Abdusalimova Gulshoda Mavzu:İV guruh elementlari c misolida


Uglerodning galogenli hosilalari


Download 54.81 Kb.
bet4/11
Sana18.06.2023
Hajmi54.81 Kb.
#1586123
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Abdusalimova G.Anorganik kimyo

Uglerodning galogenli hosilalari. Odatdagi sharoitda CF4 -gaz, CC14-suyuqlik, CBr4 va CI4lar qattiq moddalardir. Yodga o‘tgan sari birikmalarning barqarorligi kamayadi. Grafit faqat ftor bilan qizdirilgandagina CF4 gacha oksidlanadi. Bu birikma rangsiz, tiniq gaz kimyoviy inert moddadir(suyuqlanish harorati -184°C).
CC14 olish uchun CS2 xlorlanadi, CC14 yonmaydigan erituvchi sifatida ishlatiladi:
CS2+3C12 = CC14 + S2C12
Uglerod qo'sh oksid. Ko`p miqdorda CO2 vulqon gazi chiqadigan yoriqlardan chiqadi. Undan mineral suvlar tayyorlanadi:
CaCO, + 2HC1 = CaCl2 + C02 + H20
Sanoatda kalsiy karbonatdan olinadi:
CaC03 = CaO + C02
Karbonat angidrid havodan 1,5 marta og`irgaz. U g`orlarning tagida, shaxtalarda yig`iladi. CO2 sovutilganda muz hosil bo`ladi. Bir litr suvda 15 da bir litr CO2 eriydi. U suvda erib karbonat kislota hosil qiladi:
C02+ H20 = H2C03,
Agar CaC03 C02 bilan to`yintirilsa kalsiy gidrokarbonati hosil bo`ladi:
CaC03 + H20 + C02 = Ca(HC03)2
Agar natriy gidroksidi C02 bilan to`yintirilsa:
NaOH + C02=NaHC03
C02 — oksidlovchi xossasini namoyon etadi:
Mg + C02 = MgO + CO
С + C02 = 2CO
H2C03beqaror kislota, uning uchun K= 1,31 • 10-4,
K2 =4,84 unga quyidagi orto kislota to'g'ri keladi: H4C0 4 bularning tuzlari barqaror. Texnikada ichimlik sodasi — NaHC03, soda — Na2C03 va potash — K2C03 va ohaktosh, marmar, bo`r CaC03 ahamiyatga ega.
Soda. Kuchli elektrolit. Soda kalsiy, stronsiy, bariy va magniy ionlari bilan erimaydigan karbonatlar hosil qiladi:
Ba(N03)2 + Na2C03 = BaC03 + 2NaN03
Boshqa kationlar bilan magniy, vismut, temir va aluminiy ionlari olinsa, ulardan karbonatlar va gidrokarbonatlar hosil qiladi:
A12(S04)3 + 3Na2C03 + 3H20 = 2A1(0H)3 + 3C02 + 3Na2S04
Hozirgi kunda soda olishning uch xil usuli bor Leblan, Sedvey va elektrolitik usullar.



Download 54.81 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling