Abstrakt algebra


Download 0.99 Mb.
bet11/82
Sana18.06.2023
Hajmi0.99 Mb.
#1580095
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   82
Bog'liq
ABSTRAKT ALGEBRA(oquv qollanma)

1.3.2-ta’rif. (G, ∗) gruppaning markazi deb
Z(G) = {b G | a b = b a, a G}


to‘plamga aytiladi.
1.3.2-teorema. (G, ∗) gruppaning markazi uning kommutativ qism gruppasi bo‘ladi.
Isbot. Ixtiyoriy a G element uchun e a = a e ekanligidan e Z(G) kelib chiqadi. Demak, Z(G) bo‘sh bo‘lmagan to‘plam. Aytaylik, b, c Z(G) bo‘lsin, ya’ni b a = a b, c a = a c tengliklar ∀a G uchun o‘rinli bo‘lsin. Bundan esa, a c1 = c1a tenglik ham ∀a G uchun o‘rinli ekanligi kelib chiqadi. Quyidagi
a ∗ (b c1) = (a b) ∗ c1 = (b a) ∗ c1 = b ∗ (a c1) = b ∗ (c1a) = (b c1) ∗ a
tenglikdan esa b c1Z(G) ekanligini hosil qilamiz. Demak, Z(G) qism gruppa bo‘lib, uning kommutativ ekanligi esa ta’rifdan bevosita kelib chiqadi.
Quyidagi teoremada berilgan gruppaning qism gruppalari kesishmasi yana qism gruppa bo‘lishi ko‘rsatiladi.


1.3.3-teorema. (G, ∗) gruppaning ixtiyoriy sondagi qism gruppalari kesishmasi yana qism gruppa bo‘ladi.

qism gruppa uchun e H

to‘plamni qaraylik. Ixtiyoriy H


α


αI
α bo‘lganligi uchun,

Isbot. Bizga G gruppaning Hα, α I qism gruppalari berilgan bo‘lib, T Hα
e T Hα bo‘ladi. Demak, T Hα to‘plam bo‘sh emas.

αI
Endi ∀a, b
αT∈I
αI
Hα elementlarni olamiz. Bu elementlar har bir qism gruppaga
−1


T∗ ∈

T
tegishli, ya’ni a, b Hα bo‘lganligi uchun a b Hα bo‘ladi. Bundan esa

a b−1
αI
Hα kelib chiqadi. Demak,
αI
Hα qism gruppa.

1.3.3-ta’rif. Aytaylik, (G, ∗) gruppa va M uning qism to‘plami bo‘lsin. G gruppa- ning M to‘plamni o‘z ichiga oluvchi barcha qism gruppalari kesishmasi M to‘plam orqali hosil qilingan qism gruppa deyiladi va M kabi belgilanadi.
1.3.4-teorema. G gruppaning M qism to‘plami orqali hosil qilingan qism grup- pasi uchun quyidagi tenglik o‘rinli

1

2

n
M ⟩ = {aε1 aε2 ∗ · · · ∗ aεn |a1, a2, . . . , an M, εi = ±1, n = 1, 2, . . . }.


Isbot. Teoremadagi tenglikning o‘ng tominini H orqali belgilab olaylik. Ma’lumki, n = 1 va ε1 = 1 bo‘lgan holda a1H, ya’ni M to‘plamning ixti- yoriy elementi H ga tegishli ekanligi kelib chiqadi. Bundan tashqari, ∀h, g H

1

2

n

1

2

k
uchun h = aε1 aε2 ∗ · · · ∗ aεn va g = bϵ1 bϵ2 ∗ · · · ∗ bϵk bo‘lib,



1

2

n

k

2

1
h g1 = aε1 aε2 ∗ · · · ∗ aεn bϵk ∗ · · · ∗ bϵ2 bϵ1 H.

Demak, H to‘plam qism gruppa bo‘lib, M ni o‘z ichiga oladi. Bu esa ⟨M ⟩ ⊂ H


ekanligini anglatadi.
Ikkinchi tomondan esa barcha ai elementlar ⟨M ⟩ qism gruppada yotganligi

1

2

n
uchun, aε1 aε2 ∗ · · · ∗ aεn ko‘rinishidagi barcha elementlar ⟨M ⟩ da yotadi. Bundan
esa, H ⊂ ⟨M ⟩ kelib chiqadi. Demak, ⟨M ⟩ = H.
Agar M to‘plam bitta elementdan iborat to‘plam, ya’ni M = {a} bo‘lsa, u holda ⟨{a}⟩ o‘rniga ⟨a⟩ belgilashdan foydalanish qabul qilingan.
1.3.2-natija. G gruppaning ixtiyoriy a elementi uchun a⟩ = {an | n ∈ Z} bo‘ladi.
Agar G = ⟨M ⟩ tenglik o‘rinli bo‘lsa, u holda M to‘plam G gruppaning hosil qiluvchi to‘plami deyiladi, M to‘plamning elementlari esa G gruppaning hosil qiluvchi elementlari deb ataladi.
1.3.4-ta’rif. Agar G gruppada G = ⟨atenglikni qanoatlantiruvchi a G element mavjud bo‘lsa, u holda G gruppa siklik gruppa deyiladi.




⟨ ⟩
Ta’kidlash joizki, har qanday siklik gruppa kommutativ gruppa bo‘ladi. Haqiqatan ham, G = a siklik gruppaning ixtiyoriy b va c elementlari uchun shunday butun n va m sonlar topilib, b = an va c = am tengliklar o‘rinli. Ushbu b c = an am = an+m = am an = c b tenglikdan b va c elementlar o‘zaro o‘rin almashinuvchi ekanligi kelib chiqadi. O‘z navbatida b va c elementlarning ixtiyoriy ekanligidan G gruppaning kommutativligiga ega bo‘lamiz.

1.3.1-misol.


  • Qo‘shishga nisbatan butun sonlar gruppasi (Z, +) siklik gruppa bo‘ladi, ya’ni

Z = ⟨1⟩.

  • Qo‘shishga nisbatan chegirmalar gruppasi (Zn, +) ham siklik gruppa bo‘ladi, ya’ni Zn = ⟨1⟩.

Quyidagi teorema chekli siklik gruppalarning aniq tasnifini ifodalaydi.
1.3.5-teorema. Agar G tartibi n ga teng bo‘lgan siklik gruppa bo‘lsa, u holda
G = ⟨a⟩ = {e, a, a2, . . . , an1}.
Isbot. G siklik gruppa bo‘lganligi uchun G = ⟨a⟩ bo‘lib, 1.3.2-natijaga ko‘ra
a⟩ = {ai | i ∈ Z} kelib chiqadi. Suningdek, ⟨a⟩ chekli bo‘lganligi uchun shunday i, j (j > i) butun sonlar topilib, ai = aj bo‘ladi. Natijada aji = e, j i > 0 tenglikka ega bo‘lamiz. Endi T := {k ∈ N | ak = e} to‘plamning eng kichik elementini m bilan belgilaymiz. U holda S := {e, a, a2, . . . , am1} to‘plamning barcha elementlari turli bo‘ladi. Darhaqiqat, agar as = at, 0 ≤ s < t < m, bo‘lsa, u holda ats = e, 0 < t s < m bo‘lib, m soni T to‘plamning eng kichik elementi ekanligiga zidddiyat kelib chiqadi.
Shuningdek S ⊆ ⟨a⟩ ekanligi ma’lum. Endi ⟨a⟩ ⊆ S munosabat o‘rinli ekan-
ligini ko‘rsatamiz. Buning uchun a ning ixtiyoriy darajasi S to‘plamga tegishli ekanini ko‘rsatish kifoya. Ixtiyoriy ak ∈ ⟨a, k ∈ Z uchun, qoldiqli bo‘lish qoidasiga ko‘ra k sonini k = qm + r, 0 ≤ r < m ko‘rinishda yozib olsak:
ak = aqm+r = (am)q ar = e ar = ar S.
Bundan esa, ⟨a⟩ ⊆ S kelib chiqadi. Shunday qilib, S = ⟨a⟩ va S ning ele- mentlari turli, hamda ⟨a⟩ gruppaning tartibi n ga teng ekanligidan m = n kelib chiqadi.
Yuqoridagi teoremadan quyidagi natijaga ega bo‘lamiz.
1.3.3-natija. G gruppa siklik bo‘lishi uchun shunday a G element topilib, ord(a) = |G| bo‘lishi zarur va yetarli.
Quyidagi teoremada siklik gruppaning ixtiyoriy qism gruppasi yana siklik gruppa bo‘lishini ko‘rsatamiz.


1.3.6-teorema. Siklik gruppaning ixtiyoriy qism gruppasi yana siklik gruppa bo‘ladi.
Isbot. Aytaylik, G = ⟨a⟩ siklik gruppa berilgan bo‘lib, H uning qism gruppasi bo‘lsin. Agar H = {e} bo‘lsa, u holda uning siklik ekanligi ravshan. Aytaylik, H /= {e} bo‘lib, b H, b /= e bo‘lsin. U holda b = am bo‘lib, H qism gruppa bo‘lganligi uchun b1 = am H. Bundan esa, H qism gruppa ak, k > 0 elementni o‘z ichiga olishi kelib chiqadi.
Aytaylik, n soni an H munosabat o‘rinli bo‘ladigan eng kichik natural son bo‘lsin. U holda biz H = ⟨an⟩ ekanligini ko‘rsatamiz. Buning uchun ixtiyoriy h H elementni an ning darajasi ko‘rinishida yozilishini ko‘rsatish kifoya. h G bo‘lganligi uchun shunday k Z topilib, h = ak bo‘ladi. k sonini n ga qoldiqli bo‘lsak, k = nq + r, 0 ≤ r < n. U holda, r = k nq ekanligidan
ar = aknq = ak(an)q H
kelib chiqadi. n soni a elementning darajasi H ga tegishli bo‘ladigan eng kichik natural son bo‘lganligi uchun r = 0 ekanligiga ega bo‘lamiz. Demak, k = nq, ya’ni h = (an)q kelib chiqadi. Bu esa, H = ⟨an⟩ ekanligini anglatadi.
Ma’lumki, Z4 gruppa to‘rtinchi tartibli siklik gruppa bo‘lib, uning qism grup- palari quyidagilardan iborat
H1 = {0}, H2 = {0, 2}, H3 = Z4.
Ko‘rinib turibdiki, Z4 gruppaning barcha qism gruppalari ham siklik. Quyidagi misolda yana bir to‘rtinchi tartibli gruppani keltiramiz.
1.3.2-misol. Aytaylik, bizga G = {e, a, b, c} to‘plam berilgan bo‘lib, bu to‘plamda
binar amal quyidagicha aniqlangan bo‘lsin:
e a = a e = a, e b = b e = b, e c = c e = c, e e = a a = b b = c c = e,
a b = b a = c, a c = c a = b, b c = c b = a.
U holda (G, ∗) kommutativ gruppa bo‘lib, ushbu gruppa uchun
e⟩ = {e}, a⟩ = {e, a}, b⟩ = {e, b}, c⟩ = {e, c}
munosabatlar o‘rinli. Ko‘rinib turibdiki, bu gruppa siklik emas. Ushbu gruppa
4-tartibli Kleyn gruppasi deb atalib, K4 kabi belgilanadi.
1.3.3-misol. G gruppaning H qism gruppasi uchun gHg1 = {ghg1 | h H}
to‘plam qism gruppa bo‘lishini va |gHg1| = |H| ekanligini ko‘rsating.


Yechish. Dastlab, gHg1 to‘plam G gruppaning qism gruppasi bo‘lishini ko‘rsatamiz. e = geg1gHg1 ekanligidan bu to‘plamning bo‘sh emasligi kelib chiqadi. Ixtiyoriy gh1g1, gh2g1gHg1 elementlar uchun
gh1g1(gh2g1)1 = gh1g1gh2 1g1 = gh1h21g1gHg1.
Bundan esa, gHg1 to‘plamning qism gruppa ekanligi kelib chiqadi.

−1
Endi |gHg1| = |H| tenglikni ko‘rsatamiz. Buning uchun f : H gHg1, f (h) = ghg akslantirishni aniqlaymiz. Ushbu akslantirish inyektiv bo‘ladi, chunki f (h) = f (h) ekanligidan ghg1 = ghg1 munosabatni, bundan esa h = h tenglikni hosil qilamiz. Bu akslantirishning syurektivligi esa ixtiyoriy a = ghg1 element uchun f (h) = a ekanligidan kelib chiqadi. Demak, f akslantirish o‘zaro bir qiymatli. Bundan esa, |gHg1| = |H| kelib chiqadi. Q
1.3.4-misol. Tartibi nm(n > 1, m > 1) ga teng bo‘lgan gruppaning xos qism gruppasi mavjud ekanligini ko‘rsating.
Yechish. Aytaylik, G gruppaning tartibi nm soniga teng bo‘lsin. Agar G siklik bo‘lsa, u holda G = ⟨a⟩ bo‘lib, ord(am) = n bo‘ladi. H = ⟨am⟩ to‘plam esa, G gruppaning xos qism gruppasi bo‘ladi.
Agar G gruppa siklik bo‘lmasa, u holda uning birlik elementdan farqli ixtiyoriy a G elementini olib, H = ⟨a⟩ to‘plamni qarasak, ushbu to‘plam G gruppaning xos qism gruppasi bo‘ladi. Q



      1. Download 0.99 Mb.

        Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   82




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling