83
Dili toshning qarg’ish qozonmoq ishi.
(Qutadg’u bilig 53-bet)
Ochiq dil,dili tosh birikuvidagi ochiq, tosh so’zlari ko’chma ma’noda qo’llangan.
Ochiq leksemasining bosh “hech narsa
bilan berkitilmagan, to’silmagan ”(
O’.T.I.L. I tom.552-bet)ma’nosidan “yuragida kiri yo’q, xushchaqchaq” ma’nosi
hosil bo’lgan. Natijada ma’no ko’chib, ko’chma “yuragida kiri yo’q dil ” ma’nosi
ifodalangan.
Tosh leksemasi “yaxlit massa yoki bo’lak-bo’lak holda
uchraydigan, suv kor
qilmaydigan, qattiq, mo’rt tog’ jinslarining umumiy nomi”( O’.T.I.L. II tom.209-
bet) ma’nosini bildiradi. Bosh ma’nodagi predmetlik semasi chetlashtirilib,
qattiqlik semasi kuchaytirilib bu mavhum ot –dilga ko’chirilgan va
natijada
ko’chma “rahm, shafqatni bilmaydigan, qattiq, berahm, shafqatsiz” ma’no yuzaga
kelgan. Shuning uchun tosh so’zi metaforik ma’no ifodalagan. Asarda
bunday
ma’no ko’chish usullari juda ko’p uchraydi.
Tili yumshoqesa ham ochiq qo’li,
Birovlarga yana kuyinsa dili.
(Qutadg’u bilig. 53-bet)
Do'stlaringiz bilan baham: