Abdumannopov m. M
Download 333.83 Kb. Pdf ko'rish
|
maktab o quvchilarining dars mashg ulotlarini o zlashtirishini
- Bu sahifa navigatsiya:
- MUHOKAMA VA NATIJALAR (Discussion and results)
KIRISH (Introduction) Respublikamizda ta’lim mazmunini modernizatsiyalash bugungi kun talablaridan biridir. Ma’lumki, integratsiyalashuv sharoitida yangi texnologiyalarni joriy etilishini hayotning o’zi, Ilmiy-tehnikaviy taraqqiyot talab etmoqda.’’Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi ‘’da ‘’o’quv-tarbiyaviy jarayonini ilg’or pedogogik texnologiyalar bilan taminlash’’ ning ikkinchi va uchinchi bosqichlarda bajariladigan jiddiy vazifalardan biri sifatida belgilangan.Uzluksiz ta’lim jarayonida ishlash o’qituvchidan juda kata pedagogic-psixologik,ilmiy-metodik,madaniy- INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL OF BIRUNI ISSN (E) 2181-2993 Vol. 1, Issue 2. Oct. (2022) 166 www.birunijournal.uz ma’naviy tayyorgarliklarni talab qiladi.Shunga asoslangan holda o’quv-bilim jarayonini innovatsion tamoyillar orqali vujudga keltirish integratsiyalashuv jarayonida rivojlantirishning asosiy shartidir. Mamlakatimizning birinchi prezidenti I.A.Karimov bejizga “Ta’lim O’zbekiston xalqi ma’naviyatiga yaratuvchilik faoliyatini baxsh etadi.O’sib kelayotgan avlodning barcha eng yaxshi imkoniyatlari bunda namoyon bo’ladi.Kasb-kori, mahorati uzluksiz takomillashadi’’,-deb chuqur ma’no fikrlarini ya’ni ta’lim tushunchasini umumiy nuqtai nazardan ta’rifladi. MUHOKAMA VA NATIJALAR (Discussion and results) Ta’lim sifatini oishirishni ta’minlovchi eng muhim omillardan biri sifatida o‘quvchilarda fanga qiziqishni orttirish va ularning darslardagi faolligini oshirish va tushuniladi. Faollik holati sustlikka qarma-qarshi qo‘yiladi va u o‘quvchilarning ular oldiga qo‘yilgan misol va masalalarni echish uchun harakat qilishlari, aqliy imkoniyatlarini ishga tushirish tushuniladi. Bunda o‘quvchilar irodasi ishga tushiriladi, o‘zi qilgan ishdan mamnunlik his qiladilar. O‘quvchilar darsda faol qatnashib ma’lum yutuqlarga erishsalar, bu jarayonda egallangan bilim va ko‘nikmalar bir umrga ularning xotiralarida qoladi. Fanlarni o’zlashtirshni faollashtirish uchun o‘qituvchida bir qator vositalar mavjud, ulardan yetakchilari quyidagilar: I. Imkoni boricha har bir mavzu va har bir bo‘limni boshlashdan avval savollar, muammolarni qo‘yish lozim. Muammoni qo‘yishda mavzuning asosiy maqsadi, vazifalarini qisqacha tushuncha berishi kerak. Bu kabilar sinfda qo‘yilgan masalaga qiziqishni orttiradi. Masalan: 1. Kasr va manfiy sonlarni kiritishda, ba’zi masalalarni hal qilishda natural sonlarning yetarli bo‘lmay qolishi, chunonchi o‘lchash ishlari natijalari doimo butun son bo‘la olmasligini aytish lozim. Shu kabi ishlarni irratsional sonlarni, mavhum sonlarni kiritishda ham qo‘llaniladi. 2. To‘g‘ri va teskari proporsional tushunchalarini “..... marta orttirish yoki marta kamaytirish tushunchalari berish, uni boshqa funksional bog‘lanishlaridan farqlay olishni kiritish kerak.[1-14] 3. Uchburchakning boshqa ko‘pburchaklardan farqi: uning tomonlari tengligidan bu tomonlar qarshisidagi burchaklar tengligi kelib chiqadi. Unga teskari fikr esa o‘xshashlik tushunchasiga olib keladi. 4. Simmetriklik, proporsiya, o‘xshashlik tushunchalarini kiritishdan avval tabiatda uchraydigan xossalar (ya’ni daraxt barglari, gullar va hokazolar)ni va arxitektura, rassomlik, xaykaltaroshlik asarlaridagi simmetrik, proporsiya, o‘xshashlikni ko‘rsatish lozim. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling