Muammoli masalalar echish. 1-topshiriq. Organizmning C vitaminiga bo‘lgan ehtiyojini qondirish uchun kuniga qancha limon iste’mol qilish kerakligini hisoblang Hisob-kitoblarda limonning massasi 100 g ga teng deb taxmin qilish kerak; limon tarkibidagi C vitaminining miqdori 0,5%. Voyaga etgan kishining C vitaminidagi kunlik ehtiyoji 100 mg ni tashkil qiladi.
2-topshiriq. Uglerod tabiatda keng tarqalgan element. Ushbu element hayotning asosiy manbai, shuningdek hozirgi kunning eng global muammolarining sababchisi. Ushbu muammolarni nimalar deb bilasiz va echimini qanday izohlaysiz? Ushbu rasmlar asosida muammo va echimni toping.
NEGA SHAMLAR O'CHADI
Jihoz va reaktivlar. 500ml hajmli stakanlar (3dona). Karbonat angidtid (CO2 )gazi hosil qiladigan asbob, parafin shami (2dona), gugurt.
Bu tajribani bajarish uchun avval birinchi stakan karbonat angidrid gazi bilan to'ldiriladi. Qolgan ikkala stakanga yoqilgan sham joy lashtiriladi. Keyin birinchi stakandagi CO2 gazi suv quygandek ikkinchi stakanga "quyiladi". Ko'p o'tmay sham o'chadi. So'ng, ikkinchi stakandagi gaz uchinchi stakanga quyiladi. Bunda ham sham o'chadi .
Nega shamlar o'chadi? Nega CO2 suv kabi quyiladi?
Javob. Karbonal angidrid gazi havodan laxrninan 1,5 marta og' ir. Shuning uchun
ham uni bir idishdan ildcinchi idishga quyish mumkin. Karbonat angidrid yonishga
yordam bermagani uchun stakanlardagi yonib turgan shamlami o'chiradi.
TUXUMXO'R GRAFIN!
Asbob va reaktivlar. Oddiy grafin. Kipp apparati yoki CO2 gazi olish qurilmasi. Marmar bo'laklari. Xlorid kislota eritmasi (I :3). Archilgan butun tuxum. O'yuvchi kaliy yoki natriyning konsetrlangan eritmasi (u bilanjuda ehtiyot bo'lib ishlash lozim!).
Stol ustida grafin turibdi. Grafin og'ziga, uning bo'g'ziga sig'maydigan archilgan tuxum qo'yilgan. Grafin og'zidan tuxumni olib, kolbadagi suyuqlik grafinga quyiladi va tuxum yana joyiga qo'yiladi. Grafin tuxum bilan sekin chayqatilsa, u tuxumni yuta boshlaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |