Abdullayeva sarvinoz


Download 0.89 Mb.
Pdf ko'rish
bet45/59
Sana20.09.2023
Hajmi0.89 Mb.
#1682063
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   59
Bog'liq
yusuf xos hojib qutadgu bilig asarining leksik semantik xususiyatlari

chalkashgan yeri” (O’.T.I.L.218-bet)ko’chma ma’nosini anglatib kelgan. Bu esa 
adib asarining badiiyligini yanada oshirishga xizmat qilgan.
Zakovat har doim shunday uqtiradi:dag’al so’z kishi boshidagi ofat. 
(Qutadg’u bilig. 13-bet) 
Mazkur”dag’al so’z” birikuvidagi “dag’al” so’zining asl ma’nosi “tashqi 
ko’rinishi, tuzilishi beo’xshov,qo’pol, xunuk” (O’.T.I.L.I tom.216-bet) 
ma’nosini anglatadi. Ushbu birikuv(dag’al so’z)da “dag’al” so’zining asl
(qo’pol, xunuk) ma’nosidan “kishiga qattiq tegadigan, qattiq botadigan, ” 
semasi o’sib chiqqan. Natijada ma’no ko’chishining metafora usuli hosil 
bo’lgan. Bunda ikki belgi xususiyatning nisbiy o’xshashligiga asoslanilgan.
Totli damlar ketdi, bag’ir o’ti so’ndi.
(Qutadg’u bilig. 20-bet) 
“Totli” so’zining asl ma’nosi “ta’mi, mazasi yaxshi, mazali, lazzatli
shirin”(O’.T.I.L. II tom.209-bet). Bunda (totli damlar)“ totli” so’zining asl
ma’nosi(tam) dan chetlanib, ko’chma “lazzat bag’ishlovchi, shirin 
nash’ali”ma’nosida qo’llangan. Natijada jumlada ma’no nozikligi ta’minlangan 
va bu tushunchani yanada aniq ifodalashga xizmat qilmoqda. 
Bundan tashqari “bag’ir o’ti” birikmasida ham metafora asosida ma’no 
ko’chishi yuzaga kelgan. Ushbu birikmada ikkala so’z ham metafora asosida 
birikkan. Bunda “bag’ir” so’zining bosh ma’nosi “jigar, ya’ni odam va 
hayvonlarning o’t(safro) ishlab chiqaradigan organi”(O’.T.I.L. I tom.89,277-
betlar) ma’nosini bildiradi. Mazkur (“bag’ir o’ti”)birikmadagi bag’ir so’zi 
o’zining bosh ma’nosi(organ)dan chekinib, ko’chma “his-tuyg’u va 
kechinmalar manbai, yurak, qalb, dil” ma’nosida qo’llangan. “O’t” leksemasi 
ham o’zining asl ma’nosi “yonish jarayoni, olov, otash”(O’.T.I.L. I tom. 516-
bet)dan chekinib, ko’chma “biror narsani bajarish uchun, intilish va ishtiyoq” 
manosida qo’llangan. Bu esa asarda badiiylikni, ta’sirchanlikni oshirmoqda. 


80 
Elig mamlakatni obod, el-yurtni esa shod-xurram yashatish istagi bilan 

Download 0.89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   59




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling