Abduxoliqova durdonaning


I BOB MUSTAQILLIKNING ILK YILLARIDAGI MAKTABGACHA TA’LIM VA UNING BUGUNGI KUN QIYOFASI


Download 138.08 Kb.
bet2/7
Sana13.02.2023
Hajmi138.08 Kb.
#1193688
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
mustaqillik yillari

I BOB MUSTAQILLIKNING ILK YILLARIDAGI MAKTABGACHA TA’LIM VA UNING BUGUNGI KUN QIYOFASI


Mustaqillik yillarida mamlakatimizda O’zbekiston Respublikasining birinchi Prezidenti rahbarligida davlat va jamiyat hayotini, jumladan, ta’lim tizimini tubdan yangilash va isloh etish borasida ulkan ishlar amalga oshirildi. Istiqlolning dastlabki yillaridayoq Prezidentimiz kadrlar tayyorlashning zamonaviy yagona tizimini yaratish g‘oyasini ilgari surib: «Ta’lim berishning, ma’naviy, axloqiy va kasb malakasi bo‘yicha tarbiyalashning mutlaqo yangi tizimi ishlab chiqilishi zarur. Sifat jihatidan butunlay yangi o‘quv dasturlari yaratilishi darkor», deya ta’kidlagan edi. Davlatimiz rahbarining ushbu fikrlari keyinchalik ta’lim tarbiya sohasiga oid ko‘plab qonunlarning, tegishli me’yoriy hujjatlarning, eng muhimi, butun dunyo jamoatchiligi tomonidan tan olingan Kadrlar tayyorlash milliy dasturining yaratilishiga metodologik asos sifatida xizmat qildi. Ushbu dasturda maktabgacha va maktab, o‘rta maxsus va kasb-hunar hamda oliy ta’limni uch bosqichda isloh qilishni, besh bosqichli ta’lim tizimini yaratish ko‘zda tutilgan edi.
Bu boradagi milliy dastur konsepsiyasi O’zbekiston Respublikasining birinchi Prezidenti tomonidan 1997 yil Oliy Majlisning IX sessiyasida «Barkamol avlod - O‘zbekiston taraqqiyotining poy- devori» nomli ma’ruzasida asoslab berildi. Unga binoan, mamlakatimizda noyob, dunyoda o‘xshashi yo‘q uzluksiz ta’lim tizimi yaratildi.
Maktabgacha ta’lim uzluksiz ta’lim tizimining dastlabki bosqichi hisoblanadi. Uning asosiy maqsadi - bola shaxsining har jihatdan rivojlanishini ta’minlash, qobiliyatlarini ro‘yobga chiqarish, o‘qishga, doimiy ta’lim olish uchun zarur bo‘lgan ko‘nikmalarni shakllantirish va maktabda muvaffaqiyatli o‘qish uchun tayyorlashdan iborat. Maktabgacha tarbiya muassasalari bolalarning bilimi va amaliy ko‘nikmalarini shakllantirish bilan birga, ularni vatanparvarlik, mustaqillik g‘oyalariga sadoqat, tariximiz va boy ma’naviy ma’rifiy merosimiz va qadriyatlarimizga yuksak hurmat ruhida tarbiyalashda muhim o‘rin tutadi.
Maktabgacha ta’lim muassasalari faoliyatining qonu- niy asoslari «Ta’lim to‘g‘risida»gi Qonun (1992 y.), Kadrlar tayyorlash milliy dasturi (1997 y.), «Maktabgacha ta’lim to‘g‘risida»gi Konsepsiya (2008, 2011),”Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 19 iyuldagi 528-son qarorigaDavlat maktabgacha ta’lim muassasasi to‘g‘risidaNIZOM.(2017)” “Nodavlat maktabgacha ta’lim muassasasi to‘g‘risidaNIZOM.” «Bolajon» dasturi (2010) va boshqa me’yoriy-huquqiy hujjatlarda belgilab berilgan.
Masalan, 2008 yilda Xalq ta’limi vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan «Maktabgacha ta’lim to‘g‘risida»gi Konsepsiyada maktabgacha ta’lim muassasalari taraqqiyotining ustuvor yo‘nalishlari, ta’lim-tarbiya ishlarini takomillashtirish usul va uslublari belgilab berilgan bo‘lib, bu borada ilgari surilgan davlat talablari har bir bolaning yoshini e’tiborga olgan holda rivojlanish darajasini aniqlash, pedagog va tarbiyachilar ish samaradorligini oshirish imkonini beradi. Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 19 iyuldagi 528-son qaroriga binoan «Jismoniy yoki psixik rivojlanishida nuqsoni bo‘lgan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan davlat maktabgacha ta’lim muassasasi to‘g‘risida » qaroriga asosan mazkur Nizom jismoniy yoki psixik rivojlanishida nuqsoni bo‘lgan maktabgacha yoshdagi bolalarni sog‘lomlashtirishga yo‘naltirilgan ixtisoslashtirilgan davlat maktabgacha ta’lim muassasalarining (keyingi o‘rinlarda ixtisoslashtirilgan maktabgacha ta’lim muassasasi deb ataladi) maqsadi va vazifalarini, uning faoliyatini tashkil etish, moliyalashtirish va ixtisoslashtirilgan maktabgacha ta’lim muassasasini boshqarish tartibini belgilaydi.
Ixtisoslashtirilgan maktabgacha ta’lim muassasasi ta’lim tarbiya berish, korreksion-pedagogik va davolash-sog‘lomlashtirish faoliyatni olib boruvchi muassasa hisoblanadi.
Jismoniy yoki psixik rivojlanishida nuqsoni bo‘lgan bolalarni ularning bilish imkoniyatlariga muvofiq tarbiyalash, nuqsonlarni korreksiyalash, imkoniyatiga muvofiq maktab ta’limiga tayyorlash, jamiyatga moslashuviga ko‘maklashish maqsadida tashkil etiladi.
Quyidagilar ixtisoslashtirilgan maktabgacha ta’lim muassasasining vazifalari hisoblanadi:

  • maktabgacha ta’limga qo‘yiladigan davlat talablari hamda ular asosida ishlab chiqilgan ixtisoslashtirilgan maktabgacha ta’lim muassasalarida ta’lim-tarbiya va sog‘lomlashtirish ishlariga qo‘yiladigan talablarga muvofiq bolalarning ta’lim-tarbiya olishlarini va korreksion pedagogik ishni ta’minlash;

  • korreksion ta’lim-tarbiya jarayonini shaxsga yo‘naltirilgan, individual tarzda tashkil etish;

  • bolaning ijtimoiy-hissiy rivojlanishi, hayotiy qobiliyatlari shakllanishi uchun zarur korreksion-rivojlantiruvchi ta’lim-tarbiya muhitini yaratish;

  • bolaning jismoniy yoki psixik rivojlanishidagi nuqsonlarni bartaraf etish uchun zaruriy korreksion pedagogik ishni tashkillashtirish;

  • bolalarni ijtimoiy hayotga va maktab ta’limiga sifatli tayyorlash.

O‘zbekiston Respublikasining «Ta’lim to‘g‘risida»gi Qonuniga muvofiq, ixtisoslashtirilgan maktabgacha ta’lim muassasasi akkreditatsiyasi attestatsiya asosida vakolatli davlat organi tomonidan amalga oshiriladi.
“Maktabgacha ta’lim muassasasi tarbiyalanuvchilarining sog‘lom va xavfsiz ovqatlanishini tashkil etish to‘g‘risida nizom”da maktabgacha ta’lim muassasalari tarbiyalanuvchilarining (keyingi o‘rinlarda tarbiyalanuvchilar deb yuritiladi) sog‘lom va xavfsiz ovqatlanishini tashkil etish tartibini belgilaydi.
Ushbu Nizom talablari mulkchilik shaklidan qat’i nazar, barcha turdagi maktabgacha ta’lim muassasalariga nisbatan tatbiq etiladi.
Tarbiyalanuvchilarning sog‘lom va xavfsiz ovqatlanishni tashkil etish maktabgacha ta’lim muassasalarining oshxonalarida (keyingi o‘rinlarda oshxona deb yuritiladi) sanitariya qoidalari, normalari va gigiena normativlariga muvofiq shart-sharoitlar yaratilgan holda amalga oshiriladi.
Respublikadagi barcha maktabgacha ta’lim muassasalarida bolalarning hayoti va sog‘lig‘ini muhofaza etish masalalariga alohida e’tibor qaratib kelinmoqsa. Jumladan, Xalq ta’limi va Sog‘liqni saqlash vazirliklari tomonidan ishlab chiqilgan «Maktabgacha ta’lim muassasalarida bola hayoti va sog‘lig‘ini muhofaza etish tartibi to‘g‘risida»gi Nizomda bolalar hayoti va sog‘lig‘ini muhofaza etishni tashkil qilish tartibi, bolalarning muassasaga kelib-ketish qoidalari, binoda sog‘liqni muhofaza etishga, yong‘in xavfsizligiga doir talablar bayon etilgan.

1.1.Maktabgacha ta’lim tizimida zamonaviylik


O‘zbekistonda maktabgacha ta’lim muassasalarining zamonaviy tizimi : maktabgacha tarbiya va boshlang‘ich ta’lim muassasasi (bolalar bog‘chasi - maktab);

  • bir necha ustuvor yo‘nalishda faoliyat yurituvchi mak- tabgacha ta’lim (badiiy-estetik, tillarni o‘rganish va sport yo‘nalishlari va h.k);

  • Tarbiya jismoniy va ruhiy rivojlanishdagi og’ishlarni kvalifikatsion yahshilovchi tiklovchi turdagi bolalr bog’chasi;

  • tibbiy-gigienik, profilaktik va sog‘lomlashtirish tadbirlari orqali jismonan zaif bolalarga qarab tu- rish va ularning sog‘lig‘ini tiklashga yo‘naltirilgan bo- lalar bog‘chasi;

  • birlashtirilgan turdagi bolalar bog’chasi (birlashtirilgan turdagi bolalar bog’chasiga rivojlantiruvchi, tiklovchi va rivojlantiruvchi guruhlar umumlashtirilgan ko’rinishda kiradi)

Ta’kidlash joizki, maktabgacha ta’lim oldida turgan maqsad hamda vazifalarni amalga oshirishda jamoat va xayriya tashkilotlari, mahalla, xalqaro jamg‘armalar, shu- ningdek, tadbirkorlik tuzilmalari faol ishtirok etib kelmoqda.
Bugungi kunga kelib, respublikada maktabgacha ta’lim muassasalarida ta’lim-tarbiya ishlari amaldagi qonunchilikka binoan o‘zbek,rus,qoraqalpoq, tojik, qirg‘iz va qozoq tillarida olib borilmoqda.
O‘zbekiston Respublikasining ta’lim sohasidagi davlat siyosatining asosiy tamoyillari quyidagilardan iborat:

  1. ta’limtarbiyaning insonparvar, demokratik xarak- terga ega ekani;

  2. ta’limning uzluksizligi va izchilligi;

  3. o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’lim yo‘nalishini akade mik litseyda yoki kasb-hunar kollejida o‘qishni tanlash- ning ixtiyoriyligi;

  4. ta’lim tizimining dunyoviyligi;

  5. Davlat ta’lim standartlari doirasida ta’lim olish huquqiga ega ekani;

  6. ta’lim dasturini tanlashga yagona va tabaqalashti- rilgan yondashuv;

  7. har bir shaxsning bilim olishi va iste’dodini rivojlantirishni rag‘batlantirili shi;

  8. ta’lim tizimida davlat va ijtimoiy boshqaruvi- ning o‘zaro uyg‘unligi.

Bu ustuvor tamoyillarga tayangan holda maktabgacha ta’- lim tizimini boshqarishda quyidagi omillar alohida ahamiyat kasb etadi: Har bir mamlakatning iqtisodiy qudrati, ijtimoiy-ma’naviy hayot darajasining yuksalishi ta’lim tizimining raqobatbardoshligi, ilm-fan taraqqiyoti bilan belgilanadi.


Shu bois, O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasida ta’lim sohasini tubdan takomillashtirish, ta’lim sifatini oshirish, intellektual salohiyatli, jismoniy barkamol avlodni shakllantirish, aniq fanlarni chuqurlashtirib o‘qitish va iqtisodiyotning turli sohalari uchun malakali kadrlarni tayyorlash ustuvor vazifalar sifatida belgilangan bo‘lib, pirovardida bugungi davr talabiga javob bera oladigan ta’lim tizimni yaratish ko‘zda tutildi.
Sohadagi islohotlar natijasida maktabgacha ta’lim tizimida boshqaruv mexanizmi tubdan takomillashtirildi, nodavlat ta’lim xizmatlari ko‘rsatish tizimi isloh qilindi, o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’lim tizimi qayta ko‘rib chiqildi, oliy ma’lumotli mutaxassislar tayyorlash sifatini oshirish choralari kuchaytirildi, oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’limning ikki pog‘onali tizimi joriy etildi.
Maktabgacha ta’lim. Uzluksiz ta’lim tizimining birlamchi bo‘g‘ini hisoblangan ushbu soha har tomonlama sog‘lom va barkamol bola shaxsini tarbiyalash va maktabga tayyorlashda g‘oyat muhim ahamiyat kasb etadi. Lekin, tahlillar shuni ko‘rsatdiki, oxirgi yillarda turli omillar ta’sirida maktabgacha ta’lim tizimida bolalarni maktab ta’limiga tayyorlash borasida rivojlanish o‘rniga, orqaga ketish holatlari, yil davomida maktabgacha yoshdagi bolalarni maktabgacha ta’lim muassasalariga qamrab olish ko‘rsatkichlari o‘sishi tendensiyasi kuzatilmadi. Aksincha, so‘nggi 20 yil davomida davlat tasarrufidagi maktabgacha ta’lim muassasalari soni 45 foizdan ziyodroq kamayib, bugungi kunda respublika bo‘yicha bolalarning maktabgacha ta’lim bilan qamrab olinishi 30 foizni tashkil etdi. Bunga mavjud maktabgacha ta’lim muassasalarining moddiy-texnika bazasi zamonaviy talablarga javob bermasligi, tizimda variativ dasturlar, bolalarni maktabga tayyorlash bo‘yicha muqobil shakllarning ishlab chiqilmaganligi, rivojlangan mamlakatlarning tajribasi yetarli darajada o‘rganilmaganligi, faoliyat yuritayotgan pedagog kadrlarning aksariyati oliy ma’lumotli emasligi, ta’lim sifati monitoringi yuritilmaganligi kabi omillar sabab bo‘ldi.
Davlatimiz rahbari O‘zbekiston Respublikasi Davlat mustaqilligining 26 yilligiga bag‘ishlangan tantanali marosimdagi nutqida: “Maqsadimiz kelgusi 3-4 yilda mamlakatimizdagi bog‘cha yoshidagi bolalarni maktabgacha ta’lim muassasalariga to‘liq qamrab olishdan iborat va biz bunga albatta erishamiz”, - deb ta’kidlagan edi.
Darhaqiqat, o‘tgan qisqa vaqt mobaynida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «2017-2021 yillarda maktabgacha ta’lim tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi, «Maktabgacha ta’lim tizimi boshqaruvini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi, «O‘zbekiston Respublikasi maktabgacha ta’lim vazirligi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida»gi farmon va qarorlari, shuningdek,
“Maktabgacha ta’lim tizimini yanada takomillashtirish bo‘yicha 2017-2021 yillarga mo‘ljallangan Dasturi hamda respublikada maktabgacha ta’lim tizimini yanada takomillashtirish bo‘yicha «Yo‘l xaritasi» asosida misli ko‘rilmagan ishlar amalga oshirildi.
Barcha sohalar qatori tizimda amalga oshirilayotgan o‘zgarishlar, farmon va qarorlarda belgilangan vazifalarning ijrosi boshqa sohalar qatori Davlatimiz rahbarining doimiy e’tiborida bo‘layotganligini guvohi bo‘lmoqdamiz. Qabul qilinayotgan farmon va qarorlarning hayotga tatbiq etilishi natijasida yil yakuni bo‘yicha maktabgacha ta’lim muassasalariga bolalarning qamrovi 10 foizga oshishi, 2018 yilda esa maktabgacha ta’lim muassasalarini saqlash harajatlari joriy yilga nisbatan 32 foizga o‘sishi kutilmoqda.
Kuni kecha Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida tizimda amalga oshirilayotgan islohotlar tahlil qilinib, istiqboldagi vazifalar belgilab berildi.
Jumladan, ilg‘or xorijiy tajribani hisobga olgan holda bolalarni har tomonlama intellektual, axloqiy, estetik va jismoniy rivojlantirish sharoitlarini yaratish, maktabgacha ta’lim sifatini oshirish, maktabgacha ta’lim muassasalarida bolalarni maktabga sifatli tayyorlashni tubdan yaxshilash, ta’lim-tarbiya jarayoniga jahon amaliyotida keng qo‘llaniladigan zamonaviy ta’lim dasturlari va texnologiyalarini joriy etish, maktabgacha ta’lim muassasalariga pedagog kadrlarni tayyorlash va malakasini oshirish mexanizmini takomillashtirishdan iborat dolzarb vazifalar qo‘yildi.
Ayniqsa, maktabgacha ta’lim muassasalari faoliyati uchun yetarli sharoit yaratilmaganligi bois, binolar qarovsiz holga kelib, bo‘shab yotganligi, ulardan samarali foydalanilmayotganligi tanqid qilinib, 2018 yilning birinchi yarmida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan yettita yo‘nalishdagi strategik vazifalar belgilab berildi.
Ular doirasida 2018 yil davlat budjetidan 427 bog‘chada qurilish-ta’mirlash ishlarini bajarish uchun 771 milliard so‘m mablag‘ ajratish, jumladan, 14 tasini yangidan qurish, 256 tasini rekonstruksiya qilish va 157 tasini kapital ta’mirlash rejalashtirilayotganligi, davlat-xususiy sherikchilik asosida yangi turdagi maktabgacha ta’lim muassasalarining tashkil etilishi, 2018 yil 1 yanvardan boshlab, 5 yil davomida xususiy bog‘chalar tomonidan tabiiy gaz va elektr energiyasi uchun sarflanadigan mablag‘ning yarmi davlat budjeti hisobidan qoplanishi, bog‘chalarda bolalarni sog‘lom ovqatlantirish va ularga berilayotgan oziq-ovqat mahsulotlari sifatini ta’minlash maqsadida 2018 yildan boshlab har bir maktabgacha ta’lim muassasasiga 10-15 nafar fermerni sifatli oziq-ovqat mahsulotlarini arzon narxlarda yetkazib berish uchun biriktirilishi, bolalar bog‘chalariga tayyor sifatli issiq ovqat yetkazib beradigan davlat korxonasi tashkil etilib, “Ketring” xizmatini yo‘lga qo‘yish mexanizmining ishlab chiqilishi, maktabgacha ta’lim muassasalari rahbar va mutaxassislarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti faoliyatining takomillashtirilishi, maktabgacha ta’lim uchun kadrlar tayyorlaydigan institutlarning qabul kvotalarini real ehtiyojdan kelib chiqib belgilash hamda maktabgacha ta’lim pedagoglariga qo‘yiladigan talablarning qayta ko‘rib chiqilishi tom ma’noda sohani dunyo standartlari darajasiga olib chiqilishiga xizmat qilishi shubhasiz.
Istiqbolda belgilanayotgan bunday ulkan vazifalarning amalga oshirilishi sohaning me’yoriy-huquqiy bazasini takomillashtirishni talab etadi. Shu bois, ilg‘or xorijiy tajriba asosida “Maktabgacha ta’lim to‘g‘risida”gi qonun loyihasini ishlab chiqishdan iborat o‘ta dolzarb vazifa yuklatildi.
E’tirof etish kerakki, mazkur qonun loyihasining ishlab chiqilishi o‘z navbatida ta’lim sohasiga oid milliy qonunchiligimizning yanada takomillashuviga, sohaga oid barcha munosabatlarning huquqiy asoslari mustahkamlashga xizmat qiladi.
Shunday ekan, tizim oldiga qo‘yilgan vazifalarning ijrosini ta’minlash biz Qonunchilik palatasi deputatlardan ham faollikni va mas’uliyatni talab etadi.
Vatanimiz ertangi kuni va istiqbolini hal qiladigan hozirgi yosh avlodni munosib ravishda kamolga yetkazish ta’lim -tarbiya sohasini zamonaviy darajada uzluksiz takomillashtirib borish bilan bog‘liq.

1.2.Mustaqillikdan keyingi maktabgacha ta’limdagi tub islohotlar va o`zgarishlar haqida batafsil


Bolalarni maktabgacha ta’lim bilan qamrab olishni kengaytirish, maktabgacha ta’lim xizmatlaridan foydalanishni yanada yaxshilash ularning to‘laqonli hayot faoliyati uchun qulay shart- sharoitlarni ta’minlash va ijtimoiy hayotga faol jalb etish oldimizga qo‘ygan eng dolzarb vazifamizdir.
O‘sib kelayotgan avlodni sog‘lom va har tomonlama yetuk voyaga yetkazish, ta’lim-tarbiya jarayoniga samarali ta’lim va tarbiya shakllari, hamda usullarini joriy etish, maktabgacha ta’limning samarali tizimini tashkil etish bo‘yicha Oqdaryo tuman maktabgacha ta’lim bo‘limida ham keng ko‘lamli ishlar amalga oshirildi. Oqdaryo tumanida 35 ta mahalla fuqarolar yig‘ini mavjud bo‘lib, maktabgacha ta’lim yoshidagi 3-7 yoshli bolalarimiz 13608 nafarni tashkil etadi. Jumladan 2017 yil yakunida bolalarni maktabgacha ta’limga jalb qilinishi va qamrov foizimiz 12.8% tashkil etsa, 2018 yil yakuniga ko‘ra 27.4%ni, 2019 yil yakunida esa 51.2% foizni 2020 yil yakuniga ko‘ra esa 67, 2 % ga, hozirgi kunda 2021 yil 70 % ga yetkazildi. Yil yakunida 80 % ga yetkazishni o‘z oldimizga maqsad qilganmiz.
Bugungi kunda 28 ta davlat, 8 ta davlat xususiy sherikchilik, 1 ta nodavlat va 104 ta oilaviy nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarida jami 9410 nafar tarbiyalanuvchilarimiz sifatli maktabgacha ta’limga jalb qilindi.
4 ta davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarini faoliyatini qaytadan tashkil etish hisobiga 85 dan ziyod, 8 ta davlat xususiy sherikchilik asosida tashkil etilgan nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarida 104 dan ziyod, 1 ta nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarida 7 dan ziyod ish o‘rinlari yaratilib, pedagog, tarbiyachi, hamshira va ombor mudirlari ish bilan ta’minlandi.
Shuni alohida aytishimiz joizki aholi kam bo‘lgan tumanimizning chekka-chekka qishloqlarida faoliyati yo‘lga qo‘yilgan oilaviy nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotining har birida xotin-qizlarimiz uchun 2 tadan ish o‘rinlari yaratilib, jami qishloq joylarida ish topolmay qiynalib yurgan 208 nafar xotin -qizlarimiz ish bilan ta’minlandi.
Maktabgacha ta’lim tashkilotlaridagi kadrlarning salohiyati bo‘yicha ham bir qancha ishlar amalga oshirilmoqda.
Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida ta’lim-tarbiya jarayoniga innovasion g‘oya va texnologiyalarni joriy etgan holda tarbiyachilarning kompleks rivojlanishiga yo‘naltirilgan ilmiy amaliy semenar treninglar muntazam o‘tkazib kelinmoqda. 2018 yil pedagog kadrlarimizni 18% oliy ma’lumotli bo‘lsa bugungi kunga kelib 80% ni tashkil etadi. Bundan tashqari yosh avlodni sog‘lom turmush talablari asosida tarbiyalash maqsadida ko‘plab tadbirlar, sport musabaqalari, seminar va davra suhbatlari ham o‘tkazilib kelindi.
O‘zbekiston Respublikasi hududida koronavirus infeksiyasi (SOVID-19) tarqalishini oldini olish va profilaktika qilish, maktabgacha ta’lim tashkilotlarida tegishli choralarni amalga oshirish hamda xodimlar va tarbiyalanuvchilarning salomatligini muhofaza qilish bolajonlarimizni bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish maqsadida Maktabgacha ta’lim vazirligi tomonidan “Bolajon” telekanalida bolalar uchun “Aqlvoy” ta’limiy teledasturlar tashkil etildi, undan tashqari tumanda telegramm messenjerida “Ota-onalar va pedagoglar” guruhi tashkil etildi. Ushbu guruhga barcha tarbiyachilar va tarbiyalanuvchilarning ota-onalari a’zo qilindi.
Tashkilot tarbiyachilari o‘z ish rejalariga asosan kun davomida bolalari bilan olib borilgan mashg‘ulotlari to‘g‘risida fotorasmlar va videofayllarini guruhga joylashtirib borishadilar. Bu o‘z navbatida ota-onalar uchun katta yordam bo‘ldi.
Tarbiyachilar, ota-onalar va bolajonlarning faolligini oshirish maqsadida tumanda “Fidoyi tarbiyachi”, “Iste’dodli bolajon” va “Ijodkor tarbiyachi”,”Ertakchi bolajon”, nominasiyalari bo‘yicha tanlovlar tashkil etilib kelinmoqda.
Tashkil etilgan “Iste’dodli bolajon” ko‘rik-tanlovida tumandagi 4-5-6-7-10-20-27-34-36-sonli MTT tarbiyalanuvchilari g‘olib deb topildi.
1 iyun - Xalqaro bolalarni himoya qilish kuniga bag‘ishlab o‘tkazilgan “Dunyo bolalar nigohida” onlayn tadbirida 3-sonli MTT tarbiyalanuvchisi Hamdamov Kamronbek, 5-sonli MTT tarbiyalanuvchisi Akramova Shahrizoda, 7-sonli MTT tarbiyalanuvchisi Abdullayeva Sevinch, 19-sonli MTT tarbiyalanuvchisi Abdusaidova Aziza, 36-sonli MTT tarbiyalanuvchisi Iskandarov Shaxzodlar faol ishtirok etib viloyat maktabgacha ta’lim boshqarmasi boshlig‘ining tashakkurnomasi bilan taqdirlanishdi.
30 iyun – “Yoshlar kuni” munosabati bilan “Besh tashabbus - zo‘r imkoniyat” onlayn ko‘rik-tanlovida 4-5-6-7-10-12-13-24-34-36-sonli maktabgacha ta’lim tashkilotlari tarbiyalanuvchilari faol ishtirok etishdi.
Tarbiyachilar tomonidan olib borilgan onlayn mashg‘ulotlar hafta davomida bo‘lim metodistlari tomonidan tahlil qilinib hafta so‘ngida monitoring natijalari e’lon qilinib borildi.Monitoring natijalariga ko‘ra tumandagi 4-5-6 -7-13-19-20-27-30-34-36-sonli MTT tarbiyachilari yuqori o‘rinlarni egallashdi. mashg‘ulotlarda faol qatnashgan tarbiyachi va pedagoglar viloyat maktabgacha ta’lim boshqarmasi va tuman maktabgacha ta’lim bo‘limi tomonidan rag‘batlantirilib borildi.
Tashkilot xodimlari birinchi navbatda tuman Sanitariya epidemiologiya osoyishtalik markazida COVID-19 bo‘yicha tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi va emlandi. Barcha maktabgacha ta’lim tashkilotlari jami 25 mln 727 ming 676 so‘mlik tibbiy jihozlar bilan to‘liq ta’minlandi.
Jumladan: tarbiyalanuvchilarning haroratini masofadan o‘lchash asbobi 28ta, xo‘jalik sovuni 200ta, tibbiy niqoblar 1500 ta, suyuq sovun 330 ta, 100 gr. antiseptik vositalar 430 ta, 200 gr antiseptik vositalar 467 ta, 500 gr antiseptik vositalar 70 ta, o‘rama salfetkalar 400 dona, 70% li etil spirti 148 flakon, xlor eritmasi 60 ta flakonlar shular jumlasidandir.
Shuni aytishimiz joizki, maktabgacha ta’lim tizimida hali qilganimizdan ko‘ra, qilishimiz lozim bo‘lgan muhim ustuvor vazifalar oldimizda turibdi. Maktabgacha ta’lim tizimini yanada takomillashtirish, maktabgacha ta’lim tashkilotlari tarmog‘ini kengaytirish hamda moddiy texnik bazasini mustahkamlash ularni malakali pedagog kadrlar bilan ta’minlash bolalarni har tomonlama intellektual, ma’naviy-estetik va jismoniy rivojlanishi uchun zamonaviy ta’lim dasturlari va texnologiyalarini ta’lim-tarbiya jarayonida joriy etish, ularni maktabga tayyorgarlik darajasini tubdan oshirish oldimizga qo‘ygan bosh maqsadimizdir. Chunki ertangi kunimiz va kelajagimiz aynan bugun maktabgacha ta’lim tashkilotlarida voyaga yetayotgan, tarbiyalanayotgan jajji farzandlarimizga bog‘liqdir.
Muhtaram yurtboshimizning “Vatanimizning ertangi kuni, farovonligi farzandlarimiz qanday inson bo‘lib kamolga yetishi bilan bog‘liq. Bizning asosiy vazifamiz – yoshlarning o‘z salohiyatini namoyon qilishi uchun zarur shart-sharoitlar yaratishdan iborat”- degan so‘zlari biz rahbarlarga ulkan ishonch va mas’uliyat yuklaydi. Har birimizni yanada vatanparvarlikka chorlaydi. Shunday ekan, vatanimiz kelajagi bo‘lgan farzandlarimiz taqdiriga befarq bo‘lmaylik.
Taʼlim sohasini isloh qilish bugun hukumatimiz diqqat eʼtiborida turgan dolzarb sohalardan biri, desak mubolagʻa boʻlmaydi. Soʻnggi yillarda maktabgacha taʼlim tizimini isloh qilish va rivojlantirishga qaratilgan qonunlar, qarorlar qabul qilinib, amaliyotga joriy etilmoqda.
Maktabgacha taʼlim sohasida yagona davlat siyosatini ishlab chiqish va amalga oshirish, bolalarni maktabgacha taʼlim bilan bosqichma-bosqich toʻliq qamrab olishni taʼminlash maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 30-sentyabrdagi “Maktabgacha taʼlim tizimi boshqaruvini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida“gi Farmoni bilan Maktabgacha taʼlim vazirligi tashkil etildi.
Bugungi kunda Oʻzbekistonda 14 mingdan ortiq maktabgacha taʼlim tashkiloti faoliyat koʻrsatmoqda. 2019-yilda Maktabgacha taʼlim vazirligi tizimga bolalar qamrovini 52 foizga yetkazdi. 2020-yilda bu koʻrsatkich 59,5 foiz boʻlishi kutilmoqda, shuningdek, 85,2 foiz 6 yoshli bolalarni majburiy 1 yillik taʼlim bilan qamrab olish rejalashtirilgan.
Maʼlumki, Maktabgacha taʼlim vazirligi tashkil etilmasdan avval tizimda zamonaviy dasturlar joriy etilmagan, bolalarni maktabga tayyorlash boʻyicha muqobil, moslashuvchan modellar yetarli darajada rivojlanmagan. Taraqqiy etgan mamlakatlardagi kabi bolalarni ijtimoiy, shaxsiy, hissiy, nutqiy, matematik, jismoniy va ijodiy rivojlantirish, atrof-muhit bilan tanishuvga yoʻnaltirilgan maxsus davlat taʼlim dasturlari tatbiq qilinmagan edi. Davlat maktabgacha taʼlim muassasalarida faoliyat yuritayotgan pedagog kadrlarning aksariyati oʻrta maxsus maʼlumotga ega boʻlib, bolalarni maktab taʼlimiga talab darajasida tayyorlash imkonini bermas edi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 8-maydagi “Oʻzbekiston Respublikasi maktabgacha taʼlim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qarori misolida koʻrsak, mazkur konsepsiya maktabgacha taʼlim tizimini yana-da takomillashtirish, bolalarning sifatli maktabgacha taʼlimdan teng foydalanishini taʼminlash, maktabgacha taʼlim xizmatlarini rivojlantirish, bir soʻz bilan aytganda, maktabgacha taʼlim tizimini rivojlantirishning maqsadli vazifalarini qamrab olgan boʻlib, jarayonning ustuvorliklari va bosqichlarini belgilab beradi.
Konsepsiya tasdiqlangandan soʻng oʻtgan bir yildan ortiq vaqt mobaynida maktabgacha taʼlim tizimida yangi Qonun qabul qilindi, yangi loyihalar, islohotlar bosqichma-bosqich amalga oshirilib kelinmoqda. Xususan, 2019-yilda “Maktabgacha taʼlim va tarbiya toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni qabul qilindi.
Mazkur Qonunda maktabgacha taʼlim va tarbiyaning asosiy tamoyillari, ushbu sohadagi davlat siyosati yoʻnalishlari, shuningdek, Vazirlar Mahkamasi, Maktabgacha taʼlim vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi, egaligida maktabgacha taʼlim tashkilotlari boʻlgan davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari va mahalliy davlat hokimiyati organlarining vakolatlari belgilangan.
Qayd etilgan Konsepsiyada 2030-yilgacha 3-7 yoshdagi bolalarning 80,8 foizini maktabgacha taʼlim bilan qamrab olinishining taʼminlanishi koʻzda tutilgan. Xususan, 2020-yilda yangi maktabgacha taʼlim tashkilotlari binolarini qurish, mavjudlarini rekonstruksiya qilish, bir paytlar bogʻcha boʻlgan binolarni qayta Maktabgacha taʼlim vazirligi hisobiga qaytarish, maktabgacha taʼlimning muqobil shakllarini joriy etish kabi chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.
2020-yilgi dasturlarga muvofiq 18 ta obyekt qurib bitkazilishi, 129 ta boʻsh inshoot foydalanishga topshirilishi va 261 ta davlat maktabgacha taʼlim tashkiloti taʼmirlanishi rejalashtirilgan. Bu esa qoʻshimcha yangi 32,7 ming oʻrinlarni yaratadi.
Maktabgacha taʼlimda xususiy sektorni ragʻbatlantirishga alohida eʼtibor qaratilmoqda. Shu tariqa, 2018-2019-yillarda Maktabgacha taʼlim vazirligi umumiy qiymati 3,89 trln. soʻmga teng Davlat-xususiy sheriklik haqidagi shartnomalarni imzoladi (ulardan 1,1 trln. soʻmi tadbirkorlar hisobidan ajratilgan boʻlsa, 2,8 trln. soʻmi - imtiyozli kreditlar hisobiga toʻgʻri keldi). Foydalanishga topshirilishi kutilayotgan nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari quvvati 147,9 ming oʻringa teng. 2020-yilda yana 2 mingta oilaviy va 420 ta davlat-xususiy sheriklik doirasidagi maktabgacha taʼlim tashkilotlari ochilishi rejalashtirilgan.
Maktabgacha taʼlim tashkilotlari uchun pedagog va boshqaruv kadrlarini tayyorlash, qayta tayyorlash va salohiyatini oshirish borasida ham ijobiy oʻzgarishlar kuzatilmoqda.
Maktabgacha yoshdagi bolalarning har tomonlama intellektual, axloqiy, estetik va jismoniy rivojlanishi uchun shart-sharoitlar yaratish ham Konsepsiyaning asosiy yoʻnalishlaridan biridir

II.BOB.O'ZBEKISTONDA TA'LIMNING BOSQICHMA BOSQICH RIVOJLANISHI.

2.1.O'zbekistonda sovet davridagi va hozirgi kundagi ta'lim.


Hozirda O‘zbekistonda ta’lim sohasida ulkan yutuqlar qo‘lga kiritilmoqda. Yaqin o‘tmishga nazar tashlaydigan bo‘lsak, sovet mustamlakachiligi davrida O‘zbekiston hududida sanoqli ta’lim muassasalari bo‘lib, ularning aksariyati talab darajasida bo‘lmagan. Ularda yetishib chiqgan mutaxassislar mamlakat aholisining juda oz qismini tashkil etgan. Ba’zi hollarda odamlar savodsiz hatto oralaridan umumiy 11 yillik ta’limni egallamaganlari ham bor edi. Bu sovet hukumatining chuqur o‘ylangan nayrangi bo‘lib, o‘zbek xalqi uchun yod bo‘lgan komunistik mafkura bilan millat ongini zabt etishga harakat qilgan. Shu asnoda xalqni qaramlikda, kuchli tazyiq ostida tutib turish, ularning pirovard maqsadi bo‘lgan. Ammo ularning ko‘zlagan rejasi amalga oshmadi, ozodlik ruhi ostida kamol topgan xalqimiz mustaqillik uchun kurash olib bordi va uzoq kutilgan kunga erishdi.
Mustaqillikning ilk kunlaridan boshlab har bir sohaga ulkan e’tibor qaratildi shu bilan bir qatorda ta’lim sohasida ham tub burilish yuz berdi. Yildan yilga yoshlarga ko‘rsatiladigan e’tibor ortib bordi. Jumladan, jahonning sanoqli mamlakatlaridagina mavjud majburiy 12 yillik bepul ta’lim tizimi yaratildi. Bir qancha oliy ta’lim muassasalarini biz kabi yoshlarni chuqur ta’lim olishi uchun eng ilg‘or ta’lim texnologiyaliri bilan jihozlandi. Buning samarasi o‘laroq, o‘zbek yoshlari xalqaro fan olimpiadalarida g‘oliblik shohsupasiga ko‘tarilib kelmoqda. Yurtboshimiz har bir nutqida: “Farzandlarimiz bizdan ko‘ra kuchli, bilimli, dono va albatta baxtli bo‘lishlari shart” deb takror va takror ta’kidlab kelmoqdalar. Buni biz kabi yoshlarga bildirilgan yuksak darajali ishonch deb bilaman. Buguni o‘tmishidan, ertasi bugunidan nurafshon bo‘ldan yurtda yashayotganimdan faxrlanaman.



Download 138.08 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling