Abdusalimova Gulshoda Mavzu:İV guruh elementlari c misolida
Download 54.81 Kb.
|
Abdusalimova G.Anorganik kimyo
3. Aralash gaz. Bir paytning o'zida cho‘g‘ holdagi ko‘mirning ustidan havo va suv bug‘i o'tkazib olinadi: Tarkibi: 30 % CO, 15 % H2, 5 % C02, 50 % N2.Q=5440 kJ/mol.
CO asosida chumoli kislotasi, fosgen, metanol, sun’iy benzin olinadi. Sian va uning birikmalar yoki disian: C=N—N=C Disian. Disian rangsiz gaz (suyuqlanish harorati -34,4°C), achchiq bodom hidiga o'xshaydi, zaharli. U odatdagi bosimda - 20,5°C da suyuqlikka o'tadi. Suvda, efirda, spirtlarda yaxshi eriydi. Yuqori haroratda uglerod va azotning o'zaro ta`siridan olinadi: 2C+N =(CN)2 350—450°C da simob sianidni parchalanganda ham hosil bo'ladi: Hg(CN)2 = Hg + (CN)2 Disian termik jihatdan ancha barqaror. Disian gidrolizlanganda sianid va sianat kislotalar hosil bo'ladi: (CN)2+H20=HCN+HCN0 Disian gidrolizlanishining oxirgi mahsuloti ammoniy oksalat hisoblanadi: (CN)2+4H20=(NH4)2C204 Agar disianga ishqorlar ta’sir ettirilsa, sianidlar sianatlar hosil bo'ladi: (CN)2+2Na0H=NaCN+NaCN0+H20 Kimyoviy jihatdan u qaytaruvchi: (CN)2 + Cl2 = 2CNC1 va oksidlovchi H2 + (CN)2 = 2HCN 2Na + (CN)2 = 2NaCN HCN Sianid kislota. Sianid kislotasi — HCN rangsiz (suyuqlanish harorati -13,3°C), oson harakatlanuvchan, achchiq bodom hidiga ega, rangsiz suyuqlik, kuchli zahar. Molekula chiziqsimon tuzilishga ega va unga ikkita tautomer izomer to‘g‘ri keladi: H—C=N H -N = С Azotning elektromanfiyligi yuqori bo'lgani uchun, kovalent bog‘ uni tarafiga surilgan: HCN H++ CN- kuchsiz elektrolit. К = 7,910 l0. HCN suv bilan reaksiyaga kirishib, ammoniy formiat hosil qiladi: HCN + 2H20 = HCOONH, HCN va uning tuzlari qaytaruvchi: KCN + Cl2 + 2KOH = KCNO + 2KC1 + H20 KCN + S = KCNS Laboratoriyada sianid kislota olish uchun esa bariy oksidiga ko‘mir va azot qo‘shib qizdiriladi: 3C + N2+ BaO = CO + Ba(CN)2 Hosil bo'lgan bariy sianidga kuchli kislota qo'shiladi: Ba(CN)2 + H2S04 = 2HCN + BaS04 Texnikada sianid kislota is gaziga ammiak ta’sir ettirish orqali olinadi: CO + NH3 = HCN + H20 KCN va NaCN eruvchan tuzlar bo`lib, ular kumush va oltin olishda ishlatiladi. CN- ioni kompleks birikmalar olishda ligand hisoblanadi va uning kompleks birikmalari: K[Ag(CN)2], K3[Fe(CN)5], K4[Fe(CN)]. Download 54.81 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling