Abdullayeva sarvinoz


boylik, dunyo orttirgan; badavlat, davlatmand”


Download 0.89 Mb.
Pdf ko'rish
bet48/59
Sana20.09.2023
Hajmi0.89 Mb.
#1682063
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   59
Bog'liq
yusuf xos hojib qutadgu bilig asarining leksik semantik xususiyatlari

boylik, dunyo orttirgan; badavlat, davlatmand”( O’.T.I.L. I tom.128-bet) 
ma’nosini bildiradi. Ushbu bosh ma’nodan “iqtisodiy jihatdan mustahkam, hech 
narsadan kamchiligi, muhtojligi yo’q, hamma narsadan badastir, to’kis, badavlat” 
ma’nosi o’sib chiqqan.Bosh ma’nodagi “shaxs va iqtisodiy jihatdan badavlat” 
semasi chekinib, uning o’rniga hosila ma’no“yetarli darajada bekamu ko’st” 
semasi hosil bo’lgan va natijada “ko’ngli bekamu ko’st, ko’ngli boy” ma’nosi 
yuzaga kelgan. Bu esa misrada badiiylikni ta’minlab, ijobiy ekspressiv ma’no 
ifodalamoqda. 
Suyukli bo’ladi ochiq dil kishi, 
35
Jamolxonov H. Hozirgi o’zbek adabiy tili. Toshkent:”To’lqin”.2005.157-bet 


83 
Dili toshning qarg’ish qozonmoq ishi. 
(Qutadg’u bilig 53-bet) 
Ochiq dil,dili tosh birikuvidagi ochiq, tosh so’zlari ko’chma ma’noda qo’llangan. 
Ochiq leksemasining bosh “hech narsa bilan berkitilmagan, to’silmagan ”( 
O’.T.I.L. I tom.552-bet)ma’nosidan “yuragida kiri yo’q, xushchaqchaq” ma’nosi 
hosil bo’lgan. Natijada ma’no ko’chib, ko’chma “yuragida kiri yo’q dil ” ma’nosi 
ifodalangan.
Tosh leksemasi “yaxlit massa yoki bo’lak-bo’lak holda uchraydigan, suv kor 
qilmaydigan, qattiq, mo’rt tog’ jinslarining umumiy nomi”( O’.T.I.L. II tom.209-
bet) ma’nosini bildiradi. Bosh ma’nodagi predmetlik semasi chetlashtirilib, 
qattiqlik semasi kuchaytirilib bu mavhum ot –dilga ko’chirilgan va natijada 
ko’chma “rahm, shafqatni bilmaydigan, qattiq, berahm, shafqatsiz” ma’no yuzaga 
kelgan. Shuning uchun tosh so’zi metaforik ma’no ifodalagan. Asarda bunday 
ma’no ko’chish usullari juda ko’p uchraydi.
Tili yumshoqesa ham ochiq qo’li, 
Birovlarga yana kuyinsa dili. 
(Qutadg’u bilig. 53-bet) 

Download 0.89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   59




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling