Абитуриент учун
Download 44.84 Kb. Pdf ko'rish
|
Fuqaro va markaz ortasida tuziluvchi namunaviy shartnoma
- Bu sahifa navigatsiya:
- _____________________________________________
“KELAJAK KASBLARI” LOYIHASI DOIRASIDA ________________________________________________DA TA’LIM OLISH UCHUN SHARTNOMA №________ 20__ yil “___” ______________ ______________ Ushbu shartnoma _____________________________________________ bundan keyin “O‘quv markazi” deb ataluvchi nomidan direktor ______________________________________, O‘quv markaz ustavi asosida ish yurituvchi, bir tomondan va O‘quv markazida ta’lim oluvchi __________________________________________________________________________, keyingi (ta’lim oluvchi to‘liq F.I.Sh.) o‘rinlarda “Ta’lim oluvchi” deb ataluvchi ikkinchi tomondan, bundan buyon birgalikda Tomonlar deb ataluvchilar quyidagilar haqida mazkur shartnomani tuzdilar. 1. SHARTNOMA PREDMETI 1.1. Ushbu shartnoma O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 7-iyundagi 312-son Qarori 2-ilovasi bilan tasdiqlangan Nizomning 8-bo‘limi “Yoshlar daftari”ga kiritilgan yoshlarga zamonaviy kasblarni egallashi, axborot texnologiyalarini o‘rganishi va ularni xorijiy tillarga o‘qitish bo‘yicha O‘quv kurslarida o‘qish xarajatlarini qoplash uchun subsidiya ajratish tartibi” doirasida O‘quv markazi va ta’lim oluvchi o‘rtasidagi talablarni belgilaydi. Bunda,“Kelajak kasblari” loyihasi doirasida Ta’lim oluvchiga zamonaviy kasblarni egallashi, axborot texnologiyalarni o‘rganishi va ularni xorijiy tillarga o‘qitish bo‘yicha olti oygacha muddatli O‘quv kurslari uchun har oyda bazaviy hisoblash miqdori (BHM – 330 ming so‘m)ning 4 baravarigacha miqdorda, ammo O‘quv markazining “Yoshlar daftari” elektron tizimida aks etgan arizasidagi kurs narxlaridan ortiq bo‘lmagan miqdorda yoshlar yetakchisining ijobiy tavsiyasi asosida “Yoshlar daftari” jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan subsidiya ajratilishi inobatga olinadi. 1.2. Ushbu shartnoma doirasida Ta’lim oluvchi ______________________________________ ____________________________________________ manzilda joylashgan O‘quv markazida __________________________________________________________________________________ (o‘qitiladigan fan, soha yoki yo‘nalish nomi) bo‘yicha tahsil olish va shartnomada belgilangan vazifalarni bajarish majburiyatini, O‘quv markazi esa sifatli dars mashg‘ulotlarini o‘tkazish asosida Ta’lim oluvchining bilim darajasini oshirishga ko‘maklashish majburiyatini zimmasiga oladi. 1.3. Ta’lim oluvchini o‘qitish xarajatlari amaldagi qonunchilikka muvofiq “Yoshlar daftari” jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan to‘liq yoki qisman amalga oshirilishi mumkin bo‘lib, bunday hollarda to‘lovlarning “Yoshlar daftari” jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan qoplanmagan qismini amalga oshirish majburiyati Ta’lim oluvchining zimmasida bo‘ladi. Bunda, mahalladagi yoshlar yetakchisining ijobiy tavsiyasi asosida, “Yoshlar daftari” jamg‘armasining Vasiylik Kengashi bayoniga asosan ta’lim oluvchiga “Yoshlar daftari” jamg‘armasi hisobidan zamonaviy kasblar, axborot texnologiyalari va xorijiy tillarga o‘qitish bo‘yicha xarajatlar qoplanishi belgilangan. 1.4. Ta’lim jarayonlari o‘quv markazining 1.2.-bandda ko‘rsatilgan manzilida ananaviy (offline) tarzda olib boriladi. Download 44.84 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling