari to’plami. – Toshkent: “Norma", 2012. Pushkareva V. M. Istoriya finansovoy mыsli i politiki nalogov: ucheb. posobie. — M.: Finansы i statistika, 2009. Ilmiy jurnal va davriy nashlar: E.Bo’riboyev. Davlat maqsadli jamg’armalari daromadlaridan samarali foydalanish. Biznes-ekspert. 27.02.2017 | Son: №2(110)-2017 Internet saytlari: www.sciencedirect.com – Science, health and medical journals www.mf.uz – O`zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligi www.soliq.uz – O`zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo`mitasi www.en.wikipedia.org – Wikipedia, the free encyclopedia www.europe.eu - European Union website www.economy-lib.com - Экономическая библиотека научных работ www.jourclub.ru - Каталог статей и учебных пособий www.books.google.com – Google books www.revolvy.com – Trending topics - Expand Your Mind www.gov.uk – The UK Government
1 O’zbekiston Resoublikasi Sh.M.Mirzoyoyevning “Aholiga davlat xizmatlari ko‘rsatishning milliy tizimini tubdan isloh qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida” Farmoni. 12.12.2017-y. www.uza.uz – O’zbekiston Respublikasi Milliy Axborot agentligi 2 www.uz.wikipedia.org – Vikipedia ochiq ensiklopediasi. 3 S.Mehmonov. “Budjet hisobi” O`quv qo`llanma. Fan va texnalogiya 2012 yil. 108-b. 4 Chizma muallif tomonidan tayyorlandi. 5 Chizma muallif tomonidan tayyorlandi. 6 O’zbekiston Respublikasi buxgalteriya hisobi milliy standarti №5 “Asosiy vositalar” - O‘zR AV tomonidan 20.01.2004 y. 1299-son bilan ro‘yxatdan o‘tkazilgan Moliya vazirining 09.10.2003 y. 114-son buyrug‘i bilan tasdiqlangan. www.lex.uz – O’zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari rasmiy portali 7 O’zbekiston Respublikasi buxgalteriya hisobi milliy standarti №5 “Asosiy vositalar” - O‘zR AV tomonidan 20.01.2004 y. 1299-son bilan ro‘yxatdan o‘tkazilgan Moliya vazirining 09.10.2003 y. 114-son buyrug‘i bilan tasdiqlangan. www.lex.uz – O’zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari rasmiy portali 8 “O’zbekiston Respublikasining buxgalteriya hisobi to’g’risida”gi Qonuni (yangi tahrir) // www.lex.uz – O’zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari portali 9 www.sciencedirect.com – Science, health and medical journals 10 www.sciencedirect.com – Science, health and medical journals Download 121.35 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling