85
chiqqan. Mazkur metaforik ko’chish asosida birikmaga badiiylik bo’yog’I
berilmoqda va bu mazmundorlik oshirilishiga xizmat qilmoqda.
Ko‘rinadiki, ma’no ko‘chishining metafora usulini qo‘llash so‘zning
ochilmagan
qirralarini ochib, uning betakror ma’nolarini namoyon etadi.
Bu esa
asarning badiiy-estetik qimmatini yanada boyitadi.
Kuzatishlarimiz shuni
ko‘rsatadiki, Y.X.Hojib o‘z asarida so‘zning ma’no semalarini
yorqinroq va aniq
ifodalashga harakat qilgan. Bu esa bizni yanada chuqurroq izlanishga chorlaydi va
buni keyingi tadqiqotlarimizda davom ettirishga harakat qilamiz.
2.2 Metonimiya usuli bilan ma’no ko’chishi
Metonimiya – yunoncha so’z bo’lib,
“qayta nomlash ” degani. Metonimiya
ham ma’no ko’chish usullaridan biri bo’lib, bunda “bir
predmetning, belgining ,
harakatning nomi boshqasiga o’xshashlik asosida emas, bog’liqlik asosida
ko’chiriladi. ”
37
Metominiya ham yangi ma’no hosil qilish jarayoni va bu
jarayon
natijasining barqarorligiga ko’ra
lison va nutqqa dahldor hodisa, boshqacha
aytganda metonimik hosila ma’no sof yoki lisoniy bo’lishi mumkin.
38
1. Bir predmet nomi shu predmetdagi boshqa bir predmetga ko’chiriladi.
2. Bir predmet nomi shu predmetga soslangan o’lchov birligining nomi bilan
xizmat qiladi.
3. Bir predmet nomi shu predmet asosida hosil bo’ladigan predmetga
ko’chiriladi.
4. Harakatning nomi shunday harakat natijasida hosil bo’ladigan predmatga
ko’chiriladi.
Yusuf Xos Hojib ham o’z asarida ma’no ko’chishining bu usulidan samarali
foydalangan va so’zning ma’no ta’sirchanligiga erishgan.
Tili yolg’on erning jafa qilqi ul,
37
Tursunov S va boshqalar. Hozirgi o’zbek adabiy tili. Toshkent: 1992-yil. 58-bet.
38
Shoabdurahmonov va boshqalar.“Hozirgi o’zbek adabiy tili. Toshkent: 1980-yil.
86
Jafa kimda ersa asha yilqi ul.
Kishi yalg’anindin tilama vafa,
Bu bir so’z sinamish o’gush yilqi ul.
***
Tili yolg’on erning jafo xulqidir,
Jafo kimda bo’lsa osha yilqidur.
Kishi yolg’onidan vafo kutmagin,
Bu so’z sinalgan talay yilgidir.
(
www.ziyouz.com
kutubxonasi )
Do'stlaringiz bilan baham: