Aboratoriya ishi Kimyoviy reaksiya tezligining modda konsentratsiyasiga va temperaturaga bog‘liqligini o‘rganish Ishning maqsadi


Download 127.99 Kb.
bet5/15
Sana04.02.2023
Hajmi127.99 Kb.
#1158927
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
Bog'liq
2-семестр2023

Har-xil zollar olish
Kerakli asbob va reaktivlar: Havoncha; forfor kosachasi; suv hammomi; texnikaviy tarozi; 50 va 100 ml hajmli o`lchov kolbalari; 10 ml hajmli 2 dona stakan; 50 ml hajmli byuretka; kraxmal; oziq–ovqat uchun jelatina (yupqa); kukundan iborat kazein; tovuq tuxumi yoki kukundan iborat albumin; 0,1M CH COONa eritmasi; berlin lazuri zoli
Al2(SO4) 3 ning to`yingan eritmasi.
Kraxmal zolini olish.
0,5 g kraxmalni chinni havonchada yaxshigina ezib, maydalab, chinni kosachaga o`tkaziladi va uni 10 ml distillangan suv bilan aralashtiriladi. Shundan so`ng unga yana 90 ml suv qo`shiladi. So`ngra kraxmalni suvlik aralashmasi aralashtirib to`rgan holda qaynaguncha qizdiriladi. Bir necha bor qaynashi natijasida kraxmal zolini 0,5% li zoli hosil bo`ladi.
Jelatina zolini olish.
Yupqa jelatinaning 0,5 g ni mayda bo`lakchalargacha qirqib, ularni 200 ml hajmli stakanga o`tkaziladi. So`ngra uning ustiga 50 ml distillangan suv solib 6-8 soat davomida bo`ktirib qo`yiladi. Bo`kib qolgan jelatinaga yana 50 ml suv solib to`liq eriguncha suv hammomida 40–500C haroratda qizdiriladi. Hosil bo`lgan jelatina zoliga bir necha tomchi formaldegid qo`shib qo`yilsa zol uzoq vaqtgacha buzilmaydi.
Tuxum albumini zolini olish.
100 ml hajmli o`lchov kolbasiga 10 g oldindan maydalangan tuxum albumini yoki tuxum oqsili solinadi. Uni ustiga 40 – 50 ml sovuq suv solib, albumin to`liq erib ketguncha aralashtiriladi. So`ngra kolbani o`lchov nuqtasigacha suv bilan to`ldiriladi. Shu usul bilan oqsil
zoli olinadi.
Nazorat savollari:
1.Kolloidlarni boshqa dispers sistemalar ichidagi o`rni qanday?
2.Kolloid eritmalarni olinish usullarini sanab bering.
3.Kolloid sistema olish uchun disperslikni oshirishning o`zi kifoyami?
4.Peptizatsiya jarayonini xarakterlaydigan xususiyatlar nima?
.
24- Laboratoriya ishi

Download 127.99 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling