8
Tadqiqotning ilmiy yangiligi.
-Yusuf Xos Hojib asari tilining leksikxususiyatlari
tahlil qilindi;
-leksikologiyaning shakl va mazmun kategoriyasi belgilandi:individuallik
leksikologyaining asosiy tamoyillaridan biri sifatida ko’rsatildi;
-o’z va o’zlashgan qatlam so’zlarining badiiy obrazlilik qimmati ko’rsatildi;
-sinonim so’zlarning ma’no qirralari,
antonim sozlarning badiiy
xususiyatlari, ko’p ma’noli so’zlarning va ma’no ko’chirish turlarining
go’zal namunalari asar misolida ko’rsatib berildi;
-asardagi
leksemalarning tasviriyligi, estetik ta’sirchanligi isbotlandi.
Tadqiqotning metodologik asoslari va tadqiq usullari.
Prezidentimiz
I.A.Karimovning milliymafkura,
madaniy qadriyat,milliy tilimizga doir
nazariy qarashlari va yirik tilshunos olimlarning
ilmiy ishlari ushbu
Magistrlik dissertatsiyasining metodologik asosini tashkil etadi.
Asosan,semantik-stilistik, komponent tahlil,tavsiflash,
qiyoslash,lingvopoetik
tahlil usullaridan foydalanildi. Tadqiqodda o’zbek tilshunoslaridan
N.Rahmonov, Q.Sodiqov, Sh.Shoabduraxmonov, Sh.Rahmatullayev,
U.Tursunov,
X.Doniyorov,R.Qo’ng’irov,
G’Abdurahmonov, B.O’rinboyev,
M.Mirzayev T.Rasulov, S.Tursunovlarning
nazariy tadqiqotlari, darslik
hamda o’quv qo’llanmalariga asos sifatida tayanildi.
Do'stlaringiz bilan baham: