Abdusalimova Gulshoda Mavzu:İV guruh elementlari c misolida


Download 54.81 Kb.
bet8/11
Sana18.06.2023
Hajmi54.81 Kb.
#1586123
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Abdusalimova G.Anorganik kimyo

HCNO
Sianat kislota. Sianat kislota yoki qaldiroq kislota nomi bilan mashhur. HCNO birikmalari sianatlar (k= 1,2*10-4) deyiladi. Uning ikkita tautomer izomeri mavjud:
H-O-C = N H— N = С = О
Sianat kislota tuzlaridan Hg(CNO)2 detonator sifatida ishlatiladi. Sianatlar zaharli moddalar qishloq xo'jaligida zararkunandalarga qarshi foydalaniladi.
Rodanid kislotasi. Rodanid kislotasi (HCNS) — H—S—C=N, yog'simon, suv bilan yaxshi aralashadigan, kuchli kislota (K=0,14). Rangsiz moysimon suyuqlik (suyuqlanish harorati 5°C) faqat eritmada mavjud bo`ladi. Agar ammiakka uglerod (IV) sulfid ta`sir ettirilsa, rodanid kislotaning ammoniyli tuzlari hosil bo'ladi:
2NH3 + CS2 = NH4CNS + H2S
Rodanid tuzlari: KCNS, NaCNS, NH4CNS. Rodanidlar olish uchun sianidlarga oltingugurt qo'shib suyuqlantiriladi:
KCN + S = KCNS
Analitik kimyoda Fe3+ ionini ochish uchun ishlatiladi, bunda to‘q qizil cho'kma hosil bo'ladi:
Fe+3 + 3CNS- = [Fe(CNS)3]4
Simob rodanidi -Hg(CNS)2. Simob rodanidi simob nitratiga
rodanidlar qo'shib olinadi va ularni tozalash uchun efirda yuviladi:
Hg(N03)2 + 2KCNS = Hg(CNS)2 + 2KN03
Hg(CNS)2 — fira’vn iloni deyiladi. Bu modda yonganida gazlar hosil bo'lib kengayish oqibatida ilon hosil bo'lishi kuzatiladi:
2Hg(CNS)2+ 9O2= 2Hg0+4C02+ 2N2 + 4S02
2N -3 —6e ->N 2 4 2
2S-2 -12e ->2S+4
0 2 + 4e -> 20 J 18 9
Sianamid kislota. Agar kalsiy karbidiga azot ta’sir ettirilsa kalsiy sianamid hosil bo'ladi:
CaC2 + N2 = CaCN2 + С
Bu birikmaning kislotasi sianamid kislota — H2CN2 rangsiz kristall modda, suvda yaxshi eriydi va quyidagi holatlarda uchraydi:
H—N=C=N—H H2N -C =N
Bu birikma suv bilan ta’sirlashadi:
H2CN2 + 3H20 = 2NH3 + H2C03

Download 54.81 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling