Kоllоid eritmаlаrini dializ usuli bilаn tоzаlаsh
Kolloid eritmalarni tozalashda dializ deb ataluvchi usuldan foydalaniladi. Dializning mohiyati shundan iboratki, kolloid eritmasini tashkil qilgan ionlar erituvchi (suv) dan yarimo’tkazgich membrana to’sig’i yordamida tozalanadi. Buning uchun tagi membrana pardasidan iborat idishga ortiqcha kolloid eritmalarni tozalashda dializ deb ataluvchi usuldan
foydalaniladi. Dializning mohiyati shundan iboratki, kolloid eritmasini tashkil qilgan ionlar erituvchi (suv)dan yarimo`tkazgich membrana to`sig‘i yordamida tozalanadi.
Buning uchun tagi membrana pardasidan iborat idishga ortiqcha elektrolitlardan tozalanishi zarur bo`lgan kolloid eritma solinadi. So`ngra bu idish suv solingan boshqa idishga tushiriladi.
Idishdagi suv vaqti–vaqti bilan almashtirilib turiladi va shu yo`l bilan zol ortiqcha (kislotami, tuzmi yoki asosmi kabi) elektrolitlardan tozalanadi.
1-rasm. Elektrodializatorning tuzilishi: M1,M2-membranalar. 2-rasm. Dializator: 1-voronka; 2-yarim o’tkazgich parda; 3-shisha idish; 4-suv o’tishi uchun naycha; 5-suvni to’kish naychasi; 6-avtomatik sifon.
Dializ uchun, odatda, kollodiy pardadan ya`ni nitrotsellyulozadan yoki tsellofandan foydalaniladi. U bilan bir qatorda sun`iy yarimo`tkazgichlar ishlatiladi. Keyingilar tabiiy
yarimo`tkazgich (hayvon pufagi) dan ham afzalroq bo`ladi. (20-30nm) ko`lamida tayyorlash mumkin bo`ladi. Zollarni elektrolitlardan tozalashda dializni tezlashtirish maqsadida ba`zan ultradializ usulidan yoki buning uchun elektrodializatorlardan foydalaniladi. Mos ravishda ular ultrafiltratsiya va elektrodializ usullari deb yuritiladi. Ularning ishlash tamoyillari adabiyotlarda yaxshi yoritilgan.
Jelatina zoli dializi.
Dializ asbobiga yoki kollodiydan iborat xaltachaga jelatinaning 1% li eritmasi quyib, unga oz miqdorda, natriy xlorid qo`shgan holda, ularni distillangan suvga tushiriladi. 2 soat vaqt o`tgandan keyin, tashqi qavatdagi suvdan xlorid ionlariga, qumush nitrat yordamida sifatiy reaksiya o`tkaziladi. Bunda, shuningdek jelatina bor yo`qligini 10% li tannin eritmasi bilan ham aniqlash mumkin. Jelatina va tannin aralashmasi o`ziga xos rang beradi. So`ngra, namuna olish har yarim soatdan bajarib boriladi va tajriba natijasi yozib boriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |