Abdullayeva sarvinoz


Download 0.89 Mb.
Pdf ko'rish
bet46/59
Sana20.09.2023
Hajmi0.89 Mb.
#1682063
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   59
Bog'liq
yusuf xos hojib qutadgu bilig asarining leksik semantik xususiyatlari

yonardi.
(Qutadg’u bilig.20-bet) 
Bunda yonmoq so’zida metafora usulida ma’no ko’chishi natijasida ko’chma 
ma’no hosil bo’lmoqda.
Asli yonmoq so’zi “o’t olmoq, o’tda kuymoq”(O’T.I.L. II tom.259-
bet.)ma’nosiga ega. Mazkur birikuv(istak bilan yonmoq)da esa yonmoq so’zi “o’t 
olmoq, kuymoq”dan chetlanib, undan o’sib chiqqan ko’chma “alangalanmoq, o’t 
olmoq”ma’nosini bildirib kelgan. Natijada yurakda istak bilan alangalanish 
ma’nosi hosil bo’lgan.
Barchaga ma’lumki, o‘zbek xalqi tili va adabiyoti tarixi moziyga borib taqaladi.
Shu boisdan ham til va adabiyot chambarchas rivojlanib kelgan. Buni asrlar 
oshgan asarlarimiz misolida ham ko‘rishimiz mumkin. Zero, ular ham adabiy 
merosimiz, ham leksik qatlamimizning qanchalik boyligini ko‘rsata oladigan bir 
ko‘zgudir. So‘zimizning isboti sifatida Y.X.Hojibning “Qutadg‘u bilig” asarini 
oladigan bo‘lsak, unda adib o‘z maqsadini bayon etishda turkiy til leksikasidan 
juda unumli foydalana olgan va o‘z navbatida tilimiz imkoniyatlarini namoyish eta 
bilgan. Buni Boqijon To’xliyev mumkin qadar aslicha yoritishga harakat qilgan: 
Podsholi kishida kim bilsa o‘zin,
Ish ko‘zin bilganga ishlatar so‘zin. (Qutadg’u bilig139-bet) 
Mazkur(ish ko‘zin) birikmasidagi “ko‘z” leksemasining bosh ma’nosi “tirik 
mavjudodning ko‘rish organi” bo‘lib, ushbu misrada bosh ma’no (organ)dan 
shakl o‘xshashligi asosida “narsaning biror belgi bilan ajralib turadigan qismi,
jihati” semasi hosil qilingan va ushbu sema mavhum ot bo‘lgan ish so‘ziga 
ko‘chirilgan. Bu esa ijodkor leksikasini boyitishga xizmat qilib badiiyligini 
oshirmoqda. 


81 
Chiroyga ko‘milgan ko‘katlar o‘zi,
Yashilga belangan bu yerning yuzi. 
(“Qutadg‘u bilig” 11-bet. ) 
Ushbu (chiroyga ko‘milgan) birikmasida metaforaning harakat 
o‘xshashligiga asoslanilgan va “ko‘milgan” leksemasining bosh ma’nosi 
“kavlangan yerga (chuqurcha, o‘ra…) joylab, ustini berkitmoq” dan ko‘chma 

Download 0.89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   59




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling