Abdullayeva sarvinoz


etini tilmoq; bo’laklarga ajratmoq”


Download 0.89 Mb.
Pdf ko'rish
bet44/59
Sana20.09.2023
Hajmi0.89 Mb.
#1682063
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   59
Bog'liq
yusuf xos hojib qutadgu bilig asarining leksik semantik xususiyatlari

etini tilmoq; bo’laklarga ajratmoq”(O”TIL. II.357-bet) ma’nosini bildiradi. 


78 
Mazkur (so’zini kesar) birikuvidagi kesmoq so’zining asl (tig’ bilan kesish)
semasi uzoqlashib, ko’chma “oraga luqma tashlab, gapni bo’lmoq, to’xtatmoq” 
ma’nosi kuchaygan. Natijada “to’xtatilgan gap” ma’nosi yuzaga kelgan. Bu esa 
ma’noda noziklik va ekspressivlikni ta’minkashga xizmat qiluvchi vosita 
bo’lmoqda.
Metaforalarning go’zal na’munalari, yuqorida aytib o’tilganidek, “Qutadg’u 
bilig” ning keng ommaga mo’ljallangan Boqijon To’xliyev tomonidan ishlab 
chiqilgan tabdilida ham uchraydi: 
Esa keldi Sharqdan bahorning yeli 
Olamga ochildi go’zallik yo’li.
Bo’z yer iporlandi qoru muz ketib,
Bezanadiolam chiroy ko’rsatib. 
(Qutadg’u bilig10-bet) 
Bezanadi olam birikmasida metaforani hosil qilishda bajariladigan ish-
harakat o’rtasidagi nisbiy o’xshashlikka asoslanilgan. Bezanmoq so’zining asl 
ma’nosi “zeb, naqsh ziynat berib yoki ko’z quvontiradigan narsalar bilan boyib 
husnlanmoq, chiroyli, ko’rkam bo’lmoq”(O’T.I.L. I tom. 96-bet)ni bildiradi. 
Ushbu (bezanadi olam) birikuvidagi “bezamoq” leksemasida esa insonga xos 
bo’lgan harakat olam, tabiatga ko’chirilgan.
Hech qachon ko’p gapirma.…Tuman so’z tugunini bitta so’z bilan yozib 
yubor, ya’ni oz so’zlarga ko’proq ma’no singdirish payidan bo’lgin. 
(Qutadg’u bilig 12-bet.) 
Tugun leksemasining bosh ma’nosi “arqon, ip, lenta va shu kabi 
narsalarning bog’lab ulangan yoki sirtmoq kabi tortib bog’langan 
yeri”(O’.T.I.L.II tom. 216-bet)dir. Ushbu “so’z tuguni” birikmasidagi “tugun” 
so’zi asl ma’nosini yo’qotib, ”voqea, hodisa va shu kabilarning to’qnashgan, 


79 

Download 0.89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   59




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling