Абитуриент учун


Download 44.84 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/5
Sana05.10.2023
Hajmi44.84 Kb.
#1692511
  1   2   3   4   5
Bog'liq
Fuqaro va markaz ortasida tuziluvchi namunaviy shartnoma



“KELAJAK KASBLARI” LOYIHASI DOIRASIDA 
________________________________________________DA TA’LIM OLISH UCHUN 
SHARTNOMA №________ 
 
20__ yil “___” ______________
 
 
 
 
______________
 
Ushbu shartnoma _____________________________________________ bundan keyin “O‘quv 
markazi” deb ataluvchi nomidan direktor ______________________________________, O‘quv 
markaz ustavi asosida ish yurituvchi, bir tomondan va O‘quv markazida ta’lim oluvchi 
__________________________________________________________________________, keyingi
(ta’lim oluvchi to‘liq F.I.Sh.) 
o‘rinlarda “Ta’lim oluvchi” deb ataluvchi ikkinchi tomondan, bundan buyon birgalikda Tomonlar deb 
ataluvchilar quyidagilar haqida mazkur shartnomani tuzdilar. 
 
1. SHARTNOMA PREDMETI 
1.1. Ushbu shartnoma O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 7-iyundagi 
312-son Qarori 2-ilovasi bilan tasdiqlangan Nizomning 8-bo‘limi “Yoshlar daftari”ga kiritilgan 
yoshlarga zamonaviy kasblarni egallashi, axborot texnologiyalarini o‘rganishi va ularni xorijiy tillarga 
o‘qitish bo‘yicha O‘quv kurslarida o‘qish xarajatlarini qoplash uchun subsidiya ajratish tartibi” 
doirasida O‘quv markazi va ta’lim oluvchi o‘rtasidagi talablarni belgilaydi. 
Bunda,“Kelajak kasblari” loyihasi doirasida Ta’lim oluvchiga zamonaviy kasblarni egallashi, 
axborot texnologiyalarni o‘rganishi va ularni xorijiy tillarga o‘qitish bo‘yicha olti oygacha muddatli 
O‘quv kurslari uchun har oyda bazaviy hisoblash miqdori (BHM – 330 ming so‘m)ning 
4 baravarigacha miqdorda, ammo O‘quv markazining “Yoshlar daftari” elektron tizimida aks etgan 
arizasidagi kurs narxlaridan ortiq bo‘lmagan miqdorda yoshlar yetakchisining ijobiy tavsiyasi asosida 
“Yoshlar daftari” jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan subsidiya ajratilishi inobatga olinadi. 
1.2. Ushbu shartnoma doirasida Ta’lim oluvchi ______________________________________ 
____________________________________________ 
manzilda 
joylashgan 
O‘quv markazida 
__________________________________________________________________________________ 
(o‘qitiladigan fan, soha yoki yo‘nalish nomi) 
bo‘yicha tahsil olish va shartnomada belgilangan vazifalarni bajarish majburiyatini, O‘quv 
markazi esa sifatli dars mashg‘ulotlarini o‘tkazish asosida Ta’lim oluvchining bilim darajasini 
oshirishga ko‘maklashish majburiyatini zimmasiga oladi. 
1.3. Ta’lim oluvchini o‘qitish xarajatlari amaldagi qonunchilikka muvofiq “Yoshlar daftari” 
jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan to‘liq yoki qisman amalga oshirilishi mumkin bo‘lib, bunday 
hollarda to‘lovlarning “Yoshlar daftari” jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan qoplanmagan qismini 
amalga oshirish majburiyati Ta’lim oluvchining zimmasida bo‘ladi. 
Bunda, mahalladagi yoshlar yetakchisining ijobiy tavsiyasi asosida, “Yoshlar daftari” 
jamg‘armasining Vasiylik Kengashi bayoniga asosan ta’lim oluvchiga “Yoshlar daftari” jamg‘armasi 
hisobidan zamonaviy kasblar, axborot texnologiyalari va xorijiy tillarga o‘qitish bo‘yicha xarajatlar 
qoplanishi belgilangan. 
1.4. Ta’lim jarayonlari o‘quv markazining 1.2.-bandda ko‘rsatilgan manzilida ananaviy (offline) 
tarzda olib boriladi. 

Download 44.84 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling