Abdullayeva sarvinoz


Magistrlik dissertatsiyasining tuzilishi va hajmi


Download 0.89 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/59
Sana20.09.2023
Hajmi0.89 Mb.
#1682063
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   59
Bog'liq
yusuf xos hojib qutadgu bilig asarining leksik semantik xususiyatlari

Magistrlik dissertatsiyasining tuzilishi va hajmi.  Ushbu tadqiqot kirish,uch
asosiy bob,xulosa va foydalanilgan adabiyotlar ro’yxatidan iborat bo’lib, 
100 betni tashkil qiladi. 



I BOB. “Qutadg’u bilig”da qo’llangan ayrim so’zlarning etimologiyasi.
1.1“Qutadg’u bilig”dagi ayrim so’zlarning tarixiy asoslari. 
Leksikologiya –tilshunoslikning leksik birliklarini o’rganuvchi sohasi 
hisoblanadi. Tildagi so’zlarning jami leksikasi (lug’at tarkibi)ni taskil etadi. 
Leksikologiya so’zining etimologiyasiga to’xtalsak, grekcha leksikosso’zlogos-
ta’limot degan ma’noni bildiradi.
Leksika atamasi tor ma’noda biror ish- faoliyat, kasb –hunar sohasida 
qo’llanuvchi so’z sifatida ishlatilishi ham mumkin: Navoiy leksikikasi
chorvadorlar leksikasi.
7
Bu bo’lim tilning lug’at tarkibida sodir bo’ladigan turli hodisalarni 
o’rganadi: 
a) Iln-fan, madaniyat, ishlab chiqarish kabi sohalarning rivojlanishi natijasida 
yuzaga keladigan yangi so’zlarni; 
b) Mavjud so’zlarning ba’zilarini istemoldan chiqib ketishini(sho’ro, mil, 
chechak); 
v) so’zlarning ma’nosida ko’chish(sovuq shamol, sovuq xabar) kabi ma’nolarni 
tekshiradi. Shu sababdan ham leksikologiya dastlab ikki turga bo’linadi: 
1. Umumiy leksikologiya- qardosh yoki noqardosh til bo’lishidan qat’iy nazar, 
umuman inson tili so’z boyligini tekshiradi. 
2.Xususiy leksikologiya- aniq bir tilning so’z boyligini o’rganadi.
Leksikologiyaning bu ikki tarmog’i o’zaro bog’langan holda ish ko’radi.
7
O’zbek tilining izohli lug’ati. Moskva: 1981-yil. I tom.30-bet 


10 
Leksikologiyaning o’rganish obyekti bu –so’z ekanligi bizga ma’lum. 
Ammo so’zning 3 tarkibiy qismi o’zaro zich bog’langan. 
1. Leksikologiya –soz yoki lug’at sostavi.
2. Semantika-so’zning ma’nosi. 
3. Etimologiya-so’zning kelib chiqishi.
8
“Qutadg’u bilig”da qo’llangan ayrim so’zlarning etimologiyasi xususida to’xtalib, 
undagi ayrim so’zlarning tarixiy asoslari haqida to’xtalib o’tamiz 
So’zi shirin kerak beg,qiyiqsiz ko’ni,
So’zindan yanig’lig’ tema erani.
Tilin so’zlamish yanmas eran,
So’zindan yznig’li ishandan eshi. 
Bezandim begim bo’ldi xaqan, ulug’. 
O’tundum, muku qulsa janim yulug’. 
Bulit ko’kradi, urdi navbat tug’i, 
Yashin yashnadi, yartti, xaqan tig’i. 
(
www.ziyouz.com
 kutubxonasi ) 
Mazkur o’rindagi beg so’zi tarixiy termin bo’lib, “shahar yoki viloyat hukmdori, 
yuqori martabali amaldor” ma’nosini bildirgan va bu so’z qadimgi turkiy tilde 
“bag”, “bэg”
9
tarzida talaffuz qilingan. Keyinchalik a’ unlisi e unlisiga 
almashgan. Dastlab “katta, yirik” kabi ma’nolarni anglatgan, keyinchalik ma’no 
taraqqiyoti natijasida bu sifat otga aylangan; g undoshi k undoshiga almashgan
8
E.Qilichev. Hozirgi o’zbek adabiy tili Buxoro: 2005-yil.
9
M.Qoshg’ariy. Devoni lug’otit turk. Indeks.Toshkent:1960-67-y. III tom;169-bet 


11 
beg10
(Keying misollarimizda ham shu manbaga tayaniladi.)Hozirgi o’zbek 
adabiy tilida ham mazkur so’z faol qo’llanadi. 
Neku bar ajunda o’limdin qatug’,
O’lumug’ saqinsa ketar ming tatig’.
O’lum bir tengizul uchi yo’q tubi, 
Baqa ko’rsa etru tubi yo’q batug’. 
(
www.ziyouz.com
 kutubxonasi ) 
Mazkur banddagi tengizso’zi hozirgi o’zbek adabiy tilidagidengiz 
leksemasining XI asr adabiy tili ko’rinishidir. Mazkur leksema ham juda 
qiziqarli jarayon asosida bizgacha yetib kelgan. Ushbu so’z qadimgi turkiy tilde 
ten,iz
11
(keying misollarimizda ham shu manbaga tayaniladi)tarzida talaffuz 
qilingan. Manbalarga ko’ra bu so’z asli tengiz tarzida talaffuz qilinib,ten,iz 
shakli keyinroq vujudga kelgan. 
Keyinchalik bu so’z boshlanishidagi t undoshi d undoshiga almashgan: ten,+iz= 

Download 0.89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   59




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling